B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
EPIGRAMMA ( qad.grek. “nadpis”- biror predmet yoki qabr toshiga bitilgan yozuv, bitik) keyinchalik uncha katta bo‘lmagan satirik she’r. XIX-XX asrda yozilgan epigrammalarning asosiy xususiyati piching, istehzo va hajvdan iborat bo‘lgan. E. bolalar she’riyatida Sh.Sa’dulla, A.Obidjon ijodida ko‘plab uchraydi.
EPOPEYA (epos va yun. – yarataman, ijod qilaman) Umumxalq muammosi tasvir etilgan yirik hajmli epik asar. Qadimgi (yoki qahramonlik) epopeya hamda yangi zamon epopeyasi kabi bosqichlarga boʻlinadi. Badiiy soʻz taraqqiyotining ilk bosqichida epopeya xalq qahramonlik eposining koʻrinishlaridan biri hisoblangan. Epopeyaning xalq ogʻzaki ijodi negizida yuzaga kelgan mumtoz namunalari sirasiga yunonlarning “Iliada” va “Odisseya”, hindlarning “Mahabharata” va “Ramayana”, fransuzlarning “Roland haqida qoʻshiq”, nemislarning “Nibelunglar haqida qoʻshiq”, oʻzbeklarning “Goʻroʻgʻli”, “Alpomish” va boshqalar asarlari kiradi. Keyinchalik yozma adabiyotning ayrim vakillari epopeyaga xos miqiyos va koʻlamdorlikni oʻzlarining individual ijodlariga koʻchirishga urinib, hajman yirik, mazmunan xalq hayotidagi muhim hodisalarni aks ettiruvchi asarlar yaratishga tutindilar (Vergiliy, “Eneida”; T. Tasso, “Ozod qilingan Quddus”; Volter, “Genriada” va boshqalar).Uygʻonish davriga kelib, Yevropada ijtimoiy munosabatlarning keskin oʻzgarishi yangi davrning tabiati va ehtiyojlariga mos keladigan epopeya yaratilishini talab etdi. Natijada Dante, Rable, Servantes va boshqalar buyuk ijodkorlar tomonidan E.ning qadimiy koʻrinishlaridan ham shaklan, ham mazmunan farq qiladigan va yangi zamon talablariga javob bera oladigan yorqin namunalari yaratildi (“Ilohiy komediya”, “Gargantyua va Pantagryuel”, “Don Kixot” va boshqalar). Forsiy va turkiy adabiyotlardagi "Xamsa" asarlari ham jamiyat oldida turgan oʻta dolzarb hayotiy muammolarning monumental yoʻsinda aks ettirilishi jihatidan epopeya talablariga javob bera oladi.Yevropa adabiyotida maʼrifatchilik davrida realistik romanning shakllanishi epopeyaning yangi tipini vujudga keltiradi. Olamni realistik tarzda ifoda etgan E.lar yuzaga keldi (G. Fildingning “Topib olingan Tom Jons tarixi”, Balzakning “Inson komediyasi”, L. Tolstoyning “Urush va tinchlik”, F. Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” singari roman epopeyalari). Mazkur roman epopeyalarning asosiy xususiyati ularda xalklar taqdirining, muayyan tarixiy jarayonning, umumxalq, umumjahon ahamiyatiga molik muammolarning keng va atroflicha aks ettirilganligida koʻrinadi. EPOS (yun. epos – soʻz, hikoya) 1. Badiiy adabiyot turi (lirika va drama bilan bir qatorda. Epos adabiyotning uch turidan biri sifatida tafsilot tasviriga tayangan badiiy asarlar jamini anglatadi. Unda muayyan makon va zamonda kechadigan voqea-hodisalar tafsiloti, albatta, mavjud boʻladi. Eposda soʻz yordamida oʻquvchi koʻz oʻngida real hayot manzaralariga muvofiq keladigan badiiy voqelik yaratiladi. Eposning eng asosiy belgisi voqea tasviri, bayoni boʻlgani uchun ham koʻpincha bu turdagi asarlar nasr yoʻlida yoziladi. Lekin bu hol sheʼriy shaklda bitiladigan epik asarlar borligi va boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Qandaydir voqeani aks ettirish asosiga qurilgan sheʼriy va nasriy asarlar eposga mansubdir. Epos badiiy tasvir qamroviga koʻra, katta, oʻrta va kichik kabi uchta janr guruhiga ajratiladi. Katta epik janrlarga roman, epopeya, epik doston; oʻrta epik janrlarga qissa; kichik epik janrlarga afsona, badia, latifa, masal, novella, ocherk, rivoyat, ertak, esse, etyud, hikoya, hikoyat kabilar kiradi. E.ni janrlarga ajratishda voqea-hodisalarning qamrovi yoki davomiyligi darajasi emas, balki tasvirning koʻlami hisobga olinadi. Shuning uchun ham odamning bir soatlik holati aks ettirilgan romanlar boʻlganidek, necha yillik voqealar tasvirlangan hikoyalar ham boʻlaveradi. 2. Epos tor maʼnoda, xalqning qahramonona oʻtmishini aks ettiruvchi asarlardir. Dastlab epos qahramonlarning atrof olamdagi yovuz kuchlar va buzuq niyatli odamlarga qarshi kurashi bayon etilgan asarlarni anglatgan. Qadimiy eposlarda voqea-hodisalarning talqin va tasvir etilish yoʻsini oʻsha davr kishilarining dunyoqarashi, eʼtiqodi, ishonchlaridan kelib chiqqan. E.ning eng qadimiy namunasi sifatida ilmda oldinlari akkadlarniki deb sanalib kelingan, ammo keyinchalik barcha turkiy xalqlarga tegishli ekani aniqlangan “Gilgamish” dostoni hisoblanadi. Shuningdek, hindlarning “Ramayana” va “Mahabharata”, Gomerning “Iliada” va “Odisseya”, oʻzbeklarning “Alpomish”, “Goʻroʻgʻli”, qirgʻizlarning “Manas”, qozoqlarning “Qoʻblandi botir”, ozarbayjonlarning “Koʻroʻgʻli”, nemislarning “Nibelunglar haqida qoʻshiq”, ispanlarning “Sid haqida qoʻshiq”, fransuzlarning “Roland haqida qoʻshiq”, anglosaksonlarning “Beovulf”, karel va finlarning “Kalevala”, armanlarning “Sosunli Dovud”, gurjilarning “Amiraniani” kabi asarlari ham xalq qahramonlik eposiga mansubdir. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling