B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


O, shugina, shuginagina, Munchagina tunchagina


Download 387.41 Kb.
bet148/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

ERKALAMA xalqning o‘z farzandlariga beqiyos mehr tovlanishlarini aks ettiradi:
O, shugina, shuginagina,
Munchagina tunchagina.
Shunchagina-kunchagina.
Yashnab turgan g‘unchagina.

Mehr xuruji ona qalbini tug‘yonga keltirganidan u shu so‘zlar tizimi ritmida arzandasini ardoqlash, erkalash ohangini chuqur tuygan. Erkalamalarda “-gina”, “-ginagina” qo‘shimchalari faol, ularda kichraytirishdan ko‘ra erkalash ma’nosi bo‘rtibroq tovlanadi.
Erkalamalarning “Ha, lo‘tti-lo‘tti”, “Ha, do‘rsa-do‘rsa”, “Ha, kishta-kishta-kishta”, “Kishtala-kishtal” singari taqlidiy va so‘qma so‘zlar tizimidan iborat an’anaviy qolipga aylangan satrlar bilan boshlanuvchi qator turkumlari borki, faqat 2-3 yashar bolalarga mo‘ljallangan. Buning sababi – shu yoshdagi bolalar vaznining yengilligi, ularni havolata-havolata ko‘tarib tushirish o‘ngg‘ayligidir. Erkalama ham xuddi shu harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solingan holda aytiladi:
Ha, do‘rsa-do‘rsa-do‘rsa.
Bozorga otasi borsa,
Go‘shtu birinch ketirsa,
Onasi pazanda bo‘lsa.
Bolasi xo‘randa bo‘lsa.

Erkalamalarda kichkintoylar kelajagiga daxldor orzularni kuylash-yetakchi motivdir.
ESSE (frans. – urinish, sinash, ocherk) Erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻl­magan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subyektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Hozirgi o‘zbek adabiyotida Sh. Xolmirzayev, O. Muxtor, X. Davron, X. Sulto­nov kabi ijodkorlar, shuningdek M. Qo‘shjonov, O. Sharafiddinov, U. Normatov, N. Karimov kabi adabiyotshunoslarning esse jan­ridagi asarlari kitobxonlar orasida mashhur.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling