B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
DIDAKTIK ADABIYOT (yun. o‘rgatuvchi, ta’limiy) Muayyan ta’limiy, tarbiyaviy maqsadlarda yaratilgan adabiy asarlarning umumiy nomi. Asosan, kattalarning didi va tili bilan yozilgan; ularda kattalarning hayotiy tajribalaridan tug’ilgan axloqiy-tarbiyaviy qarashlari, mushohada va mulohazalar ifodalangan. Masalan, Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Kaykovusning “Qobusnoma” asari. Adabiyot taraqqiyotining keyingi bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi asarlar kamayib, asosan bolalar adabiyoti doirasida kuzatiladi, endi oshkor didaktiklik kamchilik sifatida tushuniladi, so‘z san’ati o‘zining didaktik funksiyasini sezdirmasdan, badiiy obrazlar vositasida amalga oshirish yo‘lini tutadi.
DIDAKTIKA (yun. didaktikos – ibratli; o‘rgatuvchi, ta’lim beruvchi) Pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasi (maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari), umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limi. DILOGIYA (yun. di – qoʻshma soʻzlarda “ikki”, logos – soʻz, hikoya) Kompozitsion jihatdan nisbiy mustaqillikka ega boʻlgan ikki mustaqil asardan tashkil topgan asar. Bolalar adabiyotida X.To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” va “sariq devning o‘limi” romanini dilogiyaga misol sifatida koʻrsatish mumkin. DINAMIZM Harakatga, o‘zgarishlarga boy, jo‘shqinlik, kuchli hayajon bag‘ishlash. Bolalar adabiyotida bu voqea yoki hodisalarni, qahramonlarni tashqi bir vaziyatda harakatlantiruvchi, rivojlanishda ko’rsatuvchi mohiyatga ega bo’lib, kichkintoylar tabiatiga mos keladi, uni sodda va aniq qilib, voqelikning zohiriy rivojlanishi deyish mumkin. Kichkintoylar o‘z tabiatiga yaqin shu xildagi harakat zamirida namoyon bo‘luvchi voqelikni kattalarga nisbatan tez ilg‘aydi, voqealar almashinuvi uning ko‘z o‘ngida yorqin akslanadi. “Temirlar o‘yini”da bu jihat temir-tersaklar ishtirokida ro‘y bersa, Anvar Obidjonning “So‘nggi axborot” she’rida mevalar va sabzavotlar misolida ko‘zga tashlanadi:
Ko‘rinadiki, harakatlanayotgan har bir narsa o‘ziga xos sazoga ega bo‘lishidan tashqari, bolalar sho‘xligini ham eslatadi. Kichkintoylar bu harakat va “jang” zamirida o‘sha narsalarning o‘zini va o‘zlarini ko‘rib turganday sezadilar. «Sholg’om», «Bo’g’irsoq», «Qarg’avoy» singari xalq ertaklari sujetlari ham shiddatli harakat zamirida qurilgan. Shuningdek, Sh.Sa’dullaning «Ayyor chumchuq» she’riy ertagi sujeti ham shu xildagi shiddatli dinamizm asosida voqe’ bo‘lgan. DOSTON 1. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi epik janr. Xalq og‘zaki ijodidagi doston voqeaband sujet asosiga qurilgan yirik hajmli asar bo‘lib, ular baxshi (oqin, jirov)lar tomonidan musiqa (do‘mbira, qo‘biz va b.) jo‘rligida ijro qilingan, og‘izdan og‘izga o‘tib bizgacha yetib kelgan. Mas., “Alpomish” dostoni. 2. Mumtoz adabiyotimizdagi yirik hajmli, odatda masnaviy shaklida va aruzning ma’lum vaznida yoziluvchi she’riy asar. Masalan, “Farhod va Shirin” dostoni. 3. Zamonaviy adabiyotda keng tarqalgan yirik hajmli she’riy asar, unga sinonim tarzida poema atamasi ham qo‘llanadi. Bunga misol qlilib “Oygul bilan Baxtiyor” (H. Olimjon), “Nido” (E. Vohidov), “Jannatga yo‘l” (A. Oripov) dostonlarini keltirish mumkin. DRAMA (yun. drama – harakat) 1. Badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri. Dramaning tasvir predmeti – harakat. U Arastu ta’rificha “barcha tasvirlanayotgan shaxslarni harakat qilayotgan, faoliyatdagi kishilar sifatida taqdim etadi”. Dramaning asosiy janrlari sifatida tragediya, komediya va drama (janr ma’nosida) ko‘rsatiladi. 2. Dramatik turning uchta asosiy janridan biri. Tarixiy tarqqiyot jarayonida dramatic turning qadimda paydo bo‘lgan tragediya va komediya janrlariga bir-birining ziddi deb qaralgan bo‘lsa, drama ularning sintezi sifatida XVIII asrga kelib maydonga chiqqan. Sintezlashuv, ayniqsa dramaning ilk shakllanish davrida yaqqol ko‘rinadi. Jumladan, komediya singari drama ham odamlarning shaxsiy hayotini tasvirlaydi, biroq undan farqli ravishda kamchiligu nuqsonlardan kulishni emas, balki jamiyat bilan murakkab munosabatlardagi shaxsni tasvirlashni maqsad qilib qo‘yadi. Tragediyadagi kabi o‘tkir ziddiyat va to‘qnashuvlar qalamga olingani holda dramadagi konflikt muayyan yechimga ega, u yoki bu darajada hal qilinishi mumkin bo‘lgan konfliktdir. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling