B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIOLOGIK
- BOLALR KITOBXONLIGI
- BOLALAR KITOBATCHILIGI
BESTSELLER (ingl. best – eng yaxshi, sell – sotilmoq) Noshirlikning tijoriy tomoni bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan termin, kata tirajda chop etilgan va tez tarqalib ketgan, tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan kitob. Shundan kelib chiqib bestseller termini kitobxonlar tomonidan qizgʻin kutib olingan va qoʻlma-qoʻl boʻ-lib ketgan asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
BIOGRAFIK Biografiyaga, tarjimai holga oid. Adabiyotda biror bir mashhur yozuvchi, tarixiy shaxs yoki mutafakkirlar haqida yozilgan b.qissa, roman. M:M.Osimning tarixiy-biografik qissalari, Oybekning “Alisherning yoshligi” qissasi. BIOLOGIK Tirik organizmlarning xayoti va o‘sishiga, ya’ni biologiyaga oid. Biologik jarayonlar. Biologik tadqiqotlar. BOLALAR ADABIYOTI 2 yoshdan 16-17 yoshgacha bo‘lgan kichkintoylar, bolalar va o‘smirlar didi, tili, qiziqishi, saviyasi va obrazli badiiy tafakkuriga ixtisoslashgan, ular uchun maxsus yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui. Shuningdek, b.a. bevosita bolalarga moʻljallab, yoki aslida kattalarnig o‘zi uchun yaratilgan bo‘lsa ham keyinchalik butunlay ular kitobxonligiga oʻtib qolgan asarlarni ham o‘z ichiga oladi. BOLALR KITOBXONLIGI o’z ma’nosida umuman kitob o’qish hodisasini anglatsa-da, keng ma’noda necha ming yilliklar davomida aslida kattalar didi, hayotiy tajribasi, dunyoqarashiga mos holda yaratilib kelingan bo’lib, bolalarning ham o’qishi doirasida amal qilgan va yaxlit tizim tarzidagi ma’naviy-axloqiy hodisa darajasiga ko’tarilgan hammabop diniy, diniy-axloqiy, diniy-tarixiy, didaktik, badiiy, ilmiy, shuningdek, XX asr boshlaridan esa, professionallik kasb eta boshlagan o’zbek bolalar adabiyotiga doir asarlar silsilasini o’qish va o’qitishni anglatadi. BOLALAR KITOBATCHILIGI bolalar kitobxonligining asosi bo‘lib, uyda ham, bog‘chada ham, maktabda ham bolalar o‘qishiga mo‘ljallangan rang-barang mazmun va shakldagi kitoblar. Bunda kitoblarning aksariyati o’yinchoq timsolli mazmun va maqsadiga muvofiq esa chidamli qalin qog’oz yoki kartondan foydanilgan taxlamga ega bo’ladigan su’ratli kitobchalar, o’yinchoq kitobchalar, yig’ma kitobchalar, animal kitobchalar,1 kesma kitobchalar kabi turlarda yaratilishi mumkin. Bu xildagi kitoblar komikslar2 deb yuritilib, badiiy matni adib yoki shoirga taalluqli bo’lsa, taxlamini bichishda noshir (poligrafist) va badiiy bezatilishida musavvir ishtirok etadi. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling