B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- DETEKTIV ADABIYOT
DDEKLOMATSIYA (lot. declamatio – notiqlikni mashq qilish) Badiiy asar yoki undan olingan parchani chiroyli, ta’sirchan qilib yodaki o‘qish mahorati va shunday o‘qishning o‘zi. DETAL (fr. detail – tafsilot, mayda-chuyda) Badiiy detal; badiiy asarda muayyan mazmun ifodalovchi, g‘oyaviy-badiiy yuk tashuvchi tafsilot. Detal asarda tasvirlangan obrazning kichik bir qismi, detallarning birikuvi natijasida o‘sha obraz ko‘z oldimizda butun holda namoyon bo‘ladi. Badiiy detal ortida ma’lum bir realiya mavjud: maishiy turmush yoki joy tafsilotlari, portret chizgilari va sh. k. Shuningdek personajning imo-ishoralari, tana holati, xatti-harakati, gap-so‘zlari ham detal sanaladi, ular bari birlikda konkret inson obrazini shakllantiradi. DETEKTIV ADABIYOT (yun. izquvar ) 1. Sarguzasht adabiyotining bir tarmog‘i, sujeti asosida sirli jinoyatlarni ochish bilan bog‘liq voqealar yotuvchi asarlarning umumiy nomi. 2. Josuslar, yashirin ayg‘oqchilar, izquvarlar hayoti, sarguzashtlari, murakkab jinoyatlarning ochilishi haqida hikoya qiluvchi (badiiy asar yoki film). DEVON (ar. yozish, ro‘yxatga olish, to‘plam) Sharq mumtoz adabiyotidagi she’riy to‘plamlarning asosiy turi. Sharq adabiyotida devon tartib berish an’anasi shakllangan bo‘lib, bu an’anaga qat’iy amal qilingan. Devonga kiritilgan she’rlar bir tomondan janriga ko‘ra, ikkinchi tomondan esa alifbo (bu talab asosan g‘azallarni joylashtirishga qo‘yiladi) tartibiga ko‘ra joylashtiriladi. Devon asosan g‘zal janri bilan, ba’zan esa qasida bilan boshlanadi. DIALEKTIZM (yun. dialektos – sheva, lahja) Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar tiliga xos leksik birliklar, fonetik, morfologik, sintaktik xususiyatlar jami. Dialektizmlar adabiy asarlarda tasvirlanayotgan joy koloritini berishda, ma’lum hudud kishilariga xos turmush tarzini tafsilli jonlashtirish, personajlar nutqini individuallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, T. Murod asarlarida Surxondaryo vohasi kishilariga xos sheva elementlari ko‘plab uchraydiki, ular voha kishilari hayoti, o‘ziga xos fe’l-atvori, ruhiyatining haqqoniy va to‘laqonli tasvirlanishiga zamin yaratgan. Masalan, “Ot kishnagan oqshom” qissasidan olin-gan quyidagi parchalarda tilning turli sathlaridagi dialektizmlarni ko‘rish mumkin: “Ko‘plari meni yetib keldi, uloqqa uzaldi”, “Shunda Tarlon birdan soyga qarab zinkiydi”, “Go‘balakda bingak nishiday zahar nish bo‘ladi”, “Kimning uli bo‘lasan?” va boshq. DIALOG (yun. dialogos . di – ikki + logos – so‘z; nutq; tushuncha) 1. Ikki kishi o‘rtasidagi og‘zaki muloqot, suhbat. 2. Adabiy asarda ikki yoki bir necha personaj o‘rtasidagi gaplashuv, suhbat. Dramada dramatik harakat va harakatlarning ochilishida dialoglar muhim rol o‘y-naydi. DIDAKTIK 1. Didaktikaga oid, didak-tika tamoyillariga asoslangan. 2. kt. Ibrat bo‘ladigan, o‘git-nasihat beradigan, pand-nasihat tarzidagi. Didaktik asar. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling