B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
GIPERBOLA (yun. hiperbole – o‘ta kattalshtirish, bo‘rttirish) aynan mubolag‘a. GROTESK
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- HARAKATLI o‘yinlar
GIPERBOLA (yun. hiperbole – o‘ta kattalshtirish, bo‘rttirish) aynan mubolag‘a.
GROTESK (ital. grotta – yer ostidagi uy) Obrazni haddan tashqari mubolag‘ali tasvirlash usuli. Grotesk biror maqsadga yo‘naltirilgan, hajviylik bilan fantastik tasvir uyg‘unlashgan obrazdir. Quyida keltirilgan tasvir “Alpomish” dostonidagi qalmoq alplarining groteskli tasviriga misol bo‘la oladi: Shomurti yoqalab har yoqqa ketgan, Ichida sichqonlar bolalab yotgan. Izidan tushgan pishak olti oyda yetgan. Odam tushmas uning aytgan tiliga, Besh yuz quloch arqon yetmas beliga. Bu qalmoqdir qalmoqlarning ravishi, Oh ursa olamni buzar tovushi, To‘qson molning terisidan kovushi… GULDUR-GUP O‘zbek bolalar repertuaridagi ma’naviy o‘yin sifatida Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysida «guldur-gup», Buxoro vohasida, Qashqadaryo va Surxondaryoda «jildir-jip», «juldur-jup», jo‘sh shevasida so‘zlovchilar orasida - «hapini» deb yuritiladi. Guldur-gup momaqaldiroq ovozi (guldur-gulduri)ning birdan tinishi (gup-so‘nish sadosi)ga, jildir-jip ariqda oqqan suv ovozi (jildir-jildiri)ning birdan tinishi (jip-suv harakati to‘xtashiga) ishora ma’nolariga ega bo‘lib, shovqin-suronning birdan tinishga undovchi mo’jazgina qo‘shiqlar sil-silasidan iborat. Guldur-guplar bolalar oldiga gapirmaslik, jim turish shartini qo’yadi: Dim-dim-dim, O’raga sichqon ko‘mdim. Gapirganning og’ziga Bir shapaloq urdim. Shartlar ba’zan behad og’ir va tahqirlovchi bo’lishi mumkin: Mushuk o’ldi, Dumi qoldi. Kim gapirsa, Uni yeydi. Shu shartni bajarishga kimning bardoshi yetmasa, beqarorlik qilib shivirlasa yoki gapirib qo’ysa, kulib yuborsa-o’sha yutqizgan hisoblanadi. Guldur-guplarda jim turish muddati belgilanmaydi, bu o‘yinchilar bardoshiga bog’liq. H HAJV (ar. ustidan kulmoq) Biror shaxsni tanqid qilish, ayovsiz qoralash, kamchiliklarini sanash, ayblash maqsadida yaratiluvchi asar, adabiy janr. Arab she’riyatidagib hajvlarda bo‘lgani kabi o‘zbek hajvlarida ham aniq bir shaxs obyekt qilib olingan. Masalan, Muqimiyning “Hajvi Viktorboy”, “Hajvi Viktor”, “Voqeayi Viktor”, Muhyining “Dar mazammati Vektur” hajvlarida bir qator o‘zbek savdogarlarini chuv tushirgan Qo‘qondagi aka-uka Kamenskiylar savdo idorasining ish boshqaruvchisi Viktor Axmatov obyekt qilib olingan. HARAKATLI o‘yinlar- harakat zamirida voqe bo‘lgan o‘yinlar. Bu xildagi o‘yinlarni yuzaga keltiruvchi vositalar mavjudligiga ko‘ra ular: sof harakatdan iborat (“Duk-duk”,“Shax-shax”,“Quvlashmachoq”), harakatni narsa boshqaradigan o‘yinlar (“Besh tosh”, “To’p tosh», «Ishti», «Hango’z», “Kalpo’sh to’ppi”, «Chillak», «Ko’zbog’logich», «Podsho-vazir»), hamda harakatni so‘z boshqaradigan o‘yinlarga (Oq terakmi, ko’k terak, Bizdan sizga kim kerak? Yoki: Qamar-qamar, qamchini, Qovurg’aning yanchini. Oq terakmi, ko’k terak, Bizdan sizga kim kerak?) ga bo‘linadi. Ular kompozitsion tuzilishiga ko’ra ham uch qismdan iboratdir: muqaddima (chorlama aytib o‘yinga chaqirish), o‘yinning o‘zi, intiho (tarqalmachoq aytib tarqalish). Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling