B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


Download 387.41 Kb.
bet159/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

KONTEKST (lot. con – birga, textus – mato, to‘qilgan) 1. Alohida so‘z (matn birligi)ni qurshab turgan va uning ma’nosi tushunilishiga asos bo‘luvchi matn, uni tashkil etayotgan so‘zlarning bevosita lug‘aviy ma’nosidan keng bo‘lgan ma’no ti­zimi. Masalan, shirin so‘zi qo‘llangan ikkita gapni olib ko‘ramiz: 1. Muharram shirin tabasum bilan kuldi. (Shuhrat) 2. Siz pishirgan taom shu darajada shirin, lazzatli bo‘ladiki…(Mirmuhsin) Birinchi gapda shirin so‘zi “xush yoqadigan, yoqimli”, ikkinchi gapda esa “ta’mi yoqimli, mazali, lazzatli” degan ma’noni bildiryapti. Bu ikkala gap shirin so‘zi uchun turli kontekst bo‘lib, mazkur ma’nolar aynan shu kontekstlar yordamida ro‘yobga chiqyapti.
2. Adabiy asar – so‘zlardan tarkib topgan matn. Badiiy matnni tashkil etayotgan unsurlar
KONTRAST (fr. contraste – keskin qarama-qarshi qoyish) Badiiy adabiyot va san’atning boshqa turlarida tasvirlanayotgan narsa-hodisalarni bir-biriga keskin qarama-qarshi qo‘yishga asoslangan badiiy usul. Kontrast til sathida antiteza (yoki tazod) ko‘rinishida, sujet sathida bir voqea (yoki holat)ning ikkinchi voqea (yoki holat)ga qarshi qo‘yilishi (masalan, “Zumrad va Qimmat”) tarzida, kompozitsiya sathida esa asarning bir qismini ikkinchi qismiga qarshi qo‘yish (masalan, Cho‘pon “Novvoy qiz”) orqali namoyon bo‘ladi.
KONFLIKT (lot. confliktus – to‘qnashuv) Personajlarning asar sujetida badiiy ifodasini topadigan o‘zaro to‘qnashuv va kurashlari, qahramon bilan muhit orasida yoki uning ruhiyatida kechuvchi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar. Konflikt termini an’anaviy tarzda ko‘proq epik va dramatik asarlarga nisbatan qo‘llanadi, chunki ular voqeaband sujetga ega bo‘lib, tasviriy-dinamik san’at turlari hisoblanadi, ya’ni ularda rivojlanib boruvchi voqealar silsilasi – makon va zamonda kechuvchi harakat qalamga olinadi. Sujet bilan konflikt orasida ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi: bir tomondan sujet konfliktlarni umumlashtirib namoyon qiladi; ikkinchi tomondan konflikt sujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lib, sujetning asosiy bosqich­larini belgilaydi: konfliktning qo‘yilishi – tugun, konflikt keskinlashgan eng yuksak nuqta – kulminatsiya, konfliktning u yoki bu tarzda hal etilishi – yechim.
Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining bir-biri bilan toʻq­nashuvi, kurashi; qahramonning shart-sharoit, muhit bilan toʻqnashuvi; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash (psixologik). 
KULMINATSIYA (lot. culmen – cho‘qqi) Badiiy asarda voqealar rivojining eng yuksak nuqtasi, sujetning ziddiyatlar keskinlashib, konflikt yaqqol namoyon bo‘ladigan o‘rni. Ijodkor uslubi, maqsadi va xohishiga ko‘ra kulminatsiya asarning boshlanishi, o‘rtasi yoki oxirrog‘ida kelishi mumkin. Masalan, Abdulla Qahhorning “Sinchalak” qissasida kulminatsiya asar o‘rtasida kelsa, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanida kulminatsiya asar oxirida, yechim sifatida uchraydi, ya’ni Kumushning Zaynab bergan zahardan o‘lishi asarning kulminatsiya nuqtasidir.
Kulminatsiyaning eng muhim belgisi shuki, u badiiy asardagi voqealar oqimini, xarakterlarning o‘z sifatidagi va boshqalar bilan munosabatidagi xislatlarni albatta o‘zgartiradi.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling