B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOMIK I
- KOMPOZITSIYA
KITOBATCHILIK Qo‘lyozma kitoblarni yaratish, ularga bezak berish.
KO‘CHIM, trop So‘zning odatiy ma’nosidan o‘zga ma’noda qo‘llanishi, muayyan badiiy-estetik maqsadni ko‘zlagan holda voqe bo‘luvchi semantic sathdagi normadan og‘ish. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar trop degan umumiy nom bilan ham yuritiladi. Ma’no ko‘chishining asosiga tayangan holda ko‘chimning metafora, metonimiya, kinoya, perifraza, allegoriya (majoz), ramz (simvol) kabi qator ko‘rinishlari ajratiladi. KOMEDIYA (yun. komos – quvnoq marosim, ode – qo‘shiq) Dramatik turning uchta asosiy janridan biri, antik davrdayoq janr sifatida shakllangan. Komediya dramatik turning komiklikka asoslangan janri bo‘lib, unda xarakterlar, holat va voqealar kulgili tarzda, komiklikka yo‘g‘rilgan holda taqdim etiladi. Komediyaning asosida yotuvchi ijobiy kuch – kulgi, u jamiyat hayotida, kishilar fe’l-atvorida mavjud kamchiliklar, idealga nomuvofiq jihatlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, Uyg‘unning “Parvona” dramasida ma’nan tubanlik, axloqan buzuqlik, firibgarlik hajv ostiga olingan bo‘lsa, E. Vohidovning “Oltin devor” asarida oltin vasvasasi kulgiga duchor qilinadi. KOMIK I Komik, hajviy rollarni o‘ynovchi aktyor; qiziqchi, masxaraboz. Soib Xo‘jaev Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatrining komiklaridan edi. KOMIK II Komediyaga oid, kulgili. Tomoshabinga komik fil’mni mukammal yetkazishda, kulgi chiqazishda bunday usul qo‘l keladi. G‘. Salomov, KOMPOZITSIYA (lot. compositio – tuzilish, qurilish, tarkib) Badiiy asardagi qismlar, obrazlar va vositalarning muayyan g‘oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi, ularning tasvirdagi mezoni va muvofiqligi. Asar kompozitsiyasiga makon va zamonning cheksizligini sig‘dirishda avtor xarakteristikasi, ichki va tashqi monolog, dialog, xotira, lirik chekinish, ruhiy chekinish, ruhiy iztirob, tush ko‘rish, o‘z-o‘zini baholash kabi usullardan foydalaniladi. Masalan, A. Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari xotiralar tarzidagi kompozitsiyaga ega bo‘lsa, Sh. Xolmirzayevning “Hayot abadiy” hikoyasi tush ko‘rish shaklidagi kompozitsiya asosida yaratilgan. Har ikki holatda ham yozuvchilar o‘zi aytmoqchi bo‘lgan gapni ta’sirchan yetkazish uchun qulay usul tanlagan. Xullas, estetik jihatdan qaraganda kompozitsiya ijodkor g‘oyasini, u aytmoqchi bo‘lgan gapni ta’sirchan yetkazish uchun eng qulay, eng mukammal yuzaga chiqaruvchi asar qurilishi tarzidir. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling