B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar


OQIN (turkiycha – o‘qimishli odam) Qozoq va qirg‘izlarda: badihago‘y shoir, kuychi; xalq shoiri; baxshi. OVUTMACHOQ


Download 387.41 Kb.
bet172/194
Sana13.01.2023
Hajmi387.41 Kb.
#1092258
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194
Bog'liq
O`QUV LUG`ATI

OQIN (turkiycha – o‘qimishli odam) Qozoq va qirg‘izlarda: badihago‘y shoir, kuychi; xalq shoiri; baxshi.
OVUTMACHOQ suyish qo’shiqlaridan biri, kichkintoylar g’ashlanganda, chinqirib yig’laganda, ehtiyojga aylanish oqibatida yuzaga keladi. Ovutmachoqlar vaziyat taqozosi bilan paydo bo‘lib, bunda ijrochi kayfiyatining qay holatdaligi ahamiyatsiz. O. bolani tinchlantirish ehtiyojini qondiruvchi badihalardir. U bolaning bevosita o’ziga poetik murojaati shakliga qurilgan:
Vo’y-vo’y, shuginani kim urdi?
Vo’y-vo’y, shuginaga kim lab burdi?
Yig’lama, oppoqqinam,
Boshimdagi qalpoqqinam!

P


PAFOS (yun. pathos) Ijodkorning o‘zi tasvirlayotgan voqelikka g‘oyaviy-hissiy munosabati. Masalan, E. Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonining pafosi mustam­lakachilik istibdodiga qarshi norozilik, isyondir.
PARALLELIZM (yun. parallelos – yonma-yon turuvchi yoki boruvchi) Xalq og‘zaki ijodida juda keng qo‘llangan, keyinchalik yozma adabiyot tomonidan o‘z­lash­tirilgan tasvir usuli, muayyan o‘xshashlikka ega narsa-hodisalarni parallel (yon­ma-yon tarzda tasvirlash. Parallelizm tasvirlanayotgan narsa-hodisalar orasidagi o‘xshashlik yoki zidlik tufayli obrazni jonli tasvirlash, his-tuyg‘uni yorqin ifodalash imkonini beradi. Misol uchun mashhur “Yor-yor” misralarini olaylik:
Tog‘da toychoq kishnaydi
Ot bo‘ldim deb, yor-yor.
Uyda kelin yig‘laydi
Yot bo‘ldim deb, yor-yor.
Mazkur parchada uyda yig‘layotgan kelin bilan tog‘da kishnayotgan toychoq­ning parallel tasvirlangani kelinning ruhiy holatini yorqin ifodalaydi. Toychoq “ot bo‘ldim deb kishnaydi”, chunki “ot bo‘lish” – yetim tashlandi demak, endi u oldin­gidek onasining bag‘rida betashvish yashay olmaydi; kishnayotgan toychoq o‘zga uyga kelin bo‘lib tushgan, “chiqqan qiz chg‘riqdan tashqari aqidasiga ko‘ra endi yaqin­lariga “yot” bo‘lgan kelinning dardini ifodalaydi.
PARDA 1. adabiy. Sahna asarining yoxud filmning mustaqil voqelikdan iborat tugal bir qismi. Dramatik asarning sahnaga qo‘yilganda uzluksiz voqea sifatida ijro etiluvchi bo‘lagi. Odatda sahnada shu bo‘lak ijrosi tugagach, parda tushiriladi. 2.muayyan balandlikda. mas. H.Olimjon "Oygul bilan Baxtiyor" ertak-dostonida xalqning shu orzusini baland pardada kuyladi va bunga u haqli edi.
PARDALI ko‘cma.ochiq-oydin ifodalanmay, shama, qochirim bilan aytilgan, yashiringan, niqoblangan. Mas. Qadimgi ajdodlarimiz tabiat stixiyasi oldidagi ojizliklari tufayli narsalarni, odamlarni, hayvonlarni, qushlarni o’z nomlari bilan aytmay, ularni g’ayritabiiy kuchlar zararidan, insu jinslar va balo- qazolardan omon saqlashni ko’zlab, boshqa so’zlar bilan pardali qilib ayta boshlashlari tufayli ilk topishmoqlar yuzaga kelgan.
PAREMA (yun. paroimia – masal, ramzli hikoya) Ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan turg‘un ibora; maqol, matal.

Download 387.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling