B. S. Jamilova f. S. Safarov ona tili va bolalar adabiyoti fanidan ilmiy termin va tushunchalar
Download 387.41 Kb.
|
O`QUV LUG`ATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAYTARMACHOQ
QQASIDA (arab. – koʻzlamoq, niyat qilmoq) Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Qasida biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. Qasida uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha boʻlishi mumkin. Gʻazalga oʻxshab qofiyalanadi (a-a, b-a, v-a, ...). Kompozitsiyasi gʻazalga nisbatan murakkab boʻlib, nasib (yoki tashbib) deb ataluvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism – madhga oʻtish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maqtalayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni oʻz ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat. Oʻzbek mumtoz qasidalari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari “Devonu lugʻotit turk”da uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida qasida oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarilgan. Hozirgi oʻzbek adabiyotida ham, jumladan Charxiy, Chustiy, Habibiy, Ulfat, E.Vohidov kabi shoirlar ijodida qasida janrida yozilgan asarlar uchraydi. Xususan, E.Vohidovning “O‘zbegim”, “Inson”, “Qo‘llar” kabi qasidalari katta shuhrat qozongan. QAYTARMACHOQ Bolalar uchun, asosan, beshik davri tugagandan keyingi ma’naviy ehtiyoj taqozosiga ko’ra yuzaga kelgan badihalar bo’lib, she’riy namunasi ko’pincha monolog, nasriy shakli dialog (savol-javob) negizida quriladi. Ularda voqea mantiqiy uzviylikni tashkil etuvchi ketma-ketlik zamirida harakatda bo’ladi. Savol-javoblar aksariyat qarama-qarshilikni ifodalovchi tazod san’ati negizida quriladi. ham qaytarmachoq syujetini tashkil etgan har bir voqea alohida epizod tusini oladi, biroq bu epizodlar umumiy bir motiv (g’oya) atrofida izchil mantiqiylik asosida birlashgan bo’ladi. Bunda har bir epizod bir savol shaklida, izohi ham o’zida holatida birin-ketin qaytarilaveriladi. Hodisaning qaytarmachoq deyilishi va alohida janr sifatida e’tirof etilishiga ham xuddi shu xususiyatlari asos bo’lgan. Masalan, «Kun, san nimadan kuchlisan?» qaytarmachog’i dialog negizida qurilgan. Unda bolalarni qiziqtirgan «Dunyoda kim kuchli?» savoliga javob narsa va hodisalar bahsi asosida – voqeadan voqeaning o’sib chiqishi shaklida bola qiziqishi va idrokiga mos holda bayon qilingan: -Kun, san nimadan kuchlisan? -Man kuchli bo’lsam, bulut bosarmidi? -Bulut, san nimadan kuchlisan? -Man kuchli bo’lsam, yomg’ir yog’armidi? Ya’ni, har bir savol o’zidan keyingi voqeaga mantiqiy maydon hosil qilgan, shu maydonaro voqealar tizila boradi: Yomg’ir-erni, er-o’tni, o’t-qo’zini, qo’zi-bo’rini, bo’ri-echkini, echki-sichqonni, sichqon-qumursqa(chumoli)ni o’zidan kuchli deb biladi. QISSA (ar. hikoyat, sarguzasht) Epik turning hikoya va roman qatoridagi uchta asosiy janridan biri. O‘zining janr xususiyatlari bilan qissa hikoya va roman oralig‘idagi hodisadir: hikoyada qahramon hayotidagi birgina voqea, romanda qahramon hayotining murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimidagi katta bir davri, qissada qahramon hayotining bir bosqichi bqalamga olinadi. Hikoyaning diqqat markazida voqea, romanning diqqat markazida qahramon vositasida idrok etilayotgan olam (jamiyatning joriy holati) tursa, qissaning markazida hamisha qahramon turadi.Ya’ni roman uchun qahramon vosita, qissa uchun esa maqsaddir. Shunga ko‘ra qissadagi barcha voqealar qahrmon atrofida uyushtiriladi, uning sujeti romanniki kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. G‘. G‘ulomning “Shum bola”, S. Ayniyning “Odina”, Oybekning “Bolalik”, A. Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar”, “Sinchalak”, shuningdek O. Yoqubov, O‘. Hoshimov, S. Anorboyev, O‘. Umarbekov va boshqalarning qissalari mazkur janrning yetuk namunalaridir. Download 387.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling