B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev
PIRLS – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash; PISA
Download 0.96 Mb.
|
Monografiya iqtidorli bolalar
PIRLS – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish
darajasini baholash; PISA – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash; TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish; TIMSS – 4- va 8-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash; Pedagogik faoliyatning ustuvor yo‘nalishi sifatida iqtidorli o‘quvchilarni tanlash va ularning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 3 maydagi PQ-4306-son qarori misol bo‘la oladi. Jumladan, “Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish zarurati mavjud” [5]. Bugungi kunda ko‘plab pedagog – psixologlar iqtidorni rivojlantirish darajasi, sifatli o‘ziga xosligi va tabiati har doim irsiyat (tabiiy mayllar) va bolaning faoliyati vositasida bo‘lgan ijtimoiy-madaniy muhitning (o‘yin, ta’lim, ish) murakkab o‘zaro ta’siri natijasidir – deb fikr bildiradilar. Bunday holda, bolaning o‘ziga xos faoliyati, shuningdek, individual iste’dodni shakllantirish va amalga oshirish asosida shaxsning o‘zini rivojlantirishning pedagogik asoslarini yaratish alohida ahamiyatga egadir. iqtidor tushunchasi va uning asosiy belgilarini mazmun mohiyatini asoslash; o‘quvchilar iqtidorini aniqlash bosqichlari va vositalarini tahlil etish; iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik shart – sharoitlarini aniqlash; zamonaviy o‘qitish metodlari orqali iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish texnologiyasini yoritish. iqtidor tushunchasi va uning asosiy belgilarining mazmun mohiyati asoslansa; o‘quvchilar iqtidorini aniqlash bosqichlari va vositalari tahlil etilsa; iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik shart – sharoitlari aniqlansa; zamonaviy o‘qitish metodlari orqali iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish texnologiyasi yoritilsa ushbu jarayon samaradorligi oshadi.. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish bilan so‘nggi yillarda pedagog olimlar izchil shug‘ullanib kelmoqdalar. Xususan, pedagoglarni iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishga tayyorlash masalalari respublika olimlaridan N.Azizxodjaeva, M.Abdullajonova, N.Alimov, R.Djuraev, J.Yo‘ldoshev, O‘.Tolipov, Sh.Sharipov, N.Erkaboeva, F.Yuzlikaev, Sh.Mardonov, O.Musurmonova, S.Nishonova, N.Ortiqov, G.Ibragimovalarning islarida yoritilgan, ularda oliy ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish muammolari tadqiq etilgan. Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish masalasi F.Isaev, R.Safarova, B.Xodjaev, N.Shiyanov, N.Egamberdieva, M.Quronov kabilar tomonidan tadqiq etilgan. Xorijlik olimlardan A.Kulemzina, Landau E., Eremkin A., Ilyin E.P., Egupova V.A., Dvorovskiy A.I. . Belova E.S.. Miller A. va boshqalarning tadqiqotlarida o‘rganilgan. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishing turli tomonlarini o‘rganadigan psixologik va pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi ziddiyatlarni aniqlashga imkon berdi: iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va rivojlantirish zaruriyati; iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash metodikasini ishlab chiqish ehtiyoji; iqtidorli o‘quvchilarni rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish etishning muhim hisoblanadi. Ko‘rsatilgan qarama-qarshiliklar maktab amaliyotida iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik sharoitlarni qidirishdan iborat bo‘lgan tadqiqot muammosini aniqladi. Muammoning dolzarbligi, uning pedagogik ahamiyati va ilmiy ishlanmaning yetishmasligi monografiya tadqiqotining mavzusi -“Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik asoslari” – deb nomlashga asos bo‘ldi. Monografiyada vazifalarni hal qilish uchun bir-birini to‘ldiradigan tadqiqot usullari to‘plami ishlatilgan: falsafiy, psixologik va pedagogik, metodik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar, universitet dasturlarini tahlil qilish; empirik tadqiqot usullari (pedagogik kuzatish, suhbat, so‘roq, test, intervyu, o‘zini o‘zi baholash, savol – javob); iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, tarbiyalash va rivojlantirish metodlari, hisobotlar, kundaliklar va boshqalar, matematik statistika usullari. Monografiyada quyidagilar ilmiy asoslangan: iqtidor tushunchasi va uning asosiy belgilarini mazmun mohiyati asoslandi; o‘quvchilar iqtidorini aniqlash bosqichlari va vositalarini tahlil qilindi; iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik shart – sharoitlari aniqlandi; zamonaviy o‘qitish metodlari orqali iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish texnologiyasi yoritildi. Monografiyaning nazariy ahamiyati iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish orqali mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuniga hamda ushbu muammo yuzasidan respublikamiz va xorijiy pedagog-olimlarning nazariy g‘oyalariga asoslanganligi; tadqiqot vazifalariga mos tadqiqot metodlarining qo‘llanilganligi uni amaliyotda qo‘llashning qulay pedagogik shart-sharoitlari hamda zamonaviy o‘qitish metodlari orqali iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish texnologiyasini yoritilganligi bilan izohlanadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling