B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev
Download 0.96 Mb.
|
Monografiya iqtidorli bolalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi tashabbus
- 1.2. O‘quvchilar iqtidorini aniqlash bosqichlari va turli yondashuvlar
Birinchi tashabbus. Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Uchinchi tashabbus. Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To‘rtinchi tashabbus. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Beshinchi tashabbus. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib borilmoqda. Bunday rag‘batlantirishlar sirasiga iste’dodli o‘quvchilarni faxriy yorliqlar, stipendiyalar hamda mukofotlar bilan taqdirlashni kiritish mumkin. 1.2. O‘quvchilar iqtidorini aniqlash bosqichlari va turli yondashuvlar Iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va tarbiyalashning asosiy maqsadi respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual salohiyati bor yoshlarni tayyorlash, yordam berish, iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish hamda ulardagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iboratdir. O‘quvchilar iqtidorini aniqlashda iste’dod muhim o‘rin tutadi. Iste’dodli va malakali bolalar kimligi haqida gapirishdan, ularning namoѐn bo‘lishi, ta’lim olishi, tarbiyalanishi masalalari yuzasidan jiddiy so‘z yuritishni boshlashdan avval ushbu tushunchani aniq belgilab olish lozim Izohli lug‘atlarda ko‘pincha “iste’dodli” va “talantli” so‘zlari sinonimlar sifatida keltiriladi. Masalan, S.I.Ojegovning izohli lug‘atida “iste’dodli” talantli deb, “talantli” esa talantga ega deb berilgan ]51]. V.Dal lug‘atida iste’dod yoki iste’dodli tushunchalari yo‘q, ammo “talant” tushunchasi bor bo‘lib, u nimagadir nisbatan qobiliyat, qobiliyat esa Xudo tomonidan berilgan layoqat deb izohlanadi [56.627]. Chet tillar lug‘atida talant (ing. talant) - misli yo‘q tug‘ma sifatlar, alohida tabiiy qobiliyatlar, deb ta’kidlangan. Eng avvalo, shunga e’tibor qaratish kerakki, “iste’dodli bolalar” (iste’dodli bola) so‘z birikmasi qandaydir o‘ziga xoslikni anglatadi. Yoxud uni ishlatganda bolalarning o‘ziga xos guruhi mavjudligini tan olamiz. Bunday bolalar ma’lum sifatlari bilan tengdoshlaridan farq qilishadi. Bunday yondashuv ko‘plab olim, o‘qituvchi, psixologlar tomonidan an’anaviy ravishda tanqid qilinadi. Shunday bo‘lsada, u ishning real holatini aks ettiradi. Rossiyalik olimlar iste’dodli bolalar nafaqat akademik sohalarda, balki, inson faoliyatining har qanday ijtimoiy ahamiyatli sohasida ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarga erishishga qodir, deb hisoblashadi. Amerikalik mutaxassislar AQSH davlat ta’lim bo‘limining rasmiy ma’ruzasida kongressga mazmun jihatidan deyarli bir xil ta’rifni taklif qilishdiki, bu hozirgi vaqtgacha ishlatiladi: yuqori darajadagi yutuqlarga erishish imkonini beruvchi, boshqalardan ajralib turuvchi qobiliyatni namoyon etgan o‘quvchilar iste’dodli va talantli bolalardir. Aksariyat olim va amaliyotchilar iste’dodli bola, uning iste’dodini namoyon qiladigan faoliyatga butun borlig‘i bilan kirishib ketadi, shu bilan boshqalardan ustun turadi, degan fikrga qo‘shiladilar. Yoxud agar o‘quvchi faqat yomon baho uchun urishmasliklari yoki o‘zining a’lochi sifatidagi obro‘yi tushmasligi uchungina dars tayyorlasa, faoliyat eng yaxshi holatda vijdonan bajariladi - u shunchaki qobiliyatli, deyish mumkin, agar u shug‘ullanayotgan narsasidan yuqori baho olish haqida qayg‘urmasdan qoniqish va yoxursandchilikni his qilsa yoki uning o‘zi anglab yetgan maqsadi bor bo‘lsa, ana shunday holda iste’dod haqida so‘z yuritish mumkin. Har bir ilmiy maktab avvaliga ajratib olish juda qiyin bo‘lgan o‘z yondashuvlari, o‘z kontseptsiyalariga ega. Ularning barchasi quyidagi masalalar qo‘yilishiga olib boradi - birinchisi: barcha bolalar talantlidir. Yoki har bir inson o‘z - o‘zicha iste’dodli. Bunday yondashuv barcha umumiy ta’lim va har bir bolaning qobiliyatlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Shu bilan birga ushbu yondashuv ortidan “iste’dod” tushunchasining xususiyatlari ko‘rinmay ketadi. Bunday holatda mutaxassislar bola qobiliyatlari diagnostikasi va ularni rivojlantirish metodlariga e’tibor qaratadilar. Shunda iste’dodli bolalarning namoyon bo‘lishi vazifasi diqqatdan chetda qoladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling