B. X. Shaymatov, M. Q. Jo‘raev elektrotexnik materiallar


Download 1.89 Mb.
bet23/52
Sana01.11.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1738772
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
Bog'liq
ishlanadigan

Savollar:
1. Gazsimon suyuq va qattiq dielektriklarda teshilish mexanizmi qanday?
2. Suyuq dielektriklarning mustahkamlik bog`lanishi qanday?
3. Dielektriklardagi issiqlik teshilishini tushuntiring?
4. Elektr yoyi nima?


2.7 Qattiq polimerizatsion dielektriklar.Qattiq plikondensatsion dielektriklar.Polimerlar asosidagi organik qattiq dielektriklar.
Reja:

  1. Qattiq polimerizatsion dielektriklar.

  2. Polimerlar asosidagi organik qattiq dielektriklar

Tayanch so’z va iboralar: Dielektriklar, o’tkazgichlar, elektron, molekula, paramagnitlar, izolyatsiya, ionli, metalli, elektronli bog’lanish, polietilen, Amorf holat, Ultrafarfor, Izolyator farfori , Keramika, Sitallar, Lazer shishalari , Rangli shishalar, Izolyator shishalar, Silikat shishalar, Slyuda

Ko‘pchilik noorganik qattiq dielektriklar ion-kristall tuzilishga ega shu bois yuqori issiqlikka chidamlilik va elektr mustahkamlikka ega.


Slyuda
Slyuda – ion-kristall tuzilishli molekula, plastinalarga parchalanish xususiyatiga ega bo‘lgan mineral hisoblanadi. Kimiyoviy tarkibga ko‘ra suvli alyumosilikatlarni ifodalaydi. Slyudaning asosiy dielektrik xususiyatlari quyidagilarda aks etadi:
• ε = 5…7;
• tgδ = (5…50)•10-4 ;
• ρ = 1013 Om·m;
• Yemust = 12 MV/m.
Slyuda yuqori haroratga bardoshli bo‘lgan elektr izolyatsiyalovchi material hisoblanadi. Haroratning ortishidagi xususiyatning boshlang‘ich o‘zgarishi 700…900 0C. Slyuda kondensatorlarning plastinkalari, elektr va yoritish lampalari, elektr dvigatellarning kollektor plastinalarini izolyatsiyalashda ishlatiladi.
Shisha (oyna) lar.
Shisha – amorf tuzilishli material bo‘lib, turlicha elementlarning oksididan tashkil topgan. Shishani hosil qiluvchi elementlar sifatida SiO2, B2O3, Al2O3 , P2O5 lar ishlatiladi. Kremniy ikki oksidi asosida tayyorlangan silikat shishalar SiO2 kimiyoviy turg‘un bog‘lanishga egaligi, arzonligi va eng oddiy xomashyodan tayyorlaganligi sababli juda ko‘p tarqalgan.
Shishaning tayyor eritmasini sovutish uchun ikkita kritik nuqta mavjud: oqish harorati – To, undan yuqorida shishada oquvchanlik xossasi paydo bo‘ladi, va shisha hosil bo‘lish-Tsh.h.b , undan past haroratda shishada mo‘rtlashadi.
Aksariyat silikat shishalarda To = 900…700 0C, Tsh.h.b = 600…400 0C.
To va Tshhb oralig‘idagi harorat yumshash oralig‘i deyiladi va bunda shisha yumshaydi va plastik xususiyatini namoyon etadi. Yumshash oralig‘ining qanchalik kengligi shishaning shunchalik ko‘p texnologik ishlov berilganligidan dalolat beradi. Mahsulotga shakl berish uni puflash (havo yuborish), markazdan qochma quyish, so‘rish, presslash, prokatlash, quyish va shunga o‘xshagan usullar orqali bajariladi. Mahsulotning ichki mustahkamligini oshirish uchun toblash amaliyoti ham bajariladi. Toblashda mahsulot 300…400 0C gacha qizdiriladi va asta sekinlik bilan sovutiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling