Badiiy obraz shakllari


Obrazli tafakkur va badiiy toʻqima


Download 72.82 Kb.
bet2/15
Sana06.05.2023
Hajmi72.82 Kb.
#1433763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Adabiyotshunoslik — копия

Obrazli tafakkur va badiiy toʻqima.
San'atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya'ni tur sifatida belgiIovchi xususiyatidir. San'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san 'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb yuritiladi.Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur tarzining farqi nimada? Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xiI masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. A.Oripovning ``Ayol`` she'ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni, uning foje taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. Xo'p, xuddi shu she'rdagi masala xususida, masalan, tarixchi olim qanday fikr yuritadi: «Ikkinchi jahon urushi janggohlariga ... -, ... -yillarda tug'ilgan yigitlar to'la safarbar etildi. U rush harakatlarida sho'ro hukumati insonni tejash yo'lidan bormadi, janggohlarda ... nafar jangchi halok bo'ldi. Buning natijasida urushdan so'ng jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik 62 yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda «yolg'iz ayoh> toifasi yuzaga keldi». Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli yo'ldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina qiziqtiradi. Olim I' konkret inson taqdiri haqida emas, undan o'zini chetlashtirgan l II (abstraktlashgan) holda umumlashmalar, tushunchalar asosida fikr yuritadi. Ma'lum bo'ldiki, mohiyat e'tibori bilan shoir va olimni o'ylantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umumlashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli, usuli bo'lib qoladi. Ya'ni olim ko'plab faktlarni (konkret hodisalar, insonlar va h.k.) o'rganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, san 'atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umumlashmaga intiladi. Obraz» termini rus tilidan olingan bo'lib, o'zbekcha taIjimada «aks» degan ma'noni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham «obraz» deb aytiladi. Biroq, bilasizki, so'zning lug'aviy ma'nosi bilan istilohiy ma'nosi farqlanadi: lug'aviy ma'no bilan istilohiy ma'no orasida tutash nuqtalar bo'lsa-da, mutaxassis istiloh ostida konkret ma'noni tushunmog'i lozim bo'ladi. Shunga ko'ra, biz «obraz» deganda adabiyot va san'atning tafakkur shakli bo'lmish badiiy obrazni nazarda tutamiz.
Toʻqima nima? Uydirma-chi?
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da toʻqimaga shunday taʼrif beriladi: “Badiiy asarning asosiy mazmunini va undagi qahramonlarning xarakterini ochib beradigan, oʻzaro uzviy bogʻlangan voqea-hodisalar majmui”. Ikkinchi maʼnosi: “Toʻqib chiqarilgan voqea, xarakter va hokazo”. Uydirmaga berilgan taʼrif: “Oʻylab, toʻqib chiqarilgan, yolgʻon…”Qarangki, toʻqima ham, uydirma ham oʻylab topilgan voqea va hodisalar yoki qahramonlar boʻlib, yozuvchining xayoloti mevasi. Lekin ularning farqi nimada? Oʻylab topilgan voqea yoki qahramonlar qachon toʻqima (badiiy toʻqima) boʻladi-yu, qachon uydirma darajasiga tushadi? “Yulduzli tunlar” romanidagi Tohir oftobachining hayot yoʻli bilan yozuvchi yaratgan qahramon – Tohirning hayot yoʻli orasida oʻxshashlik, balki, umuman, yoʻqdir. Tohir oftobachi Fargʻonada tugʻilmagan, Bobur bilan birga Samarqand qamalida qatnashmagan, Ibrohim Loʻdi bilan boʻlgan jangda yaralanmagan boʻlishi mumkin. Lekin yozuvchi oʻz qahramoni – Tohirni shaxs sifatida bosqichma-bosqich rivojlantirib boradiki, oxir-oqibat u Boburning yaqin hamdamiga, Tohir oftobachi darajasiga koʻtarildi. Va shu bilan yozuvchi xayoloti badiiyat mantigʻi bilan isbotlangan toʻqimaga, yaʼni badiiy toʻqimaga aylandi.
Bu masalada ikkinchi bir misolni keltirish oʻrinli. Shahodat Isaxonovaning “Bibixonim” romanida Shodimulk bilan bogʻliq qator voqealar keltiriladi.

Muallifning yozishicha, Amir Sayfiddin Shodimulkni bir chuhrachidan Amir Temur saroyi uchun sotib oladi, lekin qiz yoqib qolib, oʻziga olib qoladi. Shodimulk Amir Sayfiddinning kanizagi boʻlib yurgan chogʻda Abu Bakr degan bek bilan topishib, ikkovi Amir Sayfiddindan choʻchimay, uchrasha boshlaydi. Amir Sayfiddin ham buni biladi, lekin qarshilik qila olmay, dardi ichida, kuyib yuradi. Oxiri Abu Bakrdan oʻch olishning antiqa yoʻlini topadi-da, Shodimulkni Xalil Sultonga hadya qilishga qaror qiladi. Yana bu qarorni shahzodaga Abu Bakr orqali Muallifning yozishicha, Amir Sayfiddin Shodimulkni bir chuhrachidan Amir Temur saroyi uchun sotib oladi, lekin qiz yoqib qolib, oʻziga olib qoladi. Shodimulk Amir Sayfiddinning kanizagi boʻlib yurgan chogʻda Abu Bakr degan bek bilan topishib, ikkovi Amir Sayfiddindan choʻchimay, uchrasha boshlaydi. Amir Sayfiddin ham buni biladi, lekin qarshilik qila olmay, dardi ichida, kuyib yuradi. Oxiri Abu Bakrdan oʻch olishning antiqa yoʻlini topadi-da, Shodimulkni Xalil Sultonga hadya qilishga qaror qiladi. Yana bu qarorni shahzodaga Abu Bakr orqali ayttirmoqchi boʻlib: “Foniy dunyoning bu bebaho gavhari shahzodamizga ikkimizdan munosib sovgʻa boʻlsun”, deydi. Abu Bakr nima qilishni bilmay, kanizakning oʻzidan maslahat soʻraydi, agar Shodimulk rozi boʻlsa, qiz bilan boshi oqqan tomonga ketmoqchi. Kanizak shahzodaning daragini eshitishi bilan unga qiziqib qoladi. “Shahzodaga kaniz boʻlmoq ikkimizga saodat keltirur”, deb shahzodaga kaniz boʻlishga rozilik beradi… Va mana shu nuqtada yuqoridagi, oʻylab topilgan, toʻqilgan voqea yoki qahramonlar qachon badiiy toʻqima boʻladi-yu, qachon uydirma darajasiga tushadi, degan savolning javobi kelib chiqadi. Tarixiy mavzuda asar yozishga kirishayotib, ajdodlarimiz ruhini shod etishni bosh maqsadimiz etib belgilab olish, qogʻoz



Download 72.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling