- T.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib korsatilgan. U publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, ocherk, felyeton, pamflet, lavha, bilan birga ijtimoiy-analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya, maqola, reportaj) publisistika janrlarini ajratib korsatadi. Olimning janrlarni alohida belgilariga qarab guruhlarga bolishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir.
Felyeton janrining tarixi - Felyeton janrining tarixi, uning ozbek matbuotida shakllanishi, taraqqiyoti haqida maxsus fikr yuritilgan tadqiqotda, u "matbuot janri", "satirik janr", "satirik-publisistika janri" terminlari ostida baholangan. Orni bilan "adabiy va badiiy publisistika janrlari" termini ham qollanilgan. "Matbuot janrlari" sifatida informasion janrlar, korrespondensiya, oddiy tanqidiy maqola, bosh maqola, umum-siyosiy nazariy maqola, reportaj kabilar ham ajratib korsatilgan. Tadqiqotchi turli terminlarni qorishiq (aralash) holda qollagan bolsa-da, felyeton janri-ning xususiyatlarini, asosan, matbuot janri sifatida, gazeta va jurnal-lar materiallari asosida yoritib bergan. Bu esa, matbuot janri, xususan, gazeta janri haqida alohida, badiiy publisistikadan farqli tarzda mulohaza yuritish mumkinligini ham korsatadi.
- 90-y. lardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. Publitsistika keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va b. oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari bilan oʻzbek Publitsistika siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
- Publitsistikaning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va b.), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va b.) shakllari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |