Bajardi: abdishukurov behzod tekshirdi: qodirov z
b) boshlang'ich maktablar
Download 105.32 Kb.
|
Abdushukurov B. Kurs ishi
b) boshlang'ich maktablar
Islom dini ilm o’rganishni barcha erkaklar va ayollar uchun farz qildi. Ota-onalar qo’llaridan kelgancha farzandlarini o'qitishga majburdirlar. Oyatlar va hadislar tasdiqlagan bu majburiyat sababli deyarli har bir masjid yonida maktab tashkil etilgan. Bundan tashqari, savob umididagi ko'plab saxovatpesha insonlar maktab ochganlar va ularning ta’minotini vaqflar orqali hal qilishgan. Hukmdorlar yoki vazirlar tomonidan qurilgan katta masjidlar yoki majmualarda ham maktablar bo’lgan. Mehmed II o'z nomiga bino qilgan masjid va uning majmuasi tarkibida maktab, "Daru't- Ilm", "Daru' s-Sibyan", "Muallimxona", "Maktabxona", "ToshMaktab", "Mahalla Maktabi" va 5-6 yoshli bolalar uchun "Sabi", keyinchalik unga mashxur "Sibyan Maktab" nomi berilgan. Ushbu maktablar Usmonli ta'lim tizimidagi boshlang'ich ta'lim muassasalari vazifasini bajargan. Uning nomi arabcha "ke-te-be” asosi bilan makon asosi birlashib, yozishni o'rganadigan joy ma’nosini anglatadi. Dastlab, musulmonchilikda bola avval Qur'onni o'rganishi kerakligi uchun, , bu so'z asosan Qur'on o'rganiladigan joy ma’nosida ishlatilgan. Boyazid II o’z nomi bilan atalgan masjidning janubiy tomonida u qurilgan maktab vaqfida "Maktabxonada o'qituvchi va xalifa bo'lganlar Ta’limni, Kalomni, Qadim va Qur'onni tamomlaydilar.” iborasidan anglashilgandek, dastlab maktablarning asosiy maqsadi bolalarga Qur'on o'qishni o'rgatish edi. Sulton Boyazid II va Sulton Mehmed II dan keyin maktab tashkil qilgan hukmdorlar ularning an’anasini davom ettirdilar. Oldin Qur'onni to'g'ri o'qishga yordam beradigan arabcha Alifbo, Tajvid bilan asosiy diniy bilimlarni o’rgatadigan Ilmihal o’qitilgan. Ba'zi manbalarda bunday maktablarda yozuv ham o'qitilgani haqida ma'lumotlar mavjud. Garchi, Mahmud I ning onasi va Abdulhamid I tomonidan 1781-yilda ochilgan maktablarida yozuv va kitobat bo'yicha darslar kiritilgan bo'lsa-da, bu tashabbus u qadar katta ahamiyat kasb etmadi. Bu yerdagi yozuv darsi asosan o’qishga qulay bo’lishi va Qur’on matnlarini to’g’ri nusxalashga yordam berish uchun edi. Demakki bu xattotlik uchun edi. Sibyan(boshlang’ich) maktablarida idora ishlari bilan Muftiy va shayxulislom shug’ullangan. Biroq, maktablarning ma'lum bir boshqaruvi, huquqiy yoki biror bir maqomdagi maxsus o'quv rejasi mavjud emas edi. Odatda, bolalar 4-5 yoshga to'lganda oilaning ahvoliga mos keladigan "Amin Alayi" deb nomlangan maxsus marosim bilan maktabda o’qishni boshlashgan. Bolaning qo’liga Arabcha Qur’on matni o’qish xususinda qo’llanma bo’la oladigan bir alifbo kitobi berilardi va individual bir ta’lim usuli bilan o’qishning asoslari o’rgatilardi. Diniy vazifalarning kerakli oddiy bilimlarining taqdim etilishi, yozuvni nusxalashni imkon darajasida o’rgatilishi va to'rt dastur qoidalarining tuzilishi ham bir xil individual usul bilan amalga oshirilardi. O'qituvchilar va ularning yordamchilari bo’lgan Xalfalar (halifa) madrasa shartlari va ta’lim usullari bilan ularga mashg'ulot o'tkazardilar. Dastlab, ular yod olishga ustuvor ahamiyat berishgan. Maktabda ma'lum bir o'qitish davri bo'lmagan. O'qitish erta tongda boshlangan, tushdagi tanaffusdan so'ng, darslar kun o'rtalariga qadar davom etgan. O'g'il bolalar o'spirinlik davrigacha, qizlar balog’at yoshiga yetguncha maktabga borishni davom ettirganlar. O'g'il bolalar va qizlar yonma-yon o'tirib birga o'qigan maktablar mavjud bo’lsada, qizlar alohida-alohida o’qiydigan joylar ham bo'lgan. Maktabni tugatgan deb hisoblash uchun kamida bir marta Qur'on o'qish zarur edi. Maktab o'qituvchisi odatda yo madrasa tahsili ko’rgan, yo biror masjidning domlasi yoki "muazzini" yoki-da Qur'on va Subha-i Sibyan va Tuhfe-i Vehbi kabi risolalarni o'qigan bo’lishi lozim edi. Maktablarda bolalarga Qur'on va hadislarning ma'nosidan qat'i nazar arab tilida yod olinar edi va ba'zi diniy ma'lumotlar turk tilida berilardi. Faqat, maktablarning eng muhim xususiyati shundaki, ularning o'quvchilari bir-biriga muhabbat va kattalarga hurmat ruhida tarbiyalanardi. Usmonli jamiyatining umumiy ta'limi bilan shug'ullanadigan va boshlang'ich maktab darajasida ta'lim beradigan Sibyan (boshlang'ich) maktablarida yuqorida aytib o'tilganidek din va axloqni o'rgatish ta'lim asosini tashkil etgan. Zotan boshlang'ich maktablardan kutilgan narsa mana shu edi. Boshlang'ich maktablarning hozirgi holati taxminan XlX asrning boshiga qadar mana shunday sifatda davom etdi.9 Download 105.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling