1.Axborotni himoyalashning kriptografik usullari
Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o`zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi. Shifrlash kriptotizimining umumlashtirilgan sxemasi
1-rasmda keltirilgan.
Uzatiluvchi axborot matni M kriptografik o`zgartirish Eк1 yordamida shifrlanadi, natijada shifrmatn с olinadi: C=Ek1(M)
bu erda к1—shifrlash kaliti deb ataluvchi Е funksiyaning parametri.
Shifrlash kaliti yordamida shifrlash natijalarini o`zgartirish mumkin. Shifrlash kaliti muayyan foydalanuvchiga yoki foydalanuvchilar guruhiga tegishli va ular uchun yagona bo`lishi mumkin.
Axborotni teskari o`zgartirish quyidagi ko`rinishga ega: M' = Dk2(C)
Simmetrik shifrlash tizimi:
Almashtirish (podstanovka) usullarining mohiyati bir alfavitda yozilgan axborot simvollarini boshqa alfavit simvollari bilan ma’lum qoida bo`yicha almashtirishdan iboratdir.
Polialfavitli almashtirish usullari aytarlicha yuqori kripto bardoshlikka ega. Bu usullar dastlabki matn simvhollarini almashtirish uchun bir necha alfavitdan foydalanishga asoslangan.
Asimmetrik shifrlash tizimlarida ikkita kalit ishlatiladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlansa, maxfiy kalit yordamida rasshifrovka qilinadi. Asimmetrik shifrlash tizimlarini ochiq kalitli shifrlash tizimlar deb ham yuritiladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarni bir tomonli funksiyalar ko`rinishi bo`yicha farqlash mumkin. Bularning ichida РСА, El-Gamal va Mak-Elis tizimlarini aloxida tilga olish o`rinli. Hozirda eng samarali va keng tarqalgan ochiq kalitli shifrlash algoritmi sifatida РСА algoritmini ko`rsatish mumkin. РСА nomi algoritmni yaratuvchilari familiyalarining birinchi harfidan olingan (Ривест, Шамир va Адлеман).
El-Gamal tizimi chekli maydonlarda diskret logarifmlarning hisoblanish murakkabligiga asoslangan. РСА va El-Gamal tizimlarining asosiy kamchiligi sifatida modul arifmetikasidagi murakkab amallarning bajarilishi zaruriyatini ko`rsatish mumkin. Bu o`z navbatida aytarlicha hisoblash resurslarini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |