Bajardi: Mamaroziqov Muzaffar Tekshirdi: Mardiyev Ulug’bek Toshkent 2022 Mundarija


Indentifikatsiya va autentifikatsiya


Download 0.75 Mb.
bet7/23
Sana01.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1317810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
xisobot

7. Indentifikatsiya va autentifikatsiya
Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o’tishi lozim.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo’yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funktsiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha o’zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o’zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.
Autentifikatsiya (Authentication) — ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o’zi ekanligiga ishonch xosil qilishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o’tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning xaqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o’z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
8. Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro va milliy me’yoriy-xuquqiy baza
Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar.Me’yoriy-huquqiy hujjat tushunchasi. Ma’lumki, huquq – bu hukumat tomonidan turmushning ma’lum bir sohalariga, davlat organlari, tashkilotlari yoki aholiga nisbatan o‘rnatilgan yoki sanksiyalangan umummajburiy qoidalar va me’yorlar to‘plamidir.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi «Normativhuquqiy hujjatlar to‘g‘risida (yangi tahriri)»gi qonunining3-moddasiga asosan «Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir».
Me’yoriy huquqiy hujjat – bu huquq ijodkorligi hujjati bo‘lib, ma’lum bir tartibda, qat’iy belgilangan subyektlar tomonidan qabul qilinadi va huquq me’yoriga ega bo‘ladi.
Me’yoriy huquqiy hujjat huquqning asosiy manbai hisoblanadi. Me’yoriy huquqiy hujjat (boshqa huquq manbalariga nisbatan) kafolat doirasida faqat mas’ul davlat organlari tomonidan qabul qilinadi hamda ma’lum bir ko‘rinishga, hujjat shakliga ega bo‘ladi. Me’yoriy huquqiy hujjatlar mamlakat bo‘yicha amal qiladi va yagona tizimni hosil qiladi.
Me’yoriy huquqiy hujjatlar belgilari:
– me’yoriy xarakter
– huquqiy akt
– huquq ijodkorligi natijasi hisoblanadi
umummajburiylik
– rasmiy hujjat ko‘rinishida tuziladi
– huquq me’yorlarini guruhlashda ma’lum bir tartibga rioya qilinadi.
Me’yoriy huquqiy hujjatlar turlari.O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida (yangi tahriri)»gi qonunining 5-moddasi me’yoriy huquqiy hujjatlarning turlarini aniqlaydi:
Quyidagilar me’yoriy huquqiy hujjat hisoblanadi:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari; – Vazirliklar, davlat komitetlari va tashkilotlari hujjatlari; – Davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari. Me’yoriy huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari qonunchilik hujjatlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirliklar, davlat komitetlari va tashkilotlari aktlari, davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari qonunosti hujjatlari hisoblanadi (ushbu qonunning 6-moddasi).

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling