Bajardi: Raximova Lobar Tekshirdi: Urganch 2023


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana07.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1339195
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
224-bio. Raximova Lobar ( Nargiznomalar qabilasi )

Asosiy zararkunandalari: piyoz pashshasi, tamaki shirasi, piyoz parvonasi. 
Kasalliklari: bo‘yin chirishi, soxta kul, qorakuya virus kasalliklari. 
Osh piyoz va uning no‘shidan tashqari, piyozning batun, porey, shnitt, shalot 
va juda ko‘p boshqa turlari xam oziq-ovqatga ishlatiladi. 
Batun piyozi – piyoz bosh tugmaydigan ko‘p yillik o‘simlik. Bir joyda 3–4 
yil o‘sadi (Salatniy 35 navi). Barglari 25–30 sm bo‘lganda may oxirida 
yig‘ishtiriladi. Hosildorligi 300 s ga. 
Porey piyozi – piyozbosh tugmaydigan ko‘p yillik o‘simlik. Uzun 
nishtarsimon bargli, soxta poyali ko‘p yillik o‘simlik. Hosildorligi 250 s ga. 
Shnitt piyozi – vatani Janubiy Osiyo bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Kam 
miqdorda yetishtiriladi. Kuchli shoxlanadi – 3 yoshlisi 50 tagacha barg chiqaradi. 
Bargida 70–105 mg% S vitamini bor. Sovuqqa o‘ta chidamli, hosildorligi 150–
200s ga. 


29 
Shalot piyozi – vatani Janubiy Osiyo bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Piyoz 
boshchalari mayda. Asosan, Kavkazda ochiq va yopiq (himoyalangan) tuproqqa 
bahorda ekiladi. Piyozning vegetativ ko‘payadigan sarimsoq piyoz turi qimmatli 
sabzavot ekini. Piyozning ayrim yovvoyi turlari bargi yoki piyozboshi iste’mol 
qilinadi, piskom piyozi kabi bo‘yi 1 m ga boradigan ayrim turlari manza-rali 
bog‘dorchilida ekiladi. 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i hududidagi 500 kv. m. 
maydonda mamlakatda o‘suvchi piyozdoshlar oilasining noyob turlarini saqlab 
qolish va alohida turlarni introduksiya sharoitida o‘rganish uchun uchun O‘zbek-
xitoy piyoz bog‘i tashkil etildi.
Gazeta.uzning yozishicha, Botanika instituti va Botanika bog‘i Kunmindagi 
Botanika instituti (Xitoy) bilan 2016-yildan buyon yovvoyi holda o‘suvchi 
piyozlar 
kolleksiyasini 
tashkil 
etish 
ustida 
ish 
olib 
bormoqda.
Botanika instituti direktori akademik Komiljon Tojiboyevning ta’kidlashicha, 
kolleksiyadan nafaqat O‘zbekiston florasi, balki ilm-fan uchun yangi bo‘lgan turlar 
ham mavjud bo‘lib, ularning biologik va ekologik o‘ziga xosliklari batafsil 
o‘rganiladi. 
Hozirda bog‘ uchastkalarida O‘rta Osiyo, Eron, O‘rta yer dengizi va 
Turkiyaning tog‘, tog‘ oldi va cho‘l hududlarida o‘suvchi 100 dan ortiq piyoz turi 
parvarish qilinmoqda. Tez orada Qozog‘iston, Oltoy, Turkmaniston, Tojikiston va 
Sharqiy Osiyo hududlarida o‘suvchi navlarni ham yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. 
“Botanika bog‘i tarixida piyozli o‘simliklarning noyob kolleksiyasi bor edi. 
O‘tgan yuz yillikning 50-60-yillarida ushbu bog‘da O‘rta Osiyo piyozining 50 dan 
orti turi introduksiya qilindi. Afsuski, ushbu kolleksiya yo‘qotildi. Hozirda Xitoy 
Fanlar akademiyasidagi hamkasblarimiz bilan piyozdoshlar oilasining eng kamida 
200 turidan iborat kolleksiyani yaratishni rejalashtirmoqdamiz”, - deydi Komiljon 
Tojiboyev.


30 
Piyoz bog‘i yovvoyi piyozlarni saqlab qolishga qaratilgan ta’limiy dastur 
maskaniga aylanishi kutilmoqda. Bog‘ ilmiy xodimlarining Xitoy hududlariga 
ilmiy ekspeditsiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. 
Osh piyoz — Allium sera. Ko'p yillik o't, poyasi 45—100 sm balandlikda. 
Bargining ichi kovak, naysimon. Barglari silindrsimon, yo'g'onligi 8—15 mm. 
To'pguli sharsimon. Gulbargchalari oq, yashil tomirli. May-iyul oylarida gullab, 
iyulda urug' beradi. Sabzavot o'simligi sifatida ckilib, ho'lligida va pishirilib 
iste'mol qilinadi. 
Piskom piyozi, tog' piyozi — Allium pskcmcnsc. Ko'p yillik o't, bo'yi 40—150 
sm. Barglari 3—6 ta, silindrsimon, eni 2—3 sm, uchi ingichkalashgan. Gullari 
niayda, oq. lyun oyida gullab, mevasi avgust oyida yetiladi. Mevasi — ko'sakcha. 
I;aqat Toshkent viloyatidagi tog'larda toshli yerlarda, qoyatoshlar yoriqlarida 
o'sadi. 
Anzur piyozi — Allium stipitatum. Ko'p yillik o't, bo'yi 60—150 sm. Barglari 
tasmasimon, cni 2—3 sm, yaprog'i butun, bargining ichi kovak cmas. 
Gulbargchalari och binafsha rangli. Piyozi deyarli sharsimon, po'sti qoramtir. 
Mevasi — ko'sakcha. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Ikkala tur 
ham O'zbckiston „Qizil kitob"iga kiritilgan edi. Lekin tabiatda ko'payganligi 
lufayli anzur piyoz „Qizil kitob"dan chiqarilgan. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling