Bajardi: Raximova Lobar Tekshirdi: Urganch 2023
Piyozdoshlar oilasi — Alliaceae
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
224-bio. Raximova Lobar ( Nargiznomalar qabilasi )
Piyozdoshlar oilasi — Alliaceae
Bu oilaga piyozli va ildizpoyali ko'p yillik o't o'simliklar kiradi. Ko'pchilik turlari o'tkir hidli. Barglari yassi, tasmasimon yoki naychasimon. ildiz bo'g'zidan chiqadi. Gulpoyasi bargsiz, shoxlanmagan, uchida pardasimon ikkita gul byonbargchasining qo'shilishidan hosil bo'lgan qin bilan o'ralgan soyabonsimon to'pgul joylashgan. Gulqo'rg'on bargchalari qo'shilmagan yoki asosi biroz qo'shilgan bo'ladi. Gulqo'rg'on bargchalari va changchilari 6 tadan, urug'chisi 1 ta, tugunchasi ustki, 3 uyali. Gul formulasi: P3 f3 A3,3 G(3). Mevasi — ko'sakcha. Ko'pchilik turlarining to'pgullarida piyozchalar hosil bo'ladi. Bu oilaga 32 ta turkum va 750 taga yaqin turlar kiradi. Ikkala yarimsharda ham keng tarqalgan, lekin tropik hududlarda, Avstraliya va Yangi Zelandiyada uchramaydi. Ayniqsa, Shimoliy yarimsharda keng tarqalgan. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda faqat bitta piyoz (Allium) turkumi uchraydi. O'rta Osiyoda uning 191 ta, O'zbekistonda 100 dan ortiq turi o'sadi. Bu turkum vakillari inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Ular antibiotiklarga juda boy, qimmatbaho dorivor va vilaminli sabzavot o'simliklar hisoblanadi. Piyoz – loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi sabzavot va manzarali ekin. Shimoliy yarimsharda 25 500 ga yaqin turi ma’lum. Eng ko‘p turlari O‘rta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharqda uchraydi. 2.2.2-rasm. Piyoz-Allium. O‘zbekistonda piyozning doira piyoz (qirqbarg piyoz), piskom piyoz (tog‘ piyoz), ko‘rimsiz piyoz, g‘adir-budur piyoz, havorang piyoz (gulpiyoz), yovvoyi sarimsoqpiyoz, sarimsoqpiyoz (sarimsoq), shubert piyozi (cho‘chqa piyoz), qoratov piyozi (cho‘chqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon piyozi, Sever-sov piyozi kabi 15 yovvoyi turi o‘sadi. Asosan, 6 turi – osh piyoz (vatani O‘rta Osiyo va Afg‘oniston), batun piyozi (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey piyozi (vatani O‘rta dengiz bo‘ylari) va boshqalar ekib yetishtiriladi. Eng ko‘p tarqalgan turi osh piyoz bo‘lib, tuproq unumdorligiga g‘oyat talabchan, sovuqqa chidamli va o‘ta namsevar sabzavot ekini. O‘rta Osiyodan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling