Bajardi: Raximova Lobar Tekshirdi: Urganch 2023


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana07.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1339195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
224-bio. Raximova Lobar ( Nargiznomalar qabilasi )

Abu Ali Ibn Sino (980-1097) hayoti davomida 450 dan ortiq asar yozgan, 
shundan 242 tasi bizgacha etib kelgan. Asarlar ichida eng mashhuri “Tib 
qonunlari” bo‘lib, u 5 jildli hisoblanadi. Bunda 400 dan ortiq dorivor o‘simliklar
haqida ma’lumot berilgan. Bu asar 1-marta 1020 yilda nashr qilinadi. Umuman 
Ibn Sino asarlari XVI asrgacha Yevropadagi universitetlar uchun asosiy 



qo‘llanma bo‘lgan. 1954 -yilga kelib bu asar o‘zbek tilida nashr etildi. 1980 yilda 
olimning 1000 yillik yubiley munosabati bilan bu asar 2-marta nashrdan chiqdi. 
Botanika XV asr oxiridan boshlab taraqqiy eta boshladi. XV asr oxirida 
Teofrast asarlari grek tilidan lotin tiliga tarjima qiligan va Dioskarid bilan 
Pliniyning unutilib ketgan asarlari yana o‘rganila boshlagan. Italiya gumanistlari 
qadimgi botaniklar tilga olgan o‘simliklarni atrofdagi tabiatdan izlay 
boshlaydilar.
XV asrning oxirlari va XVI asrning boshlarida qilingan katta sayohatlar 
Yevropada hech kim bilmaydigan o‘simliklar haqidagi ma’lumotlarni berdi. 
Chet mamlakatlarning o‘simliklari, ayniqsa ularning foydalilari botanika bog‘lari 
deb nom qo‘yilgan mahsus joylarda ekila boshlandi. O‘simlik quritilgan holda 
saqlash usuli ham namunalarini o‘sha vaqtlarda kashf etildi. Ularni gerbariylar 
deb atala boshlandi. Biroq to‘plangan materiallardan foydalanish uchun ularni
sistemaga solish aniq bir tartibga keltirish zaruriyati tug‘ildi. Juda katta hajmda 
gerbariylar to‘planganligi munosabati bilan XVI asrdan boshlab, taxminan XVIII 
asr o‘rtalarigacha o‘simliklarni sistemaga solish vazifasi botanikaning asosiy 
vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. 
Masalan, K.Linneyning ustozi tabiatshunos Burgov (1668-1738) XVII 
asrning oxiri va XVII asrning boshlaridayoq botanikani tabiatning bir qismidir 
deb ta’riflab, uning yordamida “O‘simliklarning nomlari aniq va osongina bilib 
olinadi va yaxshi esda qoladi” degan edi. O‘simliklar tizimini ( sistemasini) 
yaratish ustida qilingan ilk urinishlardan eng ko‘zga ko‘ringan (1583) Italiya 
botanigi – vrach Sezolpin (1519-1603) sistemasidir. U ham 1000 tur o‘simlikni 
aniqlab, fanga kiritgan. Sezolpinning asosiy xizmati shundaki, u o‘z 
klassifikatsiyasiga sub’ektiv belgilarni emas, balki ob’ektiv belgilarni, ya’ni odam 
uchun ma’lum darajada ahamiyati bo‘lgan “Tasodifiy” belgilarni emas, balki 
o‘simlikning o‘zi uchun muhim bo‘lgan belgilarni asos qilib olish kerakligini 
angladi. Sezolpin o‘simliklar sistemasini tuzish uchun ko‘payish organlarining 



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling