6
I bob. Adabiyotlar sharxi.
Har qanday tabiiy fanlar qatori botanika fani ham jamiyatning
talablari bilan bogliq holda rivojlangan. Shuning uchun o‘simliklarni
o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab o'simliklar
faqat
oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatilgan. Arxeologik ma’fumotlarga ko‘ra,
Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o‘simliklardan eramizdan
avvalgi 2000-3000- yillarda foydalanilgan. Botanika
fanining rivojlanishida
dorishunoslarning roli benihoya katta bolgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy
asosda o'rganishga Gippokral,
keyinroq Aristotel, Dioskorid,
Pliniylar katta
hissa qo'shishgan.
Muhammad Al-Xorazmiy (782-847) 847- yilda “Kitob surat al-arz” nomli
asarini yozadi.
Unda dunyo okeanlari, qit’alari, qutblar, daryo, o‘rmon, ko‘l,
o‘simliklar haqida ma’lumotlar beradi.
Abu Bakr Ar-Roziy (865-925) tabiat haqida 33 ta tabobat bo‘yicha 56 ta
asar yozgan. Uning “Al Xoviy” asari hajmi jihatidan,
tib qonunlaridan katta
bo‘lgan, uni 15 yilda ham tugata olmagan, bu asarni
uning vafotidan keyin
shogirdi yozib tugatgan.
Abu Nasr Farobiy (870-950) 180 ta asar yozgan. Shulardan 11 tasi tabiatga
oid bo‘lgan.Abu Rayhon Beruniy (937-1048) “Saydana” nomli asarida dorivor
o‘simliklarning nomlarini 31 tilda bayon qilgan. Bu asar 1-farmakageneziyaga
doir yirik asar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: