Bajardi: Raximova Lobar Tekshirdi: Urganch 2023
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
224-bio. Raximova Lobar ( Nargiznomalar qabilasi )
Mavzuning maqsadi:Nargisnamolar qabilasiga kiruvchi o`simliklarning
tuzilishi va inson hayotidagi ahamiyatini o`rganish. Bu oila vakillari serbarg. Gullari ko'p yillik piyozli o't o'simliklardan iborat. Poyasi yashil rangli, voronkasimon. Shingilsimon to'pgul hosil qiladi. Gulqo'rg'onbargchalari 6 ta, changchisi 6 ta. Tugunchasi uch uyali, urug'kurtaklari ko'p. Bu oila bir turkum — Ixiolirion va 4—5 turdan iborat. Ular Falastin va Hron- Turon hududlarida tarqalgan. O'rta Osiyoda ham bir turkum (Ixiolirion) va 3 turi uchraydi, O'zbekistonda esa shu turkumdan ikki turi o'sadi. Tatar chuchmomasi — Ixiolirion tataricum. Ko'p yillik o't o'simlik. Poyasi tuksiz, silliq, bo'yi 15-80 sm. Barglari ingichka, qalami, cni 2—10 mm. Gulqo'rg'oni qo'ng'iroqsimon, shingilsimon to'pgulda o'rnashgan, binafsha rangli, gulqo'rg'oni 6 bargchali, changchisi 6 ta. Mevasi ko'sakcha. Aprel-may oylarida gullab, may-iyunda urug' beradi. Bog'larda, dalalarda ekinlar orasida, adir va tog'ning pastki qismlarida uchraydi. Bu oilaga ko'p yillik o't, past bo'yli daraxtlar kiradi. Barglari oddiy, butun, ensiz yoki enli, asosan qalami, seret, ildiz bo'g'zidan chiqadi. Gulqo'rg'oni oddiy. Gulqo'rg'on bo'laklari va changchilari 6 tadan. Gul formulasi: P3f3 A3+3G(3) . Mevasi — ko'sakcha. Bu oila 46— 50 ta turkum va 1400—1450 ta turni o'z ichiga 5 oladi. O'rta Osiyoda 1 turkum (Eremurus) va 45 turi, O'zbekistonda esa bitta turkum va 23 turi tarqalgan. Shirach (Eremurus) turkumi.Bu turkumga ildizpoyali o't o'simliklar kiradi. Ildiz yo'g'onlashgan, seret, panjasimon va yulduzsimon. Poyasi bargsiz, bo'yi 3 metrgacha yetadi. Barglari qalami. uch qirrali, faqat ildiz bo'g'zidan chiqqan. Gulqo'rg'oni oddiy, gultojisi- mon, 6 bo'lakli, guli oq, pushti, sariq, och pushti rangli, 2 doirada o'rnashgan. Sug'd shirachi — Eremurus sogdianus. Ko'p yillik o't, bo'yi (35)-50—80(150) sm. Gulqo'rg'on bargchalari turlicha kattalikda. Gullari ko'p, uzunligi 30—40(70) sm li konussimon shingilga yig'ilgan, oq rangli, 3 tadan yashil tomirlari bor. Tugunchasi va ko'sagi silliq. May-iyun oylarida gullab, urug' beradi. Tog' yonbag'irlarida o'sadi. Nor shirach, Pushti shirach — Eremurus robustus. Ko'p yillik o't, bo'yi 100— 200 sm. Barglari keng qalami, tashqi tomonidagi barglarining eni 4—8 sm, novsimon. Gulqo'rg'on bargchalari pushti yoki och pushti, asosi sariq dog'li. May- iyul oylarida gullab, urug' beradi. Tog' mintaqasi soz tuproqli yonbag'irlarida o'sadi. O'zbekiston „Qizil kitob"iga kiritilgan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling