Bajardi: Raximova Lobar Tekshirdi: Urganch 2023
belgilari hammasidan muhimdir degan qoidani nazariy jihatdan asoslab berishga urinib ko‘rdi. Sezolpin
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
224-bio. Raximova Lobar ( Nargiznomalar qabilasi )
8
belgilari hammasidan muhimdir degan qoidani nazariy jihatdan asoslab berishga urinib ko‘rdi. Sezolpin “O‘simlik haqida” asarida o‘simliklar olamini avvalo ikki qismga: 1) Daraxtlar va butalar; 2) Yarim butalar hamda o‘tlarga ajratdi va keyinroq ularning meva tuzilishi, meva uyalarining va urug‘larining soniga qarab 15 sinfga bo‘ldi, keyinchalik gul tuzilishiga qarab yanada kichikroq guruhlarni ham ajratdi. Shunday bo‘lsa ham, hozirgi zamon nuqtai nazaridan qaraganda juda nomukammal bo‘lgan Sezolpin sistemasi sistematika fanining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. XV asrga kelib, asarlar bilan bir qatorda botanika bog‘lari ham barpo qilina boshlangan. Dastlab Universitetlarda dorivor o‘simliklar bog‘i tashkil etilgan. Bunday botanika bog‘lari Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Angliya, Rossiyada tashkil etildi. Pyotr I ning farmoni bilan Moskvada 1706-yilda dorivor o‘simliklar kolleksiyasi tashkil qilinadi. 1805-yilga kelib, u Botanika bog‘iga aylantiriladi. O‘zFA Botanika bog‘i 1921-yilda barpo qilingan. XVI -XVIII asrlarda o‘simliklarning yangi sistemalarini yaratgan bir qancha botaniklarning ishlari XVIII asrning yarmida shved tabiatshunosi K.Linneyning (1707-1778) asarlarida ma’lum darajada poyoniga etgan. K.Linney o‘simliklarni Teofrast taklif etgan va Sezolpin quvvatlaganidek, daraxt, buta va o‘tlarga bo‘lishdan voz kechgan. U asosiy sistematik belgi o‘rnida ko‘payish organini “O‘simlik turlararo” kitobida tanlagan. Lekin Sezolpin singari mevani emas,balki gulni,aniqroq qilib aytganda, changchilar (androtsey)ning tizimini tanlab olgan. U barcha o‘simliklarni guliga qarab, 24 ta sinfga bo‘ladi, sinflarni esa 116 ta qabilaga va 1000ta turkumga bo‘lgan. Linney sistemasi amaliy jihatdan qulay bo‘lib chiqdi. U birinchi bo‘lib hamma joyda har bir o‘simlik nomini ikki so‘z bilan atadi, ya’ni Binar nomenklatura joriy qildi. O‘simlik qo‘sh nom bilan ataldi. Bunda birinchi so‘z bilan o‘simlikning qaysi turkumga mansubligini ko‘rsatilsa, ikkinchi so‘z bilan odatda mazkur turga xos mahsus belgi ko‘rsatib 9 beriladigan bo‘ldi. Lekin tur va avlod tushunchalar yangi tushuncha emas edi. Tur haqidagi ta’limotning asoschisi D.Rey turni bir biriga o‘xshagan turlar birlashtirilib, avlod deyiladigan bo‘ldi. Linney tadbiq etgan binar nomenklatura va o‘simliklarni tasvirlash usuli juda ham qulay bo‘lib chiqdi, shunga ko‘ra botaniklar va zoologlar hozirgi kunga qadar ulardan foydalanib keladi. Lekin Linney sistemasining ham muhim kamchiligi bor edi. Masalan, g‘alla o‘simliklarining ko‘pchiligi har xil sinflarga kiritilgan edi. 6 sinfga kiritilgan karam, sholi, piyoz qabilalari sun’iy ravishda birlashtirilgan edi, bu katta xato edi. Linney tabiiy sistema tuzish niyatida urinib ko‘rdi va o‘simliklarni 67 ta tabiiy qabilaga (tartibga) bo‘ldi, biroq bu qabilalar turli - tuman o‘simliklarning hammasini o‘z ichiga ololmagan. Lekin Linney o‘zining tabiiy sistemasini tushuntirib bera olmagan. Buni o‘zi ham tan oladi. “Men o‘zimning tabiiy qabilalarimni asoslab bera olmayman,ammo mendan keyin keladiganlar bunga asos topadi va mening haq bo‘lganligimni anglaydi” degan so‘zlarni yozib qoldiradi. Sun’iy sistema (tizim) tanqidga uchragandan keyin, olimlar oldida yangi tizimni tuzish zaruriyati tug‘ildi. Tabiiy klassifikatsiya to‘g‘risidagi tushunchalarni kengaytirishda A.Jyussening “O‘simliklarning turkumlari” (1789-y) degan asari muhim bosqich bo‘ldi. Jyussening tabiiy sistemasi ilmiy sistematikaning asl mazmuniga muhim o‘zgarish kiritdi. U tabiiy tizimning asoschisi hisoblanadi. U “O‘simliklar turkumlari” asarida o‘simlik dunyosini 3 ta qatorga ajratadi: 1. Urug‘pallasizlar 2. Bir urug‘pallalilar 3. Ikki urug‘pallalilar Evolyusiya nazariyasini birinchi bo‘lib yaratgan Lamark (1744-1829-y) ijodi tabiiy klassifikatsiyaning taraqqiy etishida juda muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy tizimni takomillashtirishda J.B.Lamark o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Mashhur nemis botanigi A. Engler (1844-1930-y) butun dunyo tan olgan filogenetik tizimni ishlab chiqqan. Engler tizimida barcha o‘simliklar dunyosi 17 10 ta bo‘limga ajratiladi. Shundan 13 bo‘limi tuban o‘simliklarga tegishli bo‘lib, 14- bo‘limi yo‘sinlarni o‘z ichiga oladi, 15-bo‘lim psilofitlar, psilotlar, plaunlar, qirqbo‘g‘im va qirqquloqlarga, 16-bo‘lim ochiq urug‘lilarga, 17-bo‘lim esa yopiq urug‘lilarga bag‘ishlangan. Filogenetik tizimlardan yana biri Daniyalik botanik E.Varming va Avstraliyalik botanik R.Vettshteynlarnikidir. R.Vettshteyn o‘z tizimida o‘simliklar dunyosini 9 ta bo‘limga ajratadi. Undan 8 tasi tuban o‘simliklarga oid bo‘lib, 9-bo‘lim yuksak o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Rossiyada o‘simliklar sistematikasiga P.Goryaninov (1795-1865-y) katta hissa qo‘shadi. U 1864-yilda “Tabiat tizimining o‘ziga xos qirralari” nomli kitobida tabiatda taraqqiyot oddiydan murakkabga tomon yo‘nalishda borishini va tuban o‘simliklardan yuksak o‘simliklar kelib chiqqanligini ta’kidlaydi. U o‘simliklar dunyosini 12 ta sinf, 48 qabila va 187 ta oilaga bo‘ladi. Filogenetik sistemani tuzishda M.Gorajanin, N.Kuznetsov (1914), X.Gallir (1912), A.Vaga, D.Zerov, Ch.Bessi (1995), D.J.Xatchinson va N.Bushlarning xizmatlari benihoya kattadir. Ulardan tashqari A.L.Taxtadjyan, A.Krankvist va V.Simmerman (1966) hamkorlikda yuksak o‘simliklarni 8 ta bo‘limga ajratadi.O`zbeksitonda Botanika instituti va Botanika bog’i xodimlari tomonidan qator monografiya, to’plam va risolalar nashr etildi. Oliy o’quv yurtlari (universitet va ped. institutlari) uchun «O’simliklar sistematikasidan yozilgan 2 tomlik o’quv qo’llanma professor S.S.Saxobiddinov qalamiga mansub bo’lib, uning 1957, 1976 y. nashr etilgan birinchi tomi sporali va ochiq urugli o’simliklarga, ikkinchi tomi (1966 y.) esa yuksak o’simliklarga bagishlangan. L.Y.Kursanov va b. yozgan kitobning ikkinchi tomidagi «Yuksak o’simliklar sistematikasi» ga juda yaqin turadi Gоfmеystrning g’оyalarini Rоssiyada birinchi bo’lib Pеtеrburg dоrylfununining prоfеssоri Andrеy Sеrgееvich Fоmintsin (835—1918)davоm ettirdi. U yopiq urug’li o’simliklar murtagining dastlabki taraqqiyotini o’rganadi. Оsip Vasilеvich Baranеtsskiy (1843—1905) bilan hamkоrlikda lishayniklar 11 gоnidiyalari ustida tеkshirishlar оlib bоradi. Uning shu tеkshirishlari lishayniklar zamburug’lar va suvo’tidan ibоrat ekapligini aniqladi. О. V. Baranеtsskiy o’simliklar anatоmiyasi va fiziоlоgiyasiga оid ancha ishlar qildi. Rоssiyada taqqоslash mоrfоlоgik ta’limini rivоjlantirishda Mоskva dоrilfununining prоfеssоri bоtanik оlim Ivan Nikоlaеvich Gоrоjankin (1848— 1904)ning хizmatlari salmоqlidir. 1883- yilda qarag’ay daraхtining urug’lanishi misоlida ninabarglilardagi jinsiy jarayonni aniqladi. Bu ish arхеgоniat o’simliklar to’g’risidagi tushunchani aniqlashga imkоn yaratdi. I.N. Gоrоjankin yashil suvo’tlari vоlvоkslar hayotiy davridagi jinsiy jarayon evolutsiyasini izоgamiyadan gеtеrоgamiyaga, gеtеrоgamiyadan ооgamiyaga astasеkin o’tishini aniqlagan. I.N. Gоrоjankinning shоgirdi V.I. Bеlyaеv (1890) spоrali o’simliklarda erkak gamеtоfitning taraqqiyoti va tuzilishini mоrfоlоgik taqqоslash (sоlishtirma) usuli asоsida o’rgandi. Shuningdеk ninabarglilarda chang naychasining taraqqiyoti va tuzilishini tеkshirdi. U ko’pgina kuzatishlardan so’ng spеrmatоzоid yadrо va prоtоplazmadan ibоrat ekanini aniqladi. Bu sоhadagi ishlari bilan Bеlyaеv butun dunyoga tanildi. Jеlеznоv N.I. (1816—1877) gulning оntоgеnеzini o’rganib fanda birinchi bo’lib o’simliklarning paydо bo’lish nazariyasi to’g’risida ilmiy asar yozgan. ХVIII asrning охirida mоrfоlоgiyada ekspеrimеntal tajriba asоsida o’simliklarda hоsil bo’ladigan ma’lum shakl hamda tuzilishlarning sababini, yangi paydо bo’lgan bеlgilarning irsiy emasligini aniqlash imkоni yaratil di. Ekspеrimеntal usuldan fоydalanib, o’simliklarda murtak«ing hоsil bo’lishi va taraqqiy etishi, urug’lanish kabi masalalar ham еchildi. Bu sоhada Kiеv dоrilfununining prоfеssоri Sеrgеy Gavrilоvich Navashin (1857-1930)ning хizmatlari salmоklidir. Navashin 1889 yilda o’zining muhim kashfiyotini e’lоn qildi. U yopiq urug’li o’simliklarda qo’sh urug’lanishning mavjudligini isbоtladi. Yopiq uruglilar filogenetik bir kancha davrlarni rivojlanish bosib utgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan beri yopik urugli usimliklarning daslabki klassik 12 filogenetik sistemasi xisoblanadi. Bu yagona zamonaviy sistema bulib, unda turkumlar va kenja turkumlargacha ba’zan esa turlargacha bulingan taksonlar ishlab chikilgan. Boshqa olimlarning sistemalari faqat tartiblar va oilalargacha ishlab chikilgan. A.Engler sistemasi ko`p tomondan eskirganligiga karamay, kulayligiuchun undan xozirgi kunda xam foydalaniladi. Bu sistema gul paydo bo`lishining psevdant nazariyasiga asoslangan. Avstraliyalik botanik R.Vetgshteyning (1901) sistemasi Engler sistemasiga yaqin. Bu sistema 1935- yilda e’lon kilindi. Chet elda 4. Bessi (AQSH), G,Gallyar (Gollandiya), I.Xachinson (Angliya), V.Simmerman (Germaniya) va boshkalar ishlab chiqqan yopiq uruglilarning filogenetik sistemasi keng tarkalgan. Shunday qilib Engler sistemasida ikki pallalilar 44 kabila 268 oilaga, bir pallalilar 11 kabilaga 15 oilaga bulinadi, Xachinson sistemasida ikki pallalilar 76 qabila bilan 264 oilaga bir pallalilar esa 29 kabila bilan 68 oilaga, bulingan. Mazkur bo`limni L.L. Taxtadjyan 38 ta kabilaga ajratgan. Shulardan eng muhimlariga to`xtalib o`taman. Dastlabki yopiq uruglilar 180 mln yil ilgari yura davrining boshlarida balki, trias davrining oxirida vujudga kelgan. Lekin bu davrda yopiq uruglilar yer sharining ko`pchilik qismini shiddat bilan egallay boshlaydi. A.L.Taxtadjyanning fikricha yopik uruglilar birinchi marta tog mintakasida paydo bo`lgan. Olimlarning fikricha yopiq uruglilar birinchi marta yer sharining arktika qismidan tarqalgan. Lekin keyingi yillarda olib borilgan tekshirishlar yopiq uruglilar birinchi marta tropik va subtropik hududlarda paydo bo`lgan va yerlardan butun dunyoga tarkalganligini ko`rsatdi. Gul va daslabki yopiq urug`lilarning kelib chiqishi haqida uchta nazariya mavjud. Shulardan ancha eskirogi psevdant nazariyasi (ya’ni soxta gul nazariyasi) bo`lib, asrimizning boshlarida Avstyaralik botanik Rixard Vetshteyn tomonidan bayon qilingan. Bu nazariyaga ko`ra yopiq urug`lilarning guli qizilcha (efedra) yoki genetum tipidagi urug`chi pastga o`ralgan o`simliklarning changchi va urugchi gulli to`pgullidan paydo bulgan. Bunday to`pgullar o`qining qisqarishi 13 natijasida changchi gullarning qoplama barglari bir tekis joylashib, gulqo`rg`on bo`laklariga aylangan. Keyingi taraqqiyot jarayonida ba’zi gullar hashoratlar yordamida changlanishiga o`tishi bilan ayrim changchilar gultojibargga aylangan bo`lishi mumkin. Bu tipidagi gullar mayda, qoraqayindoshlar, qayindoshlar, yong`oqdoshlar oilalarining vakillarining ko`rsatish mumkin. So`nggi ma’lumotlarga ko`ra, Yer yuzida tuban va yuksak o`simliklarning 500 mingga yaqin turlari o`sadi, shulardan 2 sinf (ajdod), 533 oila va 13 000 tukumga mansub 250 mingdan ziyod turlarini gulli yoki mangoliyatoifa o`simliklar tashkil etadi. O`rta Osiyoda yuksak o`simliklarning 8000 dan ziyod va O’zbekistonda 4500 ga yaqin turlari o`sadi. Mazkur qo`llanmani yozishda O`zbekistonda keng tarqalgan, mavzuga oid o`simlik turlaridan keng foydalanildi. Qo` llanma asosan M.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti (oldingi ToshDU) tomonidan 1998-yili ishlab chiqilgan dastur bo`yicha yozildi. Lekin, so`nggi yillarda botanika fani qo`lga kiritgan ilmiy manbalarga asoslanib, dasturga bir qator o`zgarishlar kiritildi. O`rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o‘rganish qadim zamonlardan boshlangan. O`rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O`zbekiston o‘simliklariga oid ma’lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tibb“ nomli asarida diyorimizda o‘sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma’lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980-1037) „Tib qonunlari ” va „Kitob ush’-shifo“nomli asarlarida O’rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk“ nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. 14 O'rta Osiyoda, jumladan O'zbekistonda tarqalgan o'simliklarni ilmiy asosda har tamonlama o'rganish o'tgan asrning 20 -yillaridan boshlangan. Ilmiy faoliyatining asosiy qismini turkiston florasini o'rganishga bag'ishlagan rus olimi В.L. Fedchenko (1872-1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916 yillar mobaynida „Turkiston florasining ro‘yxati deb nomlangan ko‘p qismli kilobini chop etgan va unda Turkisfon hududida 4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan. 1920-yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) va 1940-yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi.O‘zbekiston botaniklarining O‘rta Osiyo bo‘ylab uyushtirilgan ekspeditsiyalari mobaynida ko‘plab gerbariylar (o‘simliklar kolleksiyasi) to‘pladi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi „Botanika'' ilmiy ishlab chiqarish markazi—O'zR FA „Botanika UChM) „O‘zbekiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda I million 400 mingdan ko‘proq 10000 dan ortiq turlarga mansub o'simlik nusxalari saqlanadi.Mana shu o'simlik nusxalarini o'rganish va tabiatda olib borilgan kuzatishlar asosida 1941—1962- yillarda 6 tonili ,,O‘zbekiston florasi kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o'simlik turlari borligi aniqlandi. 1963-1993- yillarda O'zbekiston botaniklari tomonidan 10 tomli ,,O‘rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi'' yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari borligi aniqlandi.Mashhur olimlarimizdan akad. Q.Z.Zokirov (1903—1992) „Zarafshon daryosi havzasining o‘simliklari“ (2 tomli), akad. Y.P.Korovin ,,O ‘rta Osiyo va Janubiy Qozog'iston o'simliklari qoplami'' (2 tomli), prof. l.I.Granitov „G'arbiy-Janubiy Qizilqum o'simliklari qoplami (2 tomli), prof. M.M.Arifxonova „Farg'ona vodiysi o'simliklari 1 ' (2 tomli) nomli asarlari bilan O‘rta Osiyoda botanika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shdilar.„Botanika" IlChM xodimlari tomonidan botanika fanining turli sohalari bo'yicha ko'plab monografiya va to'plamlar 15 yaratildi. Bular orasida 4 tomli ,,O‘zbekiston o'simliklari qoplami va ulardan oqilona foydalanish", „O'zbekiston paleobotanikasi", O'zbekiston Respublikasining „Qizil kitob” i kabi yirik asarlar bor. 1920-yillarda O`rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) va 1940-yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. O'zbekiston bataniklarining O`rta Osiyo bo'ylab uyushtirilgan ekspeditsiyalari mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar klasifksiyasi) to'plandi. Bu bebaho klasifksiya asosida Botanika instituidida (hozirgi ,,Botanika“ ilmiy ishlab chiqarish markazida O’zAFA „Botanika HChM) „O'zbekiston markaziy gerbariysi“ tashkil elildi. Ayni vaqtda bu gerbariyda 1 million 400 mingdan ko'proq 10000 dan ortiq turlarga mansub o'simlik nusxalari saqlanadi. Mana shu o'simlik nusxalarini o‘rganish va tabiatda Olib borilgan kuzatishlar asosida 1941-1962 yillarda 6 tomli ,, O`zbekiston florasi"kitobi nashr etildi. Natijada respublikamizda 4500 ga yaqin o'simlik turlari borligi aniqlandi. 1963-1993 yillarda O'zbekiston botaniklari tomonidan 10 tomli „O'rta Osiyo o'simliklari aniqlagichi“ yozib tugallandi. Bu yirik ilmiy ish orqali O'rta Osiyo hududida 8097 nomdagi yuksak o'simlik turlari borligi aniqlangan. Mashhur botanik Olim Р.L.Baranov (1882-1962) O'zbekistonda o'simliklar anatomiyasi va embriologiyasi ilmini, akad. J.K.Saidov (1909 - 1999) esa o'simliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasi ilmini rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shdilar. Akad. A.M.Muzalfarov (1909-1997) O'zbekiston tuban o'simliklarini o'rganish va ulardan xalq xo'jaligida foydalanishni ilmiy jihatdan asoslab berdi. Akad. F.N. Rusanov rahbarligida Botanika bog'ida tatqiqot lardan o'simliklarni o'rganish bo'yidia juda katta ishlar qilinmoqda. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, keyinroq Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan. 16 XVIII asrning o'rtalarida R.Guk (1635—1703) tomonidan hujayraning kashf etilishi o'simliklarning ichki tuzilishi (anatomiyasi)ni o'rganishga qo'shilgan katta hissa bo'ldi. XVII asrda botaniklarning e'tibori o'simlik turlarini o'rganishga va ularning tizimini ishlab chiqishga qaratiladi. Bu borada shved tabiatshunosi Karl Linney olib borgan ishlar diqqatga sazovordir. U ko'plab yangi tur va turkumlar kashf etish bilan bir qatorda, shu davr uchun ma'lum bo'lgan barcha o'simlik turlarini 24 tasinfga birlashtirdi. Shuningdek, u o'simliklarni qo'sh nom (binar) bilan, ya'ni turni turkumga qo'shib nomlashni taklif qildi. XX asrga kelib botanika sohasida katta kashfiyotlar qilindi. Botanika fan sifatida shakllanib, uning juda ko'p bo'limlari ajralib chiqdi. Bularga morfologiya, sistematika, anatomiya, sitologiya, gistologiya, embriologiya, fiziologiya, geobotanika, paleobotanika, ekologiya, o'simliklar geografiyasi va boshqalar kiradi. O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklarni o'rganish qadim zamonlardan boshlangan. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) tabobatga bag'ishlangan „Kitob as-Saydana fit-tibb" nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) „Tib qonunlari" va „Kitob ush-shifo" nomli asarlarida O'rta Osiyoda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklarni aniq tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to'liq ko'rsatgan. IX asrda yashagan Mahmud Qoshg'ariyning „Devonu lug'atit turk" nomli kitobida ham qadimgi Turkiston hududida uchraydigan 200 ga yaqin o'simlik turlari haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Ilmiy faoliyatining asosiy qismini Turkiston florasini o'rganishga bag'ishlagan rus olimi B.A. Fedchenko (1872—1947) onasi O.A.Fedchenko bilan birgalikda 1906-1916- yillar mobaynida „Turkiston florasining ro'yxati" deb nomlangan ko'p 17 qismli kitobini chop etgan va unda Turkiston hududida 4111 tur o'simlik borligini ko'rsatgan. 1920-yillarda O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universitcti) va 1940-yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi va uning tarkibida Botanika institutining tashkil etilishi O'zbekistonda botanika fanining har tomonlama rivojlanishiga asos bo'ldi. O'zbekiston botaniklarining O'rta Osiyo bo'ylab uyushtirilgan ekspeditsiyalari mobaynida ko'plab gerbariylar (o'simliklar kolleksiyasi) to'plandi. Bu bebaho kolleksiya asosida Botanika institutida (hozirgi „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazi O'zR FA „Botanika IIChM) „O'zbekiston markaziy gerbariysi" tashkil etildi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling