Bajardi: Raximova Lobar Tekshirdi: Urganch 2023
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
224-bio. Raximova Lobar ( Nargiznomalar qabilasi )
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.4-rasm. Anzur piyoz.
2.2.3-rasm. Sarimsoq piyoz.
Tarkibida (navlariga qarab) 2,4–14% qand, 2–13,9 mg% S vitamini, efir moyi, bargida esa 19–57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, V, V2 vitaminlari va 1,3–5,9 mg% A provitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va boshqalar bor. Piyoz boshi poyasining shoxlanishiga qarab kam, o‘rtacha va ko‘p uyali navlarga ajratiladi. Kam uyali navlar 1, ayrim hollarda 2, o‘rta uyali navlar 2–3, ko‘p uyali navlar 5 va undan ko‘p pi-yozboshlar hosil qiladi. Ta’miga ko‘ra, osh piyoz navlari achchiq, yarim achchiq, va chuchuk turlarga ajratiladi. Piyoz asosan, ovqatga ishlatiladi. Tabobatda oshqozon-ichak, nafas organlari va yurak-qontomir sistemasi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Osh piyoz bir yoki bir necha generativ va vegetativ kurtaklar joylashgan qisqa poyadan 27 iborat. Guli ikki jinsli. Ildizi popuk ildiz. Urug‘i uch qirrali, 1000 donasi 2,5–4 g. Piyoz janubiy, g‘arbiy, sharqiy kenja turlarga bo‘linadi. O‘zbekiston va Qozog‘iston janubida janubiy va qisman, g‘arbiy kenja turga oid mahalliy navlar tarqalgan. Bularga Andijon oq piyozi (yirik, oq), Samarqand qizil 172 piyozi (dumaloqyassi, qizil), Marg‘ilon piyozi yoki tuxum piyoz (cho‘ziq, tuxumsimon, oq), Qoratol piyozi ( dumaloq, tillarang), Farobi (yirik, dumaloqyassi, oq), Kaba 132 (yirik, dumaloq, jigarrangsariq), Tungani-56 (dumaloqyassi, to‘q binafsharang) va Ispan 313 (yirik, dumaloq, och sariq) piyozlari va boshqalar kiradi. 2.2.4-rasm. Anzur piyoz. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda 1-yili dalaga urug‘i sepilib, iste’mol uchun osh piyoz (boshpiyoz) olinadi. 2-yili bosh piyoz ekilib, urug‘ olinadi. O‘zbekiston sharoitida piyoz ekiladigan yer iloji boricha begona o‘tlar chiqmaydigan qilib tayyorlanadi, kuzgi shudgor erta o‘tkaziladi, kultivatsiya 28 qilinadi, mola bosiladi. Piyoz ekiladigan yerning gektariga 20–25 t chirigan go‘ng, texnologiya talablariga ko‘ra mineral o‘g‘itlar solinadi. O‘rta Osiyoda piyoz 3 muddatda: erta ko‘klamda (fevral oxiri – mart boshlarida); yoz-kuzda (avgust oxiri – sentabr boshlarida) va kech kuzda (noyabrda, “to‘qson bosdi”) ekiladi. Piyoz sabzavot va dala almashlab ekish tizimida yetishtiriladi. Eng yaxshi o‘tmishdoshlar – karam, pomidor, bodring, kuzgi don ekinlari ang‘izi, kartoshka. O‘suv davrida oziqlantiriladi, sug‘oriladi (yer osti suvlari chuqur joylashgan bo‘z tuproqli yerlarda 12, o‘tloqi-botqoqi tuproqlarda 7–8 marta), qo‘lda yoki kimyoviy usulda o‘toq qilinadi. Sentabr oxiri – oktabr boshlarida qazilib, avval dalada, keyin usti yopiq joylarda quritiladi, saralanadi, har xil chiqitlardan tozalanadi. Hosildorligi 120 dan 400–600 s ga. Urug‘ olishda saralangan, navdor piyoz boshi (no‘sh) egatlarga ekiladi. Mayda piyoz boshchalarini no‘sh qilib erta bahorda ko‘kpiyoz va yoz boshida bosh piyoz olish uchun piyoz boshi (no‘sh) ekiladi. Piyoz urug‘i iyun oxiri – iyul boshlarida yetiladi. Gektaridan o‘rtacha 3–5 s, ayrim xo‘jaliklarda 10 s gacha urug‘ olinadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling