Bajaruvchi: Ilmiy rahbar: toshkent – 2022 mundarija kirish
Kichik biznes rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari (2020 yil)6
Download 493.08 Kb.
|
kichik biznes
Kichik biznes rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari (2020 yil)6
1-jadvalda O‘zbekistonda kichik biznes rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari boshqa mamlakatlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab ko‘rsatilgan, shuni ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda kichik korxonalarning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 54.9 foizni tashkil etadi. Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlarida qo‘shilgan qiymatni yaratishda kichik biznesning ulushi 60 %dan oshiqni tashkil etadi Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladigan kichik biznesni rivojlantirishni tartibga solish shakllaridan nusxa olishga katta qiziqishlar uchrab turadi. Biroq, tahlillarning ko‘rsatishicha, mamlakatimiz hududlarida qo‘llaniladigan, bunday mexanik ravishda amalga oshiriladigan xorijiy tajribalar, ko‘pincha bu sohani rivojlantirishga yordam bermasdan, balki uning haqiqiy xususiyatlarining deformasiyalanishiga va tadbirkorlikning ilg‘or shakllarining zaiflashuviga olib kelmoqda. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan shart – sharoitlarning o‘ziga xosligi, ishlab chiqarish tuzilmasinig joriy ahvoli, ularni o‘zgartirishga yetarli darajada katta xarajatlarni talab qiladi. Ishlab chiqarishda monopollashtirish darajasining yuqoriligi kichik biznesni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillardan hisoblanib – u narxlarning o‘sib borishi, shartnoma munosabatlarini bajarishda loqaydlik qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun rag‘batlarning yo‘qligi, mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshlikning pastligi aksariyat sohalarda texnologik bazaning ortda qolganligi, quvvat va resurslar sig‘imining yuqoriligi, mahsulot sifatining pastligi va xarajatlarning ko‘pligi sababli sodir bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarishning o‘sishi ta'minlanayotgan bo‘lishiga qaramasdan buni talab darajasida deyish qiyin. Yangi iqtisodiy munosabatlar uchun huquqiy asosni shakllantirish va ular ijrosini ta'minlash masalasi to‘liq amalga oshirilgan emas. Normal bozor muhitining shakllanishi uchun iqtisodiy islohotlar jarayonida yetarlicha nazorat tizimi shakllantirilmagan. Salbiy hodislar va vaziyatlarni bartaraf etish mexanizmi hali yaratilmagan. Kichik biznes passiv sharoitlarda, yetarlicha davlat ko‘magisiz ishlab chiqarishning kuchli rag‘batlantiruvchi omiliga aylana olmaydi, boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida egallagan o‘rniga chiqa olmaydi. Fikrimizcha, o‘tish davrida kichik biznesning davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlanishi rag‘batlantiruvchi selektiv xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Avvalambor, davlat tomonidan, jamiyatni rivojlantirish maqsadi va yo‘nalishlariga qaratilgan, davlat ijtimoiy – iqtisodiy siyosatiga mos keladigan iqtisodiy tuzilmalar rag‘batlantirilishi lozim. Kichik korxonalar o‘z faoliyatida birinchi navbatda o‘zining xususiy, moddiy va moliyaviy resurslariga tayanishi lozim bo‘ladi. Davlat tomonidan qo‘llab –quvvatlashga kelsak, bu jarayon oqilona dotasiyalar, imtiyozli soliqqa tortish, kredit, sug‘urta, investisiyalash va boshqa shakllarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu holatda davlatning qo‘llab – quvvatlashi mukofot va davlatga qaramlik xususiyatini kasb etmasligi, kichik korxonalar tomonidan raqobatbardoshlik va daromadlarni oshirishda muntazam ravishda taqdim qilinadigan asosiy manba sifatida qabul qilinmasligi kerak. G‘arbning yuqori rivojlangan mamlakatlarida kichik biznes uchun issiqxona sharoitlarini yaratish tajribasi doim ham sodir bo‘lavermasligi kutilmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizdagi yirik va kichik samarasiz davlat korxonalarining uzoq vaqtdan beri davom etayotgan qo‘llab - quvvatlashning natijalari bo‘lsa mutlaqo aksi bo‘ldi. Ushbu holatda korxonaning hajmi mohiyatni o‘zgartirmaydi. Bunday sharoitda davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlashning asosiy tamoyili kichik biznesni ma'muriy va boshqaruv jihatidan nazorat qilishni bosqichma – bosqich qisqartirish va bozor iqtisodiyotini yaxshi shakllantirish uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish kerak bo‘ladi. Davlatning kichik biznesni qo‘llab – quvvatlashi soha, geografik, milliy, tarixiy ustunliklari va odatlarini, shuningdek xalqaro tajribani hisobga olgan holda kichik biznesning rivojlanish va raqobatbardoshligi uchun zarur iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni shakllantirish orqali namoyon bo‘lishi kerak. Kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlashning asosiy vazifasi shundan iboratki, kichik va yirik korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy imkoniyatlar yuzasidan bo‘shliqni kamaytirish, kichik korxonalarning haqqoniy huquqlarini ta'minlash, O‘zbekistonda bozor tizimini boshqarishni shakllantirish jarayoni tarkibida kichik va yirik biznesning optimal nisbatini ta'minlashdan iborat. Bu, birinchi navbatda, bozorning raqobat kurashida huquqiy jihatdan teng sharoitni yaratish, uning turi va shakli tanlovini mustaqil amalga oshirish va tadbirkorlikni namoyon qilish usullarida erkin harakatlanish, biznesni amalga oshirish uchun teng imkoniyatlarni yaratish, huquq va javobgarliklarni belgilab qo‘yish masalasida namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, kichik biznesning muvaffaqiyatli rivojlanishi faqatgina qulay ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy va boshqa sharoitlar mavjud bo‘lgandagina ta'minlanishi mumkinligini anglatadi. Ushbu jarayonda hamma narsa muhim ahamiyat kasb etadi, siyosiy barqarorlikdan tortib hokimiyatning vakillik va ijro etuvchi organlarigacha, tadbirkorlarning xususiy faoliyatini jinoiy elementlar himoyasidan keng ma'noda fuqarolik huquqlarini ta'minlashgacha. Bunday sharoitlarning yo‘qligi kichik biznesni qo‘llab – quvvatlash tizimi faoliyatini samaradorligiga putur yetkazadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri - bu iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi uchun yuqori darajadagi turmush tarzini ta'minlaydigan samarali iqtisodiyotni yaratish va global iqtisodiy hamjamiyatda faol ishtirok etishini ta'minlashdir. Bugungi vaziyat ushbu yuksak maqsadni amalga oshirish uchun yetarli darajadagi optimistik yechim hisoblansada, kichik biznesni qo‘llab – quvvatlash uning ob'ektlaridan kelib chiqqan holda o‘zining mustaqil maqsadiga ham ega bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin: • sof raqobatchilik amaliyotini har tomonlama ko‘llab-quvvatlash; • mulkdor va tadbirkorlarning keng qatlamini shakllantirish; • fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishida maksimal darajada o‘z - o‘zini shakllantirishini ta'minlash; • kichik biznesni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini va sub'ektlarining ustuvor faoliyat turlarini rag‘batlantirish; • resurslarni to‘plash va ularni ustuvor yo‘nalishlarda qo‘llashga ko‘maklashish; • kichik biznes sub'ektlarini yirik milliy iqtisodiy dastur va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mahsulot yetkazib berish va davlat extiyojlari yuzasidan tadbirlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash; • kichik korxonalarning ishlab chiqarish fondlarini modernizasiyalash, ilg‘or texnologiyalar va yangi uskunalarni joriy etish bo‘yicha imtiyoz va preferensiyalar berish; • kichik biznes sub'ektlari bilan bog‘liq yuqori savdo va moliyaviy tavakallchiliklarning ta'sirini kamaytirish orqali raqobatchilik muhitida kichik tadbirkorlikning barqaror faoliyat olib borishini ta'minlash. Shubhasiz, birinchi navbatda yordam olishning ustuvor huquqi, shu jumladan imtiyoz va preferensiyalar ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalarga qaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish kichik biznesning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra 2020 yil 1 yanvar' holatiga kichik biznesning ulushi mamlakatdagi barcha korxona va tashkilotlar soni bilan solishtirganda – 76.5 foizni, ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar-xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning tashkiliy huquqiy shakllari bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bunda xususiy korxonalar 75,8 % ni tashkil kiladi. Mamlakatda kichik biznesning doimiy ravishda tashkil etilishi, ularni 20 tadan ortiq iqtisodiy faoliyat turlari: asosan, savdo, sanoat, kurilish, transport va aloqa, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha taqsimlanishini ta'minladi. 2020 yil 1 yanvar' holatiga Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 262,9 mingtani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 14,5 % ga oshgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi, ya'ni 60,0 mingtasi (22,8%) Toshkent shahri, 25,4 mingtasi (9,6 %) Toshkent, 23,3 mingtasi (8,9%) Farg‘ona hamda 22,6 mingtasi(8,6%) Andijon viloyati hissalariga to‘g‘ri keladi. Download 493.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling