Bajaruvchi: Ilmiy rahbar: toshkent – 2022 mundarija kirish


-rasm. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi


Download 493.08 Kb.
bet12/15
Sana22.04.2023
Hajmi493.08 Kb.
#1377188
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kichik biznes

3-rasm. Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi7

Kichik tadbirkorlik sub'ektlarining eng katta ulushi Toshkent viloyatiga(9,6%) to‘g‘ri kelgan. Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 262,9 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 70,5 mingtasi (26,8 %) – savdo, 56,2 mingtasi (21,4 %) - sanoat, 29,0 mingtasi (11,0 %) - qurilish, 24,0 mingtasi (9,1 %) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 19,7 mingtasi (7,5 %) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasi, 13,1 mingtasi (5,0 %) - tashish va saqlash, 6,7 mingtasi (2,6 %) - axborot va aloqa sohasi, 5,4 mingtasi (2,0 %) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek 38,4 mingtasi (14,6 %) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi(3-rasm).


Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofi rofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.


Kichik biznesni rivojlantirish darajasi 1000 kishiga mo‘ljallangan kichik korxonalar soni bilan tasniflanadi. YeI davlatlarida bu ko‘rsatkich 30 ga yaqin korxonalardan iborat. O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkichni ham o‘sishi ta'minlanmoqda, jumladan 2020 yil 1 yanvar' holatiga o‘rtacha har 1000 nafar aholigi to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub'ektlarining soni 12,2 birlikni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 107,0 foiz oshishi ta'minlangan. Toshkent shahrida ushbu ko‘rsatkich 21.2 ni, Toshkent viloyatida 14.2 ni tashkil qiladi. O‘rtacha respublika ko‘rsatkichidan yuqoriroq ko‘rsatkichlar bo‘lib Sirdaryo viloyatida -16.9, Jizzax viloyatida – 15, Qashqadaryo viloyati -12.5, Navoiy viloyatida – 12.5, Buxoro viloyatida – 12.3 ni tashkil qiladi.
Ba'zi bir rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida kichik tadbirkorlik rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz(2-jadval)

Download 493.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling