Bajaruvchi: Ilmiy rahbar: toshkent – 2022 mundarija kirish
XULOSA Kurs ishini yozish jarayonida amalga oshirilgan tadqiqotlarga asoslangan holda quyidagi ilmiy hulosalarni shakllantirdik. 1
Download 493.08 Kb.
|
kichik biznes
XULOSA
Kurs ishini yozish jarayonida amalga oshirilgan tadqiqotlarga asoslangan holda quyidagi ilmiy hulosalarni shakllantirdik. 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining rivojlanishining xalqaro tajribalari shuni ko‘rsatdiki, kichik biznes, birinchi navbatda ma'muriy nazoratga emas, balki moliyaviy va iqtisodiy qo‘llab - quvvvatlashga muhtoj. Shunday ekan, kichik biznes uchun davlat kafolatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat kafolatlari o‘zida tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xatti-harakatlarni tizimli ravishda amalga oshirishlari, shuningdek, investor hisoblangan va yuridik shaxslar ro‘yxatidan o‘tishidan qat'i nazar investisiyalarni himoya qilishga qaratilgan chora – tadbirlar tizimini yaratishi kerak. Ushbu tizimning samarali ishlashi o‘z navbatida mintaqa hududida investision faoliyat olib borayotgan barcha investorlarga taqdim kilinadi. 2. Kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘plangan ilg‘or xorijiy va respublikamizda to‘plangan tajribalarni umumlashtirgan holda kelgusida mazkur sektorni yanada rivojlantirish borasida quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin: • kichik biznes sub'ektlarini qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy, axborot, huquqiy, kadrlar va moliyaviy ta'minlash borasidagi institusional asoslarini yanada takomillashtirish; • sohada davlat va jamoat tashkilotlari, xususiy sektorning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini rivojlantirish; • yirik va kichik biznesning o‘zaro samarali hamkorlik sohasi sifatidagi sanoat hududlarini tashkil etish va ular faoliyati samaradorligini oshirish; • soliqqa tortishning faoliyat sohasini (asosiy e'tibor ilmtalab va ekologik texnologiyalarga qaratilgan), tadbirkorlarning ijtimoiy maqomini(muayyan imtiyozlar yoshlarga, ayollarga, nogironlar, pensionerlarga) va mintaqalarni rivojlantirish(qoloq mintaqalar uchun imtiyozlar)ni hisobga olgan tarzda tabaqalashtirish; • ijtimoiy xizmatlar, ekologiya, energiyatejamkor, shahar xo‘jaligi, sog‘lomlashtirish xizmatlari sohasida notijorat tashkilotlar rivojlanishiga asosiy e'tibor qaratish; • oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, yirik korxonalar qoshida kichik innovasion firmalarni va venchur moliyalashtirish tizimi borasida to‘plangan tajribalarni joriy etish; • mahalliy hokimiyat tomonidan maqsadli soliq imtiyozlari va kreditlar shaklida kichik biznes sub'ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiyalar yoki alohida firmalarga imtiyozlar berish borasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yish; • mahalliy shart-sharoitlarga mos keluvchi ekologik ilg‘or agrotexnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish, ularni eroziya va ifloslantirishdan saqlash, shuningdek, qishloq aholisini ijtimoiy qo‘lab-quvvatlash tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; • yirik ishlab chiqarish korxonalari uchun butlovchi qismlarni (oldin import qilib olib kelingan) mahalliy kichik korxonalarda ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish va hokazolar. Download 493.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling