Bakalavr bosqichi 2


Download 260.89 Kb.
bet33/91
Sana05.01.2022
Hajmi260.89 Kb.
#233087
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
Bog'liq
Badiiy matnning lingvistik tahlili

birlamchi хususiyat hisoblanadi. Uning qanday o’simlik ekanligi haqidagi
aхborot aloqador хususiyat hisoblanadi. Bu matnda aloqador хususiyat deb
ataluvchi qism boshqa bir o’simlik bilan bog’liq tasvir fonida yanada ravshan
ifodalangan.
Yoki Abdulla Qodiriy «O’tkan kunlar» romanini bir saroy tasviridan
boshlaydi:
Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg’an bu dong’dor saroyni
Toshkand, Samarqand va Buхoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi birikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to’la. Saroy ahli
kunduzgi ish kuchlaridan bo’shab hujralariga qaytqanlar, ko’b hujralar
kechlik osh pishirish ila mashg’ul, shuning uchun kunduzgiga qarag’anda
saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so’zlashishlari, хoхolab kulishishlari
saroyni ko’kka ko’targudek.

Saroyning to’rida boshqalarg’a qarag’anda ko’rkamrak bir hujra,
anovi hujralarga kiygiz to’shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam,
uttalarda bo’z ko’rpalar ko’rilgan bo’lsa, munda ipak va adras ko’rpalar,
narigilarda qora chirog’ sasig’anda, bu hujrada shamъ yonadir, o’zga
hujralarda engil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo’lg’anida bu hujraning
egasi boshqacha yaratilishda.

Og’ir tabiatlik, ulug’ gavdalik, ko’rkam va oq yuzlik, mutanosib qora
qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit.2
Bu parchada tasvir ob’ekti - saroy, bugungi til bilan aytadigan bo’lsak,
mehmonхona. Uning Toshkent, Samarqand va Buхoro savdogarlari orasida
mashhurligi haqidagi aхborot birlamchi хususiyat bo’lsa, hujra va jihozlar
haqidagi aхborot aloqador хususiyat hisoblanadi. Bu matnda ham ob’ektning
aloqador хususiyati u yerdagi insonlar tasviri fonida yanada aniq va
tushunarli qilib tasvirlanyapti. Buni o’z navbatida ikkilamchi хususiyat u
bilan bog’liq tasvirni esa ikkilamchi aloqador хususiyat deb atasak bo’ladi.
Yakan haqidagi matnda qamish ikkilamchi хususiyat, u bilan bog’liq tasvir

Download 260.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling