Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

Farmoyish kundalik ma’muriy, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo’jalik 
masalalari bo’yicha rahbar tomonidan yakka tartibda chiqariladigan huquqiy hujjat 
hisoblanadi. U joriy tezkor masalalar bo’yicha qabul qilinishi sababli, amal qilish 
muddati odatda cheklangan bo’ladi. 
Farmoyishlarni chiqarishga xuddi buyruqlar chiqarish kabi talablar qo’yiladi. 
Faqat mazkur hujjatda buyruqdagi „BUYURAMAN" so’zi o’rniga „ZIMMASIGA 
YUKLAYMAN", „TAVSIYA ETAMAN", „TAKLIF ETAMAN", „ZARUR DEB 
HISOBLAYMAN" so’zlari ishlatiladi. 
Farmoyish faqat farmoyish berish qismidan iborat bo’lib, uning matni qoida 
buyicha quyidagilarni qamrab oladi: 
—ijrochilarga aniq topshiriqlar; 
—mas’ul ijrochining ismi-sharifi; 
—ijro etish muddati. 
Qaror ijtimoiy mehnat, ishlab chiqarish-kadr, xo’jalik masalalari bo’yicha 
qabul qilinadigan kollegial organ hujjatidir. Uni tuzish uchun talablar farmoyish 
hujjatlariga oid talablar kabi bo’lib, faqat unda „QAROR QILINDI", „QAROR 
QILADILAR" so’zlari ishlatiladi. Qaror kollegial organ rahbari va a’zolari yoki 
rahbar hamda kotib tomonidan imzolanadi. 
Ma’lumot-axborot hujjatlarida topshiriqlar berilmaydi. Ularning asosiy 
vazifasi boshqaruv tizimidagi ishlarning amaddagi ahvolidan xabardor qilish
boshqaruv qarorlari qabul qilishga qaratilgan ma’lumotlarni taqdim etish
boshqaradigan va boshqariladigan tuzilmalar o’rtasidagi aloqani ta’minlashdir. 
Agar tashkiliy-farmoyish hujjatlari yuqoridan pastga yo’naltirila-digan bo’lsa, 
ma’lumot-axborot hujjatlari, aksincha pastdan yuqoriga (tarkibiy bo’linmadan 
korxona yoki tashkilot rahbariyatiga) yoki gorizontal yo’nalishda (tarkibiy 
bo’linmalararo va xizmatlararo, mansabdor shaxslar o’rtasida) harakatda bo’ladi. 
Ma’lumot-axborot hujjatlari asosan quyidagilardan iborat: 


34 
—xizmat yozishmasi; 
— ariza; 
— taqdimnoma; 
— bayonnoma; 
— tushuntirish xati; 
— telegramma; 
— teleks; 
— telefonogramma; 
— faksogramma; 
— elektron xabar va hokazolar. 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling