Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


Ishga joylashtirish, kadrlarni hisobga olish va ular bilan ishlashga oid


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

Ishga joylashtirish, kadrlarni hisobga olish va ular bilan ishlashga oid 
hujjatlarga quyidagilar kiradi: mehnat shartnomasi; xodimning shaxsiy varaqasi; 
personalning shaxsiy ishlari; mehnat daftarchasi. 
Mehnat shartnomasi yozma holda ikki nusxada rasmiylashtirilib, xodim va 
ish beruvchi tomonidan imzolanadi. Uning bir nusxasi xodimga beriladi, ikkinchisi 
ish beruvchida saqlanadi. 
Mehnat shartnomasi rekvizitlari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak: 
— mehnat shartnomasini tuzgan xodim va ish beruvchining (ish beruvchi 
jismoniy shaxs bo’lsa) ismi-sharifi; 
— korxona yoki tashkilot tarkibiy bo’linmasi ko’rsatilgan holda ish joyi; 
— ishga kiritish sanasi; 
— korxona yoki tashkilot shtatlar jadvaliga yoki aniq mehnat funksiyasiga 
muvofiq lavozimi, ixtisosligi, kasbi (malakasi ko’rsatilgan holda); 
— xodimning huquq va majburiyatlari; 
— ish beruvchining huquq va majburiyatlari; 
— mehnat sharoitining tavsifi, og’ir, zararli yoki xavfli sharoitlarda mehnat 
qilish uchun xodimga kompensastiya va imtiyozlar; 
— mehnat qilish va dam olish rejimi; 
— mehnatga haq to’lash shartlari; 
— mehnat faoliyati bilan bog’liq ijtimoiy sug’urta turlari va shartlari. 


35 
Mehnat shartnomasida xodim uchun sinov muddati, davlat xizmati, tijorat va 
qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni saqlash majburiyati, xodimning 
u o’qitilgandan so’ng muayyan muddat davomida mazkur korxona yoki tashkilotda 
ishlab berish majburiyati (agar o’qitish xarajatlari korxona yoki tashkilot 
tomonidan qoplangan bo’lsa) va hokazolar ham ko’rsatilishi mumkin. 
Xodimning shaxsiy kartochkasi kadrlar tarkibini tahlil etish hamda ularni 
lavozimida siljishlarini hisobga olishni ta’minlaydigan hujjat hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda xodimning shaxsiy varaqasi kompyuterda, elektron 
ma’lumotlar bazasida joylashtirishga mo’ljallangan holda ham tuzilmoqsta. 
Xodimning shaxsiy varaqasi arxivda uning shaxsiy ishidan alohidaholda 
saqlanadi. 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling