Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

Xodimning shaxsiy ishi xodim va uning mehnat faoliyati to’g’risida eng 
mufassal ma’lumotlarga ega bo’lgan hujjatlar to’plamidan iboratdir. Xodimning 
shaxsiy ishi u ishga qabul qilingan vaqtda rasmiylashtirila boshlanadi. Unda 
quyidagilar bo’lishi qo’zda tutiladi: 
— shaxriy ish hujjatlari ro’yhati; 
— kadrlarni hisobga olish bo’yicha shaxsiy varaqa (yoki anketa); 
— tarjimai hol; 
— ishga qabul qilinganligi to’g’risidagi buyruq nusxasi; 
— ma’lumoti to’g’risidagi hujjatlari nusxalari; 
— lavozimga tayinlanganligi (boshqa ishga o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjat 
nusxalari); 
— tavsifnomalar; 
— ishga qabul qilish to’g’risidagi ariza; 
— mehnat shartnomasi. 
Shaxsiy ishda, shuningdek xodimning ilmiy asarlari, ixti-rolari ro’yhati, 
mehnat jamoasi (akstiyadorlar) yig’ilishi bayonnomasi (mehnat jamoasi yoki 
akstiyadorlar tomonidan saylangan rahbarlar uchun)dan ko’chirma ham bo’lishi 
mumkin. Kelgusida shaxsiy ish xodim anketasi, tarjimai holidagi, lavozimidagi 
o’zgarishlar qayd etilgan yozuvlar bilan to’ldirib boriladi. 


36 
Mehnat daftarchasi O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq 
xodimning mehnat stajini tasdikdovchi asosiy hujjatdir (81- modda). 
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlariga 
mehnat daftarchasini tutishi shart (faqat o’rindoshlik asosida ishlovchilar bundan 
mustasnodir). 
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga 
o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni yozishi 
shart. Xodimning iltimosiga qo’ra mehnat daftarchasiga o’rindoshlik asosida 
ishlagan va vaqtincha boshqa ishga o’tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. 
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga 
yozilmaydi. 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling