38
Yig’ma jild: bir xil masalaga yoki faoliyatning bir xil uchastkasiga taalluqli
bo’lgan, alohida joylashtiriladigan hujjatlar jami yoki hujjat.
Hujjat; hujjatlashtirilgan axborot: axborotni
yozish imkoniga ega moddiy
eltuvchida yozilgan rekvizitlarga ega axborot.
Hujjatlashtirish: o’rnatilgan qoidalar bo’yicha turli eltuvchilarga axborotni
yozish.
Hujjat aylanishi: yaratilgan yoki olingan vaqtdan
ijrosi tugaguncha yoki
jo’natilguncha hujjatning tashkilotda harakatlanishi.
Hujjat satri: bir gorizontal chiziqda joylashgan belgilar to’plami.
Mansabdor shaxs: yetarlicha yuqori lavozimni egallagan va muhim
qarorlarni qabul qilish va yuridik ahamiyatli amallarni amalga oshirish vakolatiga
ega davlat muassasasining xizmatchisi.
Rasmiy hujjat sarlavxasi: hujjat mazmunini qisqacha bayon qiladigan hujjat
rekviziti.
Hujjatning tasdiklangan nusxasi: yuridik kuchga
egaligini bildiradigan
zarur rekvizitlar belgilangan tartibga muvofiq qo’yiladigan hujjat nusxasi.
Hujjat kodi: kod belgisi yordamida ifodalangan hujjat identifikatori.
Hujjat nusxasi: hujjatning asl nusxasi va uning barcha tashqi belgilari yoki
yuridik kuchga ega bo’lmagan qismining axborotini to’liq aks ettiradigan hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: