Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatni bajarish muddati
- Elektron hujjat
- Yuridik kuch
Hujjat rekviziti: rasmiy hujjatni rasmiylashtirishning majburiy elementi.
Hujjatlashtirish tizimi: kelib chiqishi, faoliyat vazifasi, turi, sohasi, rasmiylashtirishga qo’yiladigan yagona talablarning belgisi bo’yicha o’zaro bog’liq bo’lgan hujjatlar jami. Hujjatni bajarish muddati: normativ-huquqiy hujjat, tashkiliy-boshqaruv hujjat yoki rezolyustiya bilan belgilangan muddat. Ko’rsatma: axborot-metodik xususiyatli masalalar, shuningdek ushbu organ yoki yuqori turuvchi organ buyruqlari, yo’riqnomalari va boshqa hujjatlari bajarilishi tashkilot bilan bog’lik bo’lgan masalalar bo’yicha asosan davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Elektron hujjat: elektron shaklda kayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikastiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlarga ega bo’lgan axborot. 40 Yuridik kuch: rasmiy hujjatning xususiyati bo’lib, unga amaldagi qonun hujjatlari, chiqargan organ vakolati va uni rasmiylashtirishning belgilangan tartibi bilan habar beradi. 9 Tashkiliy-boshqaruv hujjatlarni tuzishda va rasmiylashtirishda hujjatlarning huquqiy kuchini ta’minlovchi, ularning operativ bajarilishi va ulardan keyinchalik foydalanish imkonini beruvchi, shuningdek axborotni mashinada ishlov berish uchun sharoit yaratuvchi bir qator talablarga va koidalarga amal qilishi zarur. Hujjat O'z DSt 1157 talablariga muvofiq blankda rasmiylashtirilishi, majburiy rekvizitlarning belgilangan majmuiga ega bo’lishi va ular barqaror tartibda joylashgan bo’lishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida majburiy rekvizitlar tarkibi, agar hujjatning vazifasi, unga ishlov berish va x.k. talab etilsa, u boshqa rekvizitlar bilan xat muallifi tomonidan to’ldirilishi mumkin. Tashkiliy-boshqaruv hujjatlarni rasmiylashtirishdagi majburiy talablar bo’lib blanklardan foydalanish, hujjat turini ko’rsatish, sarlavha tuzish, manzillash, hujjatga sana qo’yish, hujjat matni kelishilgani to’g’risidagi belgilarni qo’yish, hujjatni imzolash, tasdiqlash, muhr bosish, hujjatning o’tishi va bajarilganligi to’g’risidagi belgilarni qo’yish hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni belgilangan shaklda yozishdan, ya’ni hujjatlarni yaratishdan iborat. Hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib boshqaruv ishlarining mavjudligiga va mazmuniga ishonch hosil qilish, axborotni uzatish, ma’lum vaqt davomida saqlash va foydalanish zarur hisoblanadi. Tashkiliy-boshqaruv hujjatlari bir nechta asosiy guruhlarga bo’linadi: - tashkiliy huquqiy; - boshqaruv; - rejali; - ma’lumotnoma-axborot; 9 Изоҳ – Ҳужжатнинг юридик кучи ҳужжатнинг ҳар бир тури учун ҳужжатни расмийлаштиришнинг мажбурий элементлари каби белгиланган реквезитлар мажмуи билан ГОСТ 6.10.4 га мувофиқ таъминланади (хужжат муаллифининг номи, адресат, имзо, сана, хужжат рақами, тасдиқлаш грифи, мухр ва бошкалар). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling