37
1-son ro’yhat xodimlar shaxsiy ishlariga oid bo’lib,
ular quyidagi tartibda
joylashtiriladi:
— xodimlarni hisobga olish kitobi (agar shunday kitob yuritilsa);
— xodimlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar;
— shaxsiy ishlar yoki shaxsiy kartochkalar;
— ish haqi bo’yicha shaxsiy hisoblar;
— ishlatilmagan mehnat daftarchalari.
2- son ro’yhat korxona yoki tashkilot asosiy faoliyatiga
oid hujjatlar uchun
tuziladi.
Yo’qotilish uchun ajratilgan hujjatlar bo’yicha alohida akt tuziladi.
3.2. Rahbarlikka doir tashkiliy-boshqaruv hujjatlar tarkibi
Rahbarlikka doir tashkiliy-boshqaruv hujjatlar tarkibini o’rganishda
atamalarning tegishli ta’riflarini
bilish talab etilib, ularga
quyidagiarni kiritish
mumkin:
Hujjat blanki: doimiy axborotdan iborat, unda aks ettirilgan rekvizitlarga va
rekvizitlarning uzgaruvchi qismlarini yozib borish uchun bush joy (satrlar,
ma’lumotlar maydoni)ga ega qogoz varagidir.
Do'stlaringiz bilan baham: