Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
11. Yakuniy qoidalar:
104 11.1.Tomonlar ushbu mehnat shartnomasini bajarmasliklari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 11.2. Mehnat shartnomasi 2 nusxada to’ldirildi va bir xil huquqiy kuchga ega, bir nusxasi ish beruvchida, ikkinchi nusxasi xodimda saqlanadi. 11.3. Ushbu mehnat shartnomasining shartlariga taraflarning kelishuvi asosida qonunga muvofiq o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar kiritilishi mumkin. O’zgartirishlar va qo’shimchalar ushbu mehnat shartnomasining bo’linmas tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. 11.4. Boshqa shartlar________________________________ Tomonlarning manzillari va imzolari: 700174,Toshkent, TDIU, ______________________________ Islom Karimov ko’chasi 48, ______________________________ ma’muriy bino ______________________________ uy telefoni___________________ Rektor (prorektor) pasport____ №________________ _______________ ______________________________ (imzo, sana) (qachon va kim tomonidan berilgan) xodim_________________________ Gerbli muhr (imzo, sana) 5.4. Sinov muddati Ishga qabul qilishda dastlabki sinov o’rnatilishi mumkinligi Mehnat kodeksining 84-87-moddalarida ko’rsatib o’tilgan. Ishga qabul qilishdagi dastlabki sinov ish beruvchi va ishga kiruvchi shaxslarning o’zaro kelishuvlari asosida o’rnatiladi. Agar xodim dastlabki sinov sharti bilan ishga qabul qilinayotgan bo’lsa, ushbu shart mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo’lishi kerak. Mehnat shartnomasida dastlabki sinov ko’rsatilmagan bo’lsa, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan hisoblanadi. 105 Qonunda dastlabki sinovning muddati uch oygacha qilib belgilangan. Agar xodimga uch oydan ortiq sinov o’rnatilgan bo’lsa, u haqiqiy emasdir. Xodimga o’rnatilgan sinov va uning muddati mehnat shartnomasida hamda ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqda qayd qilingan bo’ladi. Buyruq esa xodimga imzo chektirib, tanishtiriladi. Ammo xodimga o’rnatilgan sinov uning mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Boshqa ishga doimiy yoki vaqtincha o’tkazilgan xodimlarga sinov o’rnatilmaydi. Eslatib o’tish kerakki, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. Masalan, xodim 1 mayda 3 oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilinsa-yu, 1 iyundan 1 iyulgacha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida bo’lsa, sinov muddati 31 iyulda emas, 31 avgustda tugaydi. Dastlabki sinov muddati davrida xodimlarga faqat mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarigina emas, balki muassasada o’rnatilgan mehnat shartlari ham to’liq tatbiq qilinadi. Masalan, ular mehnat intizomini buzsalar, intizomiy jazo choralarini qo’llash, muassasadagi ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishni talab etish va boshqalar. Mehnat kodeksining amalga kiritilishi, ya’ni 1996-yil 1- aprelga qadar amalda boigan Mehnat kodeksida dastlabki sinov sharti faqat ish beruvchining manfaatlari uchun xizmat qilar, xodimning topshirilayotgan ishga muvofiqligi tekshirib ko’rilardi. Amaldagi Mehnat kodeksi xodimga ana shu ishning davom ettirilishi maqsadga muvofiqligi haqida o’zi bir qarorga kelish huquqini ham berdi. Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar bir taraf uch kun oldin ikkinchi tarafhi yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga egadir. Ikki tomonning kelishuviga binoan uch kun oldin ogohlantirish muddati qisqartirilishi mumkin. Xodimga ogohlantirish muddati davomida mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi arizasini qaytarib olish huquqi ham berilgan. Xodimning ishlab berish normalari yoki ishlar hajmini bajarmasligi, ish sifatining pastligi va boshqalar ishni uddalay olmayotganligini ko’rsatuvchi dalillar 106 bo’lib, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Bunda kasaba uyushma qo’mitasining roziligi olinmaydi va uch kunlik ogohlantirish muddati pullik kompensatsiya bilan almashtirilmaydi. Mehnat nizosi kelib chiqqanda, ish beruvchi xodim haqiqatan ham topshirilgan ishni bajara olmayotganligini isbotlab berishi kerak bo’ladi. Xodim sinov muddati davrida o’z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilsa, undan buning sababini tushuntirib berish talab qilinmaydi. Uning burchi bu haqida ish beruvchini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirishdan iborat boiadi. Agar sinov muddati tugagunga qadar ish beruvchi ham, xodim ham mehnat shartnomasi to’xtatilishini yozma ravishda bildirmasa, mehnat shartnomasining amal qilishi davom etadi. Bu haqida hech qanday qo’shimcha buyruq chiqarilmaydi. Keyinchalik mehnat shartnomasining bekor qilinishiga faqat umumiy asoslar mavjud bo’lgandagina yo’l qo’yiladi. Mehnat kodeksining 84-moddasiga muvofiq, homilador ayollar, uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o’quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi. Sinov muddati ishga qabul qilish haqidagi buyruqda ko’rsatilgan boiishi kerak. Xodim sinov muddatidan muvaffaqiyatli o’tgan taqdirda, yangi buyruq chiqarilmaydi va xodim doimiy ishga qabul qilingan hisoblanadi. Sinov muddati qoniqarsiz deb topilganda, xodim kasaba uyushma qo’mitasining roziligini olmasdan ishdan bo’shatiladi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling