Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Xodimlarni ishga tanlov asosida qabul qilishning ahamiyati nimada? 
2. Tanlovning qanday tartib qoidalar mavjud? 
3. Tanlovga topshiriladigan hujjatlar tarkibi qanday bo’lishi mumikn? 
4. Tanlov natijalari qanday rasmiylashtiriladi?


150 
8-BOB. XODIMLARNI ISHDAN BO’SHATISH VA MEHNAT 
SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
8.1.Mehnat shartnomasini bekor qilish tushunchasi, asoslari, tasnifi va 
umumiy qoidalari 
Mehnat shartnomasini bekor qilish muayyan ob’ektiv va sub’ektiv omillar 
tufayli yuz beradigan huquqiy xodisa bo’lib, uning natijasida xodim va ish 
beruvchi o’rtasdagi mehnat munosabatlari, o’z navbatida xodim va ish 
beruvchining o’zaro huquq va majburiyatlari ham barham topadi, ular bir-birlariga 
nisbatan xodim va ish beruvchilik maqomini yo’qotadilar. 
Mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiy tabiatiga ko’ra ushbu shartnoma 
ishtirokchilari hohish-irodasini yoki uni bekor bo’lishiga olib kelgan o’zga holatni 
aks ettiruvchi yuridik faktdan iboratdir. 
Mehnat shartnomasining bekor bo’lishi ko’p hollarda uning taraflari 
manfaatiga ta’sir qiladi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasining Mehnat 
kodeksi, boshqa mehnatga oid qonun hujjatlari uni bekor qilish asoslari hamda 
tartiblarini belgilab beradi va bu bilan xodim va ish beruvchi huquqlari 
buzilmasligi, manfaatlariga putur etmasligi choralarini nazarda tutadi. 
Mehnat qonunchiligida mehnat shartnomasi bekor bo’lganligini anglatuvchi 
turli atamalar ishlatiladi. Masalan, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat 
shartnomasini to’htatish, ishdan bo’shatish, mehnat shartnomasini barham 
topdirish kabi tushunchalar aslida bitta ma’noni, yani xodim va ish beruvchi 
o’rtasidagi mehnat huquqiy aloqalar tugaganini anglatadi. Shu bilan birga ushbu 
atamalar o’rtasida muayyan farqlar ham mavjud bo’lib, masalan, mehnat 
shartnomasini bekor qilish mehnat munosabatlari uning taraflaridan biri erk-
hoxishiga ko’ra bekor bo’layotganini anglatsa, mehnat shartnomasini barham 
topishi taraflarga bog’liq bo’lmagan tashqi ob’ektiv holatlar natijasida Masalan, 
xodimni vafoti tufayli) o’zaro munosabatlar xotima topayotganini anglatadi. 
“Ishdan bo’shatish” tushunchasi esa uch holatni:
a). Mehnat shartnomasi bekor bo’lganini; 


151 
b). Mehnat shartnomasini bekor bo’lishiga olib kelgan holat sodir 
bo’lgangini; 
v). Xodimga nisbatan intizomiy jazo qo’llanirlganini anglatadi. 
Xalqaro Mehnat Tashkilotining mehnat shartnomasini bekor qilish 
to’g’risidagi 1963- yilgi tavsiyalari va «Tadbirkor tashabbusi bilan mehnat 
shartnomasini bekor qilish to’g’risida»gi 1982- yil 22- iyundagi Konvenstiyada 
mehnat shartnomasini bekor qilinishiga doir xalqaro huquqiy taomillar belgilab 
qo’yilgan 
Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko’ra bekor qilinishi mumkin: 
1) taraflarning kelishuviga ko’ra. Ushbu asosga binoan mehnat 
shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;
2) taraflardan birining tashabbusi bilan; 
3) muddatning tugashi bilan; 
4) taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra; 
5) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra. Mehnatga oid 
munosabatlarni bekor qilish to’g’risidagi shart mehnat shartnomasida bu 
shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh 
buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh 
buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek 
qonunda yo’l qo’yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin.
6) yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo’yicha o’tmaganligi) yoxud 
saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan (97-modda).
Rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham xodimning ogoxlantrilmasdan 
ishdan bo’shatilishi holatlar ham mavjud bo’lib, ularga xodimning kompaniya 
tartib qoidalari bilan belgilargan mehnat intizomini qo’pol ravishda buzish 
hollarida yo’l qo’yilishi mumkin. Shu zahoti ishdan bo’shashni yuqori rahbariyat 
yoki bo’linma rahbarlari taklif qilishlari mumkin va bu chorani inson resurslari 
bo’yicha rahbar bilan muhokama qilmasdan oldin hamda appelyastiyani 


152 
o’tqazmasdan oldin tasdiqlash mumkin emas. Ishlovchining appelyatsiyasini 
o’tqazish uchun uni ishdan chetlashtirish va 24 soat ichida masalalni ko’rib chiqish 
kerak
18

Korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek korxona qayta tashkil 
etilganda (qo’shib yuborilgan, birlashtirilgan, bo’lib yuborilgan, qayta tuzilgan, 
ajratilganda) mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi. 
Yangi mulkdor korxonaning rahbari uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter 
bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter 
vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor 
qilishga haqlidir (100-modda ikkinchi qismining 6-bandi). Korxonaning boshqa 
xodimlari bilan esa, mehnat shartnomasi qonun hujjatlariga muvofiq holda bekor 
qilinishi mumkin.
Korxonaning bir organ bo’ysunuvidan boshqa organ bo’ysunuviga 
o’tkazilishi mehnat shartnomasining amal qilishini to’xtatmaydi (98-modda). 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling