Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


 Mehnat shartnomasini xodim tashabbusi bilan bekor qilish


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

 
8.2. Mehnat shartnomasini xodim tashabbusi bilan bekor qilish 
Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati 
tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish 
beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish 
muddati tugagandan so’ng xodim ishni to’xtatishga haqli, ish beruvchi esa, 
xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. 
Xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi 
ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin. 
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yoki taraflar kelishuvi 
bo’yicha belgilangan ogohlantirish muddati davomida xodim bergan arizani 
qaytarib olishga haqlidir. 
Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat 
shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo’lsa, 
xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o’z 
18
M. Armstrong. Human resource management. 2010 -p. 
751 


153 
kuchini yo’qotadi, bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga muvofiq bekor 
qilishga esa yo’l qo’yilmaydi. 
Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza 
u o’z ishini davom ettirishining imkoni yo’qligi (o’quv yurtiga qabul qilinganligi, 
pensiyaga chiqqanligi, saylab qo’yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa 
hollar) bilan bog’liq bo’lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos 
qilgan muddatda bekor qilishi kerak. 
Muddatli mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan muddatidan oldin 
bekor qilinganda ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
xodimning neustoyka to’lashi belgilab qo’yilishi mumkin (99-modda). 
 
8.3. Mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish 

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling