Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b
Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.3.Mehnat ta’tili to’g’risidagi buyruqlar
9.2. Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtirish
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 82-moddasiga asosan ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo’ladi. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to’la muvofiq ravishda chiqariladi. Ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq mazmunida quyidagilarni aks ettirish zarur: matn sarlavhasi: “Ishga qabul qilish haqida”; xodimning ismi, sharifi, familiyasi; mehnat shartnomasida ko’rsatilgan sanaga muvofiq ishga qabul qilish sanasi; tarkibiy bo’lim nomi, kasbi, mutaxassisligi yoki xodimning lavozimi; mehnat shartnomasida ko’rsatilgan bo’lsa sinov muddati; ishga qabul qilish sharti hamda taqdim etilayotgan ish xususiyati (masalan, vaqtinchalik ishga kelmayotgan xodimning o’rniga ishlashi yoki ma’lum bir ishni bajarish uchun); ish xaqi yoki oylik maoshi; buyruq chiqarish uchun asos (ishga qabul qilish haqidagi buyruqqa asos mehnat shartnomasi sanaladi); farmoyish qismi – “qabul qilinsin”, “yuklatilsin”, “tayinlansin”. Buyruqning tasdiq qismi ishga qabul qilinayotgan tashkilotning xodimlar bo’limi boshlig’i, maslahatchi yurist vizalarini o’z ichiga oladi. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida unga moddiy javobgarlik yuklatilgan bo’lsa, buyruqqa bosh hisobchi ham viza qo’yadi. Buyruqni ishga qabul qilish vakolati berilgan shaxs imzolaydi. 166 Shaxsiy tarkib bo’yicha ish beruvchining buyrug’i xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. 9.3.Mehnat ta’tili to’g’risidagi buyruqlar O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan barcha ta’tillar mehnat, ijtimoiy (homiladorlik va tug’ish, bolalarni parvarishlash, o’qish bilan bog’liq, ijodiy) va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’tillarga bo’linadi. O’z navbatida, mehnat ta’tillari: yillik mehnat ta’tili; yillik asosiy ta’til; minimal va uzaytirilgan; yillik ko’shimcha; mehnat sharoiti noqulay va o’ziga xos bo’lgan ishlar uchun beriladigan; og’ir va noqulay iqlim sharoitlaridagi ish uchun qo’shimcha ta’tillarga bo’linadi. Yillik ta’tillarni berishga asos tasdiqlangan ta’tillar jadvali (O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasi) hisoblanadi. Amaliyotda ta’til buyrug’ini chiqarishga, tashkilotda ishlayotgan xodimlarning sonini ko’pligini hisobga olib, tarkibiy bo’lim rahbariyati tomonidan rasmiylashtiriladigan bildirishnoma, ayrim hollarda esa xodimning arizasi asos bo’ladi. Aksariyat hollarda ariza yillik mehnat ta’tili muddati o’zgargan yoki ma’lum ijtimoiy ta’til turidan biri olinayotganda yoziladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi 4- bandiga muvofiq maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari hamda kurslarining muallimlar tarkibiga birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur o’quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qat’iy nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lagan holda yozgi ta’til davrida to’liq beriladi deb belgilangan. Barcha turdagi buyruqlarda ta’til turi va uning muddati ko’rsatilishi shart. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling