Bаkiyеvа I. А., Kadrlar xizmatida ish yuritish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: Iqtisodiyot, 2019. – 229 b


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/108
Sana06.11.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1750785
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
Bog'liq
cover MexSot Kaf 04.Kadrlar hizmatida ish yuritish 10ta

Qisqacha xulosalar 
Mehnat shartnomasini bekor qilish ushbu shartnoma ishtirokchilari hohish-
irodasini yoki uni bekor bo’lishiga olib kelgan o’zga holatni aks ettiruvchi yuridik 
holatdan iboratdir. Mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko’ra, taraflardan 
birining tashabbusi bilan, muddatning tugashi bilan, taraflar ixtiyoriga bog’liq 
bo’lmagan holatlarga ko’ra, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra 
hamda yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo’yicha o’tmaganligi) yoxud 
saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan bekor qilinishi 
mumkin. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Mehnat shartnomasini bekor qilish deganda nima nazarda tutiladi? 
2. Mehnat shartnomasini bekor qilish, ishdan bo’shatish, mehnat 
shartnomiasini bekor bo’lishi tushunchalari o’rtasida qanday farqlar bor? 
3. Mehnat shartnomiasi bekor bo’lishining umumiy asoslari Mehnat 
kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan va ularni tavsifi qanday? 
4. Taraflar kelshishuvi bilan mehnat shartnomasi bekor bo’lishi mumkinmi? 


163 
5. Muddatni tugashi shartnomani bekor qilinishiga olib keladimi? 
6. Xodimning tashabbusiga ko’ra mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi 
qanday? 
7. Xodim ishdan bo’shash haqidagi arizasini qaytarib olishga haqlimi? 
8. Mehnat shartnomasi qaysi asoslar mavjud bo’lganida ish beruvchining 
tashabbusiga ko’ra bekor qilinishi mumkin? 
9. Mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilish chog’ida 
xodimlarga qanday kafolatlar beriladi? 
 
 


164 
9-BOB. XODIMLAR FAOLIYATIGA DOIR BUYRUQLAR 
9.1. Buyruq turlari 
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar tashkilotlarda xodimlar bo’limi ish 
yuritilishining asosiy hujjatlaridan sanaladi. Bugungi kunda respublikada bu 
turdagi hujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha maxsus standart ishlab chiqilmagan. 
Mazkur maqolada muallif shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarni rasmiylashtirish va 
saqlashga oid ba’zi bir takliflar berishga harakat qilgan. 
Buyruq – korxona (tashkilot, muassasa) rahbarining mazkur korxona oldida 
turgan asosiy va amaliy vazifalarni hal etish mvqsadida chaqiradigan rasmiy 
huquqiy hujjat. 
Buyruq maxsus blankada rasmiylashtiriladi va mazkur korxonaning 
(tashkilot, muassasa) nomi, uning yuqori turuvchi organi, hujjat turi (buyruq), 
chiqarilgan joyi, sana, hujjat raqami, matn sarlavhasini qo’yishi uchun ajratilgan 
joy kabi qismlardan iborat. 
Mazmuni va rasmiylashtirish uslubi bo’yicha buyruqlar ikki guruhga – asosiy 
faoliyat va shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlarga bo’linadi. Shaxsiy tarkib bo’yicha 
buyruqlar ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tilini berish, xizmat 
safariga yuborish, korxona ishchilarini rag’batlantirish va ularga nisbatan 
intizomiy jazo choralarini qo’llash, mehnat shartnomasini bekor qilish va xodimlar 
bilan ishlash jarayonidagi boshqa holatlarni rasmiylashtirishda foydalaniladi 
hamda ishchilar uchun ish haqini hisoblab chiqishga asos bo’ladi. 
Shaxsiy tarkib bo’yicha buyruq loyihasi xodimlar bo’limi tomonidan 
tayyorlanadi. 
Buyruq imzolangan kundan boshlab yuridik kuchga ega bo’ladi (buyruq sana 
imzolangan kun hisoblanadi). 
Buyruqlarni qayd etish boshqa hujjatlardan alohida olib boriladi. Buyruqlarga 
qayd raqamlari kalendar yil davomida ketma-ket “1” dan “p” gacha – 1 yanvardan 
31 
dekabrgacha 
qo’yib boriladi. Buyruqlar raqamlarini g’ayriqonuniy 
o’zgartirilishini oldini olish maqsadida ularni ikki yoki uch xonali sonlar bilan 
yozish tavsiya etiladi. Masalan, № 01 yoki №001. Amaliyotda shaxsiy tarkib 


165 
buyicha buyruqlarga raqam qo’yish bilan birga indekslardan foydalanish ham 
kuzatiladi, masalan “k” (kadrlar): №01 –k buyruq.

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling