86
tibbiy ko’rikdan o’tish qonunchilikda ko’zda
tutilgan hollarda tibbiy
ko’rikdan o’tmagan shaxslar, shuningdek, tibbiy xulosaga
muvofiq mazkur ishni
bajarishga ssalomatligi yo’l qo’ymaydigan xodimlar;
sud xukmiga ko’ra muayyan lavozimni egallash yoki uni bajarish
taqiqlangan ishda muayyan faoliyat bilan shug’ullanish
huquqidan mahrum
qilingan shaxslar;
agar ularning ishi bevosita bo’ysunish yoki birining ikkinchisi nazorati
ostida bo’lishi bilan bog’langan bo’lsa, o’zaro yaqin qarindosh bo’lgan
shaxslar
(ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o’g’illar,
qizlar er-xotinlar, shuningdek er-
xotinlarning ota-onalari,
aka-ukalari, opa- singillari, farzandlari) (mazkur talab
faqat davlat korxonalari uchun qo’llaniladi);
qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa hollarda.
5.2. Ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati
O’zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlarini
tartibga solishga
qaratilgan bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan.
Bevosita ma’lum bir tashkilot, muassasa, korxonaga
ishga qabul qilish vaqtida
bo’lajak xodimdan talab qilinadigan hujjatlar ro’yhati O’zbekiston Respublikasi
Mehnat kodeksining 80-moddasida ko’zda tutilgan.
Ishga qabul qilish vaqtida zarur bo’ladigan asosiy hujjatlar va xarakatlar
quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ish
2. Pasport kserokopiyasi
3.Diplom kserokopiyasi
4. Tarjimoiy hol
5. Ariza
6. Mehnat shartnomasi
7. Ishga qabul qilish to’g’risida buyruq
8. Mehnat daftarchasidagi yozuv
9. Shaxsiy yig’majild yoki T-2 shaxsiy kartochkasi
87
10.Ish haqi bo’yicha shaxsiy hisobvaraq
Do'stlaringiz bilan baham: