93
5.8. Malaka oshirish va qayta tayyorlanish;
5.9. Belgilangan
tartibda universitet, fakultet Ilmiy Kengashiga saylash va
saylanish;
5.10. O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolar murojaatlari” to’g’risidagi
qonunda belgilangan tartibda murojaat qilish, malakali yuridik yordam olish;
5.11. Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish;
6. Xodim (o’qituvchi)ning majburiyatlari:
6.1. Ta’lim to’g’risidagi
qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi,
universitet Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy rioya qilish;
6.2. O’zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o’qituvchilik sha’niga
dog’ tushirmaslik;
6.3. Ish jarayonida muloqot qiladigan TDIU xodimlari, talabalari va boshqa
shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo’lish;
6.4. Ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o’z
vaqtida bajarish, har yili
tasdiqlanadigan o’quv-metodik, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o’z vaqtida va
sifatli bajarish, xususan:
a) o’quv yuklamalari hajmini, o’quv-metodik, ilmiy o’quv-tashkiliy ishlarni
tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma’naviy-ma’rifiy
ishlarda ishtirok
etish;
b) darslik, o’quv qo’llanma tayyorlash, boshqa o’quv
abadiyotlar, ilmiy
maqolalar, monografiyalar yozish;
v) talabalar bilan tarbiyaviy
ishlarni olib borish;
g) grantlar, ilmiy loyihalar, xo’jalik shartnomalarida ishtirok etish;
d) Ilmiy Kengash tomonidan tasdiqlangan
kafedra ilmiy mavzularida
ishtirok etish;
e) o’z malakasini muntazam ravishda oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: