94
6.7. Ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;
6.8. Universitet jamoatchilik
ishlarida qatnashish;
6.9. Xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar.
7. Ish beruvchining huquqlari:
7.1. Xodim (o’qituvchi)dan sifatli va o’z vaqtida ishni bajarishni talab qilish;
7.2. Mehnatda yuqori natijalarga erishgan va boshqa yutuqlari uchun
xodimlarni rag’batlantirish, jamoa shartnomasi shartlari
bilan nazarda tutilgan,
shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag’lar doirasida qo’shimcha haq,
ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag’batlantiruvchi turdagi boshqa to’lovlarni
belgilash;
7.3. Xodimning ish xaqiga mo’ljallangan mavjud mablag’lar doirasida
mustaqil
ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama
belgilash;
7.4. Mehnat
intizomini buzgan, Universitet Ustavi,
ichki-tartib qoidalariga
rioya etmagan xodimga nisbatan intizomiy va boshqa ta’sir choralarni qo’llash;
7.5. Bevosita moddiy zarar yetkazgan xodimga nisbatan intizomiy jazo va
boshqa ta’sir choralar qo’llanilishidan qat’iy nazar, xodimni moddiy javobgarlikka
tortish;
7.6. O’z
tashabbusi bilan, mehnat qonunchiligida ko’rsatilgan hollarda:
mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish
xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi, xodimning
malakasi etarli bo’lmaganligi yoki sog’lig’i holatiga ko’ra
bajarayotgan ishiga
noloyiq bo’lib qolishi, xodimning o’z mehnat vazifalarini muntazam
ravishda
buzganligi, xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda
buzganligi, o’qituvchilik sha’niga dog’ tushirganligi va boshqa O’zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga zid harakatlari tufayli mehnat shartnomasini bekor
qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: