Bank faoliyati indd
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar operatsiyalar holati va
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklarining qimmatbaho qog‘ozlarga sarfl agan mablag‘lari (mln. so‘m) № Qimmatbaho qag‘oz operatsiya turlari
- «Savdogarbank»
6.2. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar operatsiyalar holati va
tarkibining tahlili Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar holatini tahlil qilganda, ularni tahlil qilinayotgan davr boshiga va oxiriga qanchalik o‘zgarganligini aniqlash lozim. Tahlilda ularning mutloq va nisbiy o‘zgarishlarini aniqlab, qancha- lik va nima sababdan o‘zgarish bo‘lganligini bilish lozim bo‘ladi. Tijorat banklari hisobotlarini ko‘rib chiqqanda, ko‘pgina tijorat banklarining qim- matbaho qog‘ozlarga sarfl agan mablag‘lari yildan-yilga ko‘payib, borayot- ganligi aniqlandi. 79 6.1-jadval Tijorat banklarining qimmatbaho qog‘ozlarga sarfl agan mablag‘lari (mln. so‘m) № Qimmatbaho qag‘oz operatsiya turlari 2011- yil 2010- yil Farqi % «Aloqabank» 1 Qimmatli qog‘ozlar – savdo – nosavdo 339,6 36,7 +3,2,9 9,2 marta 2 Hosilaga moliyaviy instrumentlar 108,2 - +108,2 - «Savdogarbank» 1 Qimmatli qog‘ozlar – savdo –nosavdo 0 58,1 0 60,3 - -2,2 - 96,4 2 Hosila moliyaviy instrumentlar 0 0 - - «Kapitalbank» 1 Qimmatli qog‘ozlar – savdo – nosavdo 99,2 0 206,4 0 -107,1 0 48,1 0 2 Hosila moliyaviy instrumentlar - - - - Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha turlicha faoliyat yuritgan. «Aloqabank» qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotdi operatsiyalarida (savdoda) 2010-yilda 36,7 mln. so‘mlik savdo qilgan bo‘lsa, 2011-yilda qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalari sav- dosini 9,2 baravar ko‘paytirib, 339,6 mln. so‘mga yetkazgan. «Savdogar- bank» qimmatbaho qog‘ozlar nosavdo operatsiyalar bo‘yicha 2011-yil ho- latiga 2010-yilga nisbatan 3,6% kamaytirgan. Ayniqsa, «Kapitalbank» banki- ning qimmatbaho qog‘ozlarga sarfl angan mablag‘lari 2011-yilda 2010-yilga nisbatan 107,1 mln. so‘mga kamaygan. Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar portfeli oldi-sotdi operatsiyalarda qatnashish uchun olingan qimmatbaho qog‘ozlar, qayta sotish uchun olingan qimmatbaho qog‘ozlar va investitsiyalangan qimmatbaho qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. Masalan «Ipak yo‘li» bankining 2009-yilga qimmatbaho qog‘ozlar port- feli tarkibi quyidagicha bo‘lgan: 6.2-jadval № Qimmatbaho qog‘ozlar turlari Hissasi, % da 1 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari 57,0 2 Qayta sotish uchun qimmatli qog‘ozlar 24,0 3 Investitsiyalangan qimmatli qog‘ozlar 19,0 Jami: 100,0 80 Ko‘rinib turibdiki, bankning qimmatbaho qog‘ozlar bilan amalga oshiril- gan operatsiyalarining 57 foizi oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlarni tashkil etgan. Qimmatli qog‘ozlar bilan qilingan operatsiyalar tahlilida, ushbu operatsi- yaning daromadliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yerda asosiy e’tibor boshqa emitentlardan sotib oltngan qimmatli qog‘ozlar uchun olingan devi- dent yoki foiz to‘lovlari dinamikasi, har bir qimmatli qog‘ozdan olingan daro- madlar, qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish jarayonida olingan vosi- tachilik daromadlar ko‘lami tahliliga e’tibor qaratilmog‘i lozim. Mijozlar ning topshirig‘iga asosan qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularni hisobini yuri tish va boshqarish naatijasida olinadigan daromadlar hamda amalga oshirilgan ope- ratsiyalar ko‘lami tahlili ham bankning investitsion siyosatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bankning o‘z aksiyalarini muomalaga chiqarilishi va ularning sotilishi, uning kapitallashuv darajasini bildiradi va bularning o‘sish dinamikasi bank to‘lov qobiliyati, likvidliligi hamda mijozlar ishonchining oshishiga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling