Bank faoliyati indd
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y.
7.2 Bank xarajatlari tahlili
Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarini kamaytirishga bog‘liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni ka- maytirishga imkon beradi. Xarajat – bu pul vositasini ishlab chiqarish (bank) va noishlab chiqarish (nobank) faoliyatlariga ishlatish (xarajat qilish) tushuniladi. Odatda, bank xarajatlarini quyidagicha tasnifl anadi: 1. Operatsion xarajatlar: 1.1. foizli xarajatlar 86 1.2. komission xarajatlar 1.3. moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar 1.4. boshqa operatsion xarajatlar. 2. Bank faoliyatini funksionallashtirishni ta’minlashi bo‘yicha xara- jatlar. 3. Boshqa xarajatlar Bank operatsiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar operatsion xarajatlar deyiladi. Ularni to‘g‘ri yoki o‘zgaruvchan xarajatlar deyish mum- kin. Chunki, xarajatning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Bankning xarajatlari strukturasi ishlab chiqarish korxonasinikiga nisba- tan boshqacha bo‘ladi. Bankda xomashyo va materiallarga katta xarajatlar yo‘q, ekspluatatsiya va asosiy vositalarning xizmatlariga xarajatlar qiyosan unchalik katta emas, hattoki ish haqiga to‘lov ham bank xarajatlarining umu- miy summasida katta ulushga ega emas. Bank xarajatlari strukturasi ko‘proq savdo-vositachilik korxonalari xarajatlari strukturasini eslatadi. Mablag‘larni joylashtirishdan daromad olish uchun, avvalo, bu mablag‘larni jalb qilish kerak. Kredit va qo‘yilmalarning bir qismi bankning o‘z mablag‘lari hiso- bidan amalga oshiriladi, kredit resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag‘lar tashkil qiladi. Jalb qilingan mablag‘larga esa bank foiz to‘lashi kerak. Odatda, bank xarajatlarining katta qismini jalb qilingan mablag‘lar xarajatlari tashkil qiladi. Bu to‘lovlar foiz shaklida amalga oshirilganligi uchun, bu xarajatlar foizli deyiladi. Kredit faoliyati bilan aktiv ishlaydigan universal bankda foizli xarajat- larining ulushi hamma xarajatlarining deyarli 70%ini tashkil etishi mumkin. Foizli xarajatlarning kattaligi va ularning xarajatlar umumiy hajmidagi ulushi bank passivlari tuzilishiga bog‘liq. Aholi omonatlari va banklararo kreditlar bank uchun qimmatli hisoblanadi. Shuningdek, banklar yuridik shaxslar de- pozitlari va chiqarilgan qarz majburiyatlariga (obligatsiya, foizli veksellar va depozit sertifi katlari) nisbatan katta foizlar to‘laydi. Bank majburiyatlari strukturasida bu mablag‘lar ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, foizli xarajatlar shuncha kam bo‘ladi va natijada bank foydasi ko‘payadi. Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisbatan o‘sishi, bank- ning kredit resurslarini oladigan bozor kon’yukturasining yaxshimasligidan yoki bankning bu bozorlardagi raqobat mavqeini yomonlashganligidan dalo- lat beradi. Foizli xarajatlarning o‘sishi, foizli daromadlarning adekvat o‘sishi bilan yonma-yon borsa, bu hol o‘rtacha hisoblanadi. Foizli daromadlarning o‘sish sur’ati foizli xarajatlarning o‘sishidan o‘zib ketsa, bu hol bank uchun yetuk hisoblanadi. 87 Odatda, moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlarni alohida guruhga ajratishadi. Bank bu bozorlardan qimmatliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha daromadlar oladi (qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutalari, qimmatli metallar va boshqalar) xarajatlarga esa, qimmatliklarni olish uchun ketgan sarfl ar kiradi. Bank kuponli obligatsiya sotib olayotganida yig‘ilgan kuponli daromadlarni to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Kuponsiz qimmatli qog‘ozlar odatda, diskont bilan sotib olinadi. Moliya bozori kon’yukturasi yomonlashganda, qimmatbaho qog‘ozlar, chet el valyutasi va boshqa mulklarni qayta baholash natijasida, bank anchagina xarajatlar ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. Bevosita aniq bank operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar: oborotdan har xil soliqlar (Masalan: chet el valyutasini sotib olishga soliqlar), mijozlar to‘lovlari bo‘yicha pochta va telegraf xarajatlar va boshqalar. Bu xarajatlari boshqa operatsion xarajatlar deyishadi. Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar. Bankni funksionallashti- rishni ta’minlash bilan bog‘liq, ammo aniq operatsiyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bormaydigan xarajatlar bu guruhga kiradi. Iqtisodiy nazariyada ularni egri yoki shartli-doimiy xarajatlar deyiladi. Aktivlari hajmi kichik va o‘rta bo‘lgan banklarda bu xarajatlar summasi unchalik bilinmaydi. Jalb qilingan va joylashtirilgan resurslari hajmi katta bo‘lgan yirik banklarda, bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar umu- miy xarajatlarning 10-12% ini tashkil etadi. Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Personalga xarajatlar (ish haqi, premiya, moddiy yordam, xodimlarga har xil imtiyozlar berish, komandirovka xarajatlari, personalni izlash va o‘qitish bo‘yicha xarajatlar, mehnatni muhofazalash xarajatlari va boshqalar); 2. Bino va inshootlarga xarajatlar (ijara, amortizatsiya, binolar remonti va ekspluatatsiyasi, kommunal to‘lovlar, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, binoni qo‘riqlashga xarajatlar va boshqalar); 3. Ish joyini asbob-anjomlar bilan ta’minlashga xarajatlar (sotib olish, remont, bank uskunalarini xizmati va asranganligi: kompyuter, mebel, qo‘riq signalizatsiya, seyf, hisob mashinalari, valyuta detektorlari va boshqalar); 4. Reklamaga xarajatlar; 5. Bank faoliyatini informatsion ta’minlashga xarajatlar (vaqti-vaqti bi- lan bo‘lib turadigan nashrlar, maxsus adabiyotlarni sotib olish va yozilish, informatsion mahsulotlar va tashqi agentlar xizmatiga to‘lovlar, marketing izlanishlariga xarajatlar); 6. Aloqa va telekommunikatsiyaga xarajatlar (aloqa kanallarini o‘tkazish va ijarasi, telefon va Internet xizmatiga to‘lovlar va boshqalar); 88 7. Transport xarajatlari; 8. Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa xarajatlar (auditorlik tek- shiruvlariga xarajatlar, aksionerlar yig‘ilishini tashkil etishga, notarial va yu- ridik xizmatlarga to‘lovlar). Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni har xil mezonlar bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: • joriy xarajatlar va kapital xarakterdagi xarajatlar (asosiy vositalarni sotib olish); • ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlar; • chiqimlarga tegishli xarajatlar va sof foydadan amalga oshirilgan xara- jatlar; • me’yoriy va nome’yoriy xarajatlar. Me’yoriy xarajatlarga komandirovka, reklama, kadrlarni tayyorlash va boshqa ayrim xarajatlar kiradi. Bu yerda qonunda ko‘rsatilgan me’yorlar doirasidagi xarajatlar summasi ko‘zda tutiladi. Bank O‘zbekiston Respublikasi Pensiya fondiga, O‘zbekiston Respub- likasi Aholini ish bilan ta’minlash davlat fondiga, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy sug‘urta fondiga qonunlarga muvofi q o‘tkaziladigan majburiy ajrat- malar, jumladan, bank to‘lovlarini amalga oshiradilar. Bank nodavlat pen- siya fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta va ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa tur- lari uchun o‘tkazgan ajratmalari, qonunlarga muvofi q bank mulkini va bank xodimlarini davlat sug‘urtasidan o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlar ham bankning foizsiz xarajatlariga kiradi. Bank asosiy fondlarni, jumladan, ularning bank faoliyatini amalga oshi- rishda foydalanadigan alohida qismlarini, xususan, tushumni inkassatsiya qilish uchun avtomobil transportini ijaraga olish bo‘yicha xarajatlar qiladi. Bank xodimlari va bank xodimlari bo‘lmagan, ya’ni huquqiy tusda tuzil- gan shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlar uchun ish haqi to‘lash xarajat- lari, amaldagi qonunlarga muvofi q, navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar pulini, shuningdek, tibbiy ko‘riklardan o‘tish davlat majburiyatlarini bajarishlar uchun sarfl angan vaqt evaziga haq to‘lash kabi xarajatlar qiladi. Bundan tashqari bankning foizga dahli yo‘q xarajatlariga bank sohasida malakali kadrlar tayyorlashda qiladigan xarajatlari kiradi. Bank oliy o‘quv yurtlari bilan kelishilgan shartnomadagi mablag‘larni to‘lab bank sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xizmatlari uchun haq to‘laydi. Bunda bank nomoddiy aktiv shakl- lantiradi va bu kelajakda o‘z samarasini beradi. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, bank xarajatlarini quyidagicha tarkibiy qismlarga bo‘lib keltirish mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling