Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish Reja


-rasm. Bank nazorati tizimi


Download 136.53 Kb.
bet2/9
Sana28.02.2023
Hajmi136.53 Kb.
#1237804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish

1-rasm. Bank nazorati tizimi


Barcha davlatlardagi bank nazorati tizimlari oldida 2 ta muhim vazifa turadi:


Bank tizimini mustahkamlash hamda iqtisodiy o’sishga hamkorlik qilish; Barcha omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish.
Bank nazorati oldida turgan asosiy vazifa butun bank tizimi barqarorligini ta’minlash bo’lsada, lekin alohida olingan bank duch kelishi mumkin bo’lgan jiddiy muammolarni va inqirozlarni oldini olish maqsadga erishishdagi eng yaxshi yo’ldir. Omonotchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilishdan maqsad, ular o’z mablag’laridan foydlalanayotgan banklar tomonidan qanday xavf-xatarli operasiyalar bajarilayotganligi to’g’risida ma’lumotga ega emaslar.
Bu borada mamlakamizda amalga oshirilgan ishlradan biri 1997 yil martdan boshlab jahon andozalariga mos keladigan va banklar faoliyatini oydinlashtirish imkonini beradigan tijorat banklari hisobvaraqlari yangi rejasi amalga oshirilishi joriy qilinganligi bo’ldi. Yangi hisobvaraqlar rejasini joriy qilinishi banklar faoliyati “oshkoraligini”(shaffoflik, ochiq-oydinlik) sarmoyadorla, bank mijozlari va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar uchun ochiqligini ta’minlash imkonini berdi.
Respublikamizda tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishining asosiy maqsadi tijorat banklariga biron bir iqtisodiy chora ko’rish emas, balki bank faoliyatida mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etib, bank tizimining barqarorligini oshirish natijasida bank omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini himoya qilishdan iborat.



46 Norqobilov S., Dadaboeva H., Jo’raev O’. Xalqaro amaliyotda bank nazorati, T.” Iqtisodmoliya” 2007 yil.
1995 yil 9 noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 427 qarorida aholi omonotlarini himoya qilish ko’zda tutilgan va 1998 yilda “Omonot-himoya” sug’urta fondi tashkil etilgan edi.Ammo, fondga a’zo bo’lish ixtiyoriy bo’lganligi unga ayrim banklar a’zo bo’lmasligiga olib keldi. Bu esa o’zining samarali natijasini bermadi.
O’zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi Bank tizimiini yanada erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq 2002 yil 5 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida”gi qonunini47 qabul qilinishi bilan respublikamizda aholi omonatlarini kafolatlash tizimi tashkil etildi. Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Repsublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 sentyabrdagi 326 sonli qarori bilan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. Ushbu Fonda barcha tijorat banklari va xorijiy banklarning sho’ba banklari tomonidan jalb etilgan omonatlar sug’urtalanadi. Bunda banklar Fond bilan yozma bitim tuzishlari kerak bo’ladi va majburiy badal to’lovlarnini amalga oshirib boradilar.
Majburiy badallar 2 xil bo’ladi:

  • bir yo’la to’lanadigan badalni banklar Fondga a’zo bo’lib kirganda to’laydi va u bank ustav kapitplining 0,1 % miqdorida bo’ladi.

  • kalendar tartibda to’lanadigan badalni banklar yilning har choragida to’lab borishadi. Bu badal bankdagi omonatlarning yil choragidagi o’rtacha miqdorining 0,5% miqdorida bo’ladi. Bu ikkala badallarning umuiy summai omonatlar qoldig’ining 5%ga etganda kalendar tartibda to’lanadigan badallarni to’lash to’xtatiladi.

Fond faoliyatining maqsadi bank operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinganda, tijorat banklari o’z majburiyatlarini bajara olmay qolganda omonatchining omonati:

  • minimal ish haqining 100 barobarigacha bo’lsa 100%ini;

  • minimal ish haqining 100 barobaridan 250 barobarigacha bo’lsa 90%ini to’lab berishdan iborat.

Umuman olganda barcha davlatlarda omonatlarning sug’urtalash tizimida omonatlarni to’lash bo’yicha limitlar mavjud.

Masalan, AQShda omonatlarning 100 ming AQSh dollari, Kanadada 60 ming Kanada dollari, Yaponiyada 10 mln ienasi, Evropa Ittifoqida 20 ming evroga teng bo’lgan qismini sug’urtalash tavsiya etilsa, Buyuk Britaniyada esa 70%ini to’lash nazarda tutilgan.


Fond o’z odiga qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan ma’lum darajada hisobotlar talab qiladi va bugungi kunda ushbu hisobotlarni tijorat banklariga lisenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti orqali olmoqda.



  1. Download 136.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling