Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish Reja


Tijorat banklarini lisenziyalash va davlat ro’yhatidan o’tkazish orqali nazorat qilish


Download 136.53 Kb.
bet9/9
Sana28.02.2023
Hajmi136.53 Kb.
#1237804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish

Tijorat banklarini lisenziyalash va davlat ro’yhatidan o’tkazish orqali nazorat qilish


Mamlakatimizda tijorat banklariga lisenziya berish va ular faoliyatini tartibga solish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Bank faoliyatini lisenziyalash nazoratning dastlabki bosqichi bo’lib, u bank tizimining barqarorligini saqlash, bozorga yangi, moliyaviy barqaror banklar kirib kelishini nazorat qilish vositalaridan biri hisoblanadi.
2009 yil 15 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining
“Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori53 qabul qilingan. Ushbu O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi bank tizimida faoliyat yuritayotgan barcha banklar o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan lisenziya asosida amalga oshiradi. Lisenziyada bank bajaradigan operasiyalar ro’yxati ko’rsatiladi. Lisenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati gayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat byudjetiga olib qo’yilishi lozim54.
Shu o‘rida banklarga, xususan tijorat banklari, norezident bank, xususiy bank, chet el bankining sho‘‘ba banki va chet el kapitali ishtirokidagi banklarga ta’rif berib o‘tamiz.
Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida bank faoliyati deb hisoblanadigan yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish, to‘lovlarni amalga oshirish kabi faoliyatlar majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
Norezident bank xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan bankdir.
Xususiy bank ustav kapitalida muassislar (aksiyadorlar) bo‘lgan jismoniy shaxslarning ulushi kamida ellik foizni tashkil etishi lozim bo‘lgan bank bo‘lib, ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar, davlat organlari, shuningdek siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar xususiy bank muassislari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin emas. Bank o‘z ustav kapitalini qonun hujjatlariga muvofiq shakllantira olmasligi sababli, o‘z maqomini xususiy bankka o‘zgartirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chet el bankining sho‘‘ba banki ustav kapitali to‘laligicha norezident bank tomonidan shakllantiriladigan bank bo‘lsa, chet el kapitali ishtirokidagi bank esa chet ellik investorlarning ishtiroki ustav kapitali umumiy summasining kamida o‘ttiz foizini tashkil etadigan bankdir. Bunda, chet ellik investorlardan biri yuridik shaxs bo‘lishi lozim. Bunday bankning ustav kapitalini shakllantirishda rezident jismoniy va yuridik shaxslar hamda norezident jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezident banklar ishtirok etishlari mumkin.

Markaziy bank tomonidan bank nazoratini amalga oshirishda ularni litsenziyalash muhim ahamiyat kasb etadi, sababi banklar litsenziya olishlari uchun quyidagi barcha talablarni bajarishlari kerak bo‘ladi.


Banklarni litsenziyalash jarayoni ikki bosqichdan iborat:
Birichisi, bank ta’sis etish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatini berish; Ikkinchisi, bankni ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda litsenziya berish.
Birinchi bosqichda bank faoliyati uchun dastlabki ruxsatnoma berilib, bank muassislariga bankni yaxshi tashkil etish uchun ma’lum muddat beriladi va shu davrda Markaziy bank tomonidan to’liq kuzatish ishlari amalga oshiriladi. Dastlabki ruxsatnomani berilishi asosiy lisenziyani kafolatlamaydi va uning amal qilish muddati oligan kundan boshlab 6 oy muddatgacha yuridik kuchga ega.
Dastlabki ruxsatnoma olingandan so’ng muassislar asosiy lisenziyani olish va bankni ro’yhatdan o’tkazish uchun kerakli tashkiliy texnik tadbirlarni amalga oshiradilar.
Lisenziyalash – bank operasiyalarini amalga oshirishni chegaralsh maqsadida faqat vakolatli banklar tomonidan yuridik shaxslarga ularni amalga oshirish uchun ruxsat berishdir. Banklar Markaziy bankda davlat ro’yhatidan o’tkazilgandan so’ng yuridik shaxs maqomini oladi.
Markaziy bank tomonidan 1 oy muddat ichida qaror qabul qilinadi. Lisenziya berisht bo’yicha masalani ko’rishda nazorat organlari tomonidan yangi bank filiallarini tashkil etish sharoiti, raqobat tufayli ularning moliya-kredit sektoriga ta’sir etishi kabi masalalarga ham alohida e’tibor beriladi.
Markaziy bank chet el kapitali ishtirokidagi banklar oldiga qo‘shimcha talablar qo‘yish, shu jumladan chet davlatlar banklaridan ular o‘zlari joylashgan va ro‘yxatga olingan yerdagi tekshiruv organi nazorati ostida ekanliklarining tasdiqnomasini talab qilish huquqiga ega.
Chet el banklariga litsenziyalar, basharti, chet davlat banki o‘z mamlakatida qaytarib berish sharti bilan pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lsagina beriladi.
Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin:

  • bankni ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilmaganligi;

  • ta’sis hujjatlarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligi;

  • bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi;

  • muassislar moliyaviy mablag‘larining manbalari e’lon qilinmaganligi;

  • bankni ro‘yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‘lanmaganligi;

  • bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga nomuvofiqligi.

Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda bankni ro‘yxatga olishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ro‘yxatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani chaqirib olishi mumkin:

  • bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganida, passivlar aktivlardan ko‘payib ketganida;

  • litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi aniqlanganda;

  • bank o‘z omonatchilari va boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmaganida;

  • hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;

  • qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank operatsiyalari amalga oshirilganda;

  • litsenziya berilgan paytdan e’tiboran bank operatsiyalarini amalga oshirish bir yildan ortiq muddatga kechikkanda;

  • monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda;

  • ichki nazorat qoidalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi buzilganda;

O‘zbekiston Respublikasida o‘z sho‘‘ba bankini tashkil etgan chet el bankidan litsenziya chaqirib olinganda.
Download 136.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling