Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish Reja


-rasm. Masofadan nazorat qilishning qulayligi va samaraliligi


Download 136.53 Kb.
bet4/9
Sana28.02.2023
Hajmi136.53 Kb.
#1237804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish

2-rasm. Masofadan nazorat qilishning qulayligi va samaraliligi.




Masofadan nazorat qilish monitoringi natijalari asosida reyting tuzish nazorat ma’lumotlari va nazorat organlari foydalanishi mumkin bo’lgan boshqa axborotlar, shu jumladan, joyiga chiqib o’tkazilgan tekshiruv natijalariga asoslanadi. Joyga chiqib tekshirishlarni tashkil qilishdan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi: masofadan nazorat qilish jarayonida aniqlangan holatlarni bevosita joyida o’rganish;

  • masofadan nazorat uchun taqdim etilgan hisobotlarni birlamchi hujjatlar bilan taqqoslash orqali ularni haqqoniyligini aniqlash;

  • bank aktivlari sifatini tasniflash va shu yo’l bilan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash;

  • tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib kapitalning etarliligini aniqlash va baholash;

  • bankning joriy likvidlilik darajsini aniqlash va baholash;

  • bankning korporativ boshqarish qobiliiyatini aniqlash va baholash.

Joyga chiqib (inspeksiya qilish) tekshirish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor beriladi:

  • Ustav kapitalidagi aksiyadorlar ulushining dinamikada o’zgarish sabablari;

  • Aksiyadorlar ulushidagi o’zgarishlarga MB tasdig’i talab qilingan bo’lsa, uning mavjud yoki mavjud emasligi;

  • Bank kapitalini Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talablarga javob berishi;

  • Bank tushumining kapital o’sishiga ta’siri;

  • Kapitalni o’stirish rejasining tahlili;

  • Yuqoridagilar qatorida aktivlarning sifati, tushumlarning o’zgarishi va foydaning sifatiga alohida e’tibor berilishi kerak.

Joyga chiqib tekshirishda natijalarni solishtirish va ma’lumotlardan xalqaro amaliyotda keng foydalanish maqsadida umumiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. CAMEL komponentlari:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling