Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish Reja


-rasm. Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qoidalar


Download 136.53 Kb.
bet8/9
Sana28.02.2023
Hajmi136.53 Kb.
#1237804
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish

5-rasm. Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qoidalar




Bank nazorati sohasida Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:

  • banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolarining hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to‘g‘risida axborot so‘rash hamda olish;

  • olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;

  • banklar va mikrokredit tashkilotlarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bog‘langan shaxslarning, shuningdek lombardlar va kredit byurolarining

faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash;

  • banklar va kredit byurolarining ichki auditiga doir talablarni belgilash;

  • bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;

  • ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;


.


  • banklar, mikrokredit tashkilotlari lombardlar va kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborish;

  • bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obro‘-e’tibori haqida axborot so‘rash va olish;

  • banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buxgalterlariga, mikrokredit tashkilotlari va kredit byurolari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo‘yish.

Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari xarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank o’z qarori to’grisida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab o’ttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda xabar beradi.
Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ hujjatlariga, shu jumladan tartib va uslubiyotlariga rioya etishlarini talab qilishga, shuningdek ulardan bank auditi bilan bog’liq har qanday ma’lumotlarni bevosita olishga haqli. Markaziy bank banklar uchun majburiy bo’lgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi va bu normativlarning o’zgarishi to’g’risida kamida bir oy oldin e’lon qiladi.
Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank tomonidan ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undiriladi yoki ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yiladi52.
Agar yo‘l qo‘yilgan tartib buzilishlar yoki bank o‘tkazayotgan operatsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug‘dirgan bo‘lsa, Markaziy bank quyidagilarga haqli:

  • banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan summada jarima undirishga;

  • bankdan bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish, shu jumladan aktivlar tuzilmasini o‘zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga dividendlar to‘lashni to‘xtatish tadbirlarini ko‘rishni, bank yoki uning filiali rahbarlarini, shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini almashtirishni, bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga;







  • bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha o‘zgartirishga; bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha bo‘lgan muddatga, shuningdek filiallar ochishni ham shuncha muddatga taqiqlab qo‘yishga;

  • bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish yoki Markaziy bank ko‘rsatmalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan davrda mansabdor shaxslar va aksiyadorlar ega bo‘lgan barcha vakolatlarni vasiyga berib, bankka vasiylik qilish tartibini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilishga;

  • bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib olishga.

Bank filiallari to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazmagan va ularning vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda bo‘lgan hollarda Markaziy bank bank filiali ushbu harakat natijasida olgan daromadini qat’iy tartibda undirib oladi, shuningdek shunday miqdorda jarima soladi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda, Markaziy bank ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar hamda sanksiyalar qo‘llashga haqli.
Mikrokredit tashkilotlari, ularning filiallari, shuningdek lombardlar tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan iqtisodiy normativlar buzilgan taqdirda, Markaziy bank mikrokredit tashkilotidan ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan bir foizgacha jarima undirishga hamda lombarddan belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir.
Banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, lombardlarga va kredit byurolariga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qo‘llash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.



  1. Download 136.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling