Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish Reja
Bank nazoratini amalga oshirish usullari
Download 136,53 Kb.
|
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish
Bank nazoratini amalga oshirish usullariBank tizimi amaliyotida bank nazoratining bir nechta usulidan foydalanish samarali natija berishini inobatga olgan holda, ularga batafsil to‘htalib o‘tamiz. Birinchisi, Markaziy bank tomonidan tijorat banklar faoliyatini masofadan turib, ya’ni ular taqdim etgan moliyaviy hisobotlarini tekshirish orqali nazorat qilish. Ikkinchisi, banklarni joylarga chiqib inspeksiya qilish, ya’ni barcha moliyaviy hisobotlar va ularga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar tijorat banklarining o’ziga borib tekshirishdir. Uchinchisi, aralash usul bo‘lib, bunda masofadan turib va joylar chiqib tekshirish tekshirish usullari bigalikda amalga oshiriladi. Masofadan turib banklarni nazorat qilish usuli Yevropa mamlakatlarida keng qo’llanilgan. Bunda Markaziy bankning nazorat departamentlari tashqi audit firmalari bilan yaqin munosabatda bo’ladi. Har yili tugashidan oldin setifikatlangan tashqi audit firmalariga audit tekshirishlarida faoliyatning qaysi tomonlariga e’tibor berish kerakligi ko’rsatiladi.Ayrim hollarda tashqi audit firmalarining ishchi materiallariga, garchi ularning xususiy mulki bo’lsada, ushbu materiallardan foydalanish talab qilinadi. Tijorat banklarini joylarga borib tekshirish AQShda keng qo’llaniladi. AQSh bank nazorati departamentida ko’p sonli inspektorlar ishlashadi. Ular joyga chiqib, tijorat banklari hujjatlarini bevosita tekshirib, bank boshqaruviga baho beradilar. Bugungi kunda banklarning soni 11 mingtadan ortiqligini inobatga oladigan bo’lsak, bu teshirish usuli qancha mablag’ va vaqt talab qilishini tasavvur qiling. Keyingi yillarda AQSh va Evropa bank nazorati amaliyotida uchunchi usuldan foydalanilmoqda. Jahon tajribasidan keng o’rin olgan masofadan turib nazorat o’rnatish bank faoliyatiga oid moliyaviy va boshqa hisobotlarni tahlil qilish hamda tekshiruvdan o’tkazishni ko’zda tutadi. Hiso-botlar balans, foyda va zararlar haqidagi hisobot, faoliyat turi, kreditlar, qo’yilmalar, majburiyatlar, kapital, likvidlik, ssudalar bo’yicha yo’qotishlarga qarshi zaxiralar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi mumkin. Demak, masofadan nazorat qilish yoki uzoqlashtirilgan monitoring bank holatini so’nggi ma’lumotlar asosida baholash imko-nini beradi. Ya’ni masofadan nazorat etish bank faoliyati sam-radorligiga xalal berishi mumkin bo’lgan omillarni aniqlab, kelgusida ular bilan bog’liq xarajatlarning oldini oladi. Bundan tashqari, yil yakuni bo’yicha tijorat banklari chet el tashqi auditorlar xizmatidan foydalanadiki, uning asosida bankning moliyaviy holati to’g’risida hamda ehtimoliy to’lovga layoqatsizligi yoki nolikvidligi haqida masofadan nazorat qilish tizimiga axborot beriladi. Keyingi paragrafda samarali bank nazoratini olib borishda bank auditining roli alohida ko’rib chiqiladi. Masofadan nazorat qilishda quyidagilar tekshiriladi:
Bank nazoratida masofadan nazorat qilishning qulayligi va samaraliligi Tijorat banklari faoliyatini domiy, har chorakda, har oyda yoki ayrim hollarda har hafta va har kunda o’rnatilgan monitoring asosida bank holati va likvidligini nazorat qiladi Qabul qilingan doimiy axborotlar asosida bankning holatini boshqa banklar bilan solishtiradi Masofadan nazorat o’rnatish tizimida mehnat sarfining ozligi bilan tezkor va ish ko’lami samaradorligini oshiradi Masofadan nazorat qilish natijalari haqiqiy xolatni to’g’ri aks ettiradi Joyga chiqib nazorat qilish uchun masofadan nazorat qilish tizimi bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklar va ish ko’lamini qaysi yo’nalishda olib borish to’g’risida ko’rsatma beradi Download 136,53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling